Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakulteti



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix20.12.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#76738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Allazarova Zilola 181-OOT Kurs ishi

 
 
 
 
 
 
 
 



1.1 Sanoat korxonalarining belgilari, funksiyalari va vazifalari. Sanoat 
tarmoqlari va ularning rivojlanishi. 
Zamonaviy korxonalar mulkchilik shakliga ko‘ra, davlat va nodavlat, tarmoq 
belgilariga ko‘ra, mashinasozlik, energetika, metallurgiya, neft va gaz sanoati, 
qurilish kompleksi, oziq-ovqat, yengil sanoat, savdo va hokazolar, ishlab chiqarish 
miqyosi va xodimlar soniga ko‘ra, yirik, mikrofirma va kichik, faoliyat yuritish 
muddatiga ko‘ra, uzluksiz, mavsumiy va uzlukli korxonalarga bo‘linadi. 
Ayrim sanoat tarmoqlarining o`ziga xos iqtisodiy xususiyatlari ishlab chiqarishni 
joylashtirishga aloqadordir. Shuning uchun ayrim tarmoqlarni joylashtirishni 
rejalashtirish va iqtisodiy asoslashda ularning o`ziga xos xususiyatlarini e’tiborga 
olish zarur. Elektr stansiyalarini joylashtirishda mineral yoqilg`ilarni tashish 
mumkin bo`lgan holda, suv resurslarini ko`cherish mumkin emasligini hisobga 
olinadi. 
Qora metallurgiya sanoati korxonalarini joylashtirishda uning xomashyo bozasi, 
ishlab chiqariladigan mahsulot nomenklaturasi, korxona turi, tarmoqning suvga 
talabi hamda yirik metallurgiya kombinatlarining boshqa tarmoqlar joylashishini 
va yirik shaharlar paydo bo`lishini e’tiborga olish zarur. 
Kimyo sanoatining turli tarmoqlari joylashtirishda zamonaviy kimyo 
texnologiyasining o`ziga xos xususiyatlari, ya’ni kimyo sanoatiga tegishli 
xomashyo ko`pligi, energetika resurslari hamda ko`p tarmoqlarning chiqindilarini 
majmuali tarzda qayta ishlash, bir turdagi xomashyodan turli va bir turdagi 
mahsulotlarni har xilxonashyodan olish, sintetik materiallarni barcha iqtisodiy 
hududlarda ishlab chiqarish mumkinligi hisobga olinadi. 
Mashinasozlik sanoatini joylashtirishda ishlab chiqariladigan mahsulot 
xususiyatlari, tarmoqning metallga bo`lgan talabi, ularning tashish masalalari, 
ayrim iqtisodiy rayonlar sanoatining ixtisoslashuvi, iqtisodiy hududlarning 
industrial rivojlanish darajasi, mashinasozlik korxonalarida ishlab chiqarishni 



ixtisoslashtirish va kooperativlashtirish, mashinasozlik sanoati mahsulotlariga 
barcha hududlarda talabning doimiyligini e’tiborga olish zarur. 
Yengil sanoat, oziq-ovqat sanoatining ko`pgina tarmoqlari mamlakatning barcha 
iqtisodiy rayonlari, bir qator tarmoqlar esa muayyan hududlarda joylashadi. Bular-
tikuvchilik, trikotaj, poyabzal, qandolat, un- yorma, makaron mahsulotlaridir. Non 
va alkogolsiz ichimliklar sanoati esa har bir aholi punktida joylashtirilishi kerak. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin