4
Xomashyo bazasiga yaqin joyda esa shakar, yog`-moy, konserva, spirt, vinochilik,
paxta tozalash va shu kabi tarmoqlar joylashadi. Shunday qilib, korxonalarni
joylashtirishni rejalashtirish va iqtisodiy asoslash paytida har bir tarmoqning o`ziga
xos xususiyatlarini tog`ri hisobga olish, ishlab chiqarishni joylashtirishning
umumiy tamoillariga tayanish butun sanoatni joylashtirishning yuqori
samaradorligini ta’minlash imkonini beradi. Natijada ijtimoiy mehnat unumdorligi
oshadi bu esa, milliy iqtisodiyotning rivojiga katta ta’sir ko`rsatadi.
Sanoat korxonasini joylashtirish hududi va joyini tanlash yangi quriladigan
korxona hajmi va ixtisoslashishini, ularning ishlab turgan, loyihalanayotgan
korxonalar bilan aloqalarini aniqlash sanoat korxonalarini faqat geografik jihatdan
to`g`ri joylashtirish uchungina emas, balki yangi va ishlab turgan korxonalarni
rekonstruksiya qilishni loyihalash uchun ham muhimdir. Loyihaning yuqorilash
uchun ham muhimdir. Loyihaning yuqoridagi masalalariga bag`ishlangan qismi
qolgan barcha masalalariga bagi`shlangan qismi qolgan barcha qismlarning
ishlashi uchun manba bo`lib xizmat qiladi. Bu qismda korxonani mazkur joyda
qurishning maqsadga muvofiqligi, xomashyo, yoqilg`I, energiya va suv manbalari,
loyihalanayotgan korxonaning qiymati va texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlari
aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: