14
Iqtisodiyotda yoqilg‘i-energetika siyosati alohida ahamiyatga ega:
Birinchidan, bu mamlakatning geografik joylashuvi va iqlim
sharoitlari bilan
bog‘liq bo‘lib, ular yil davomida to‘xtovsiz issiqlik va yorug‘lik bilan ta’minlashni
talab qiladi;
Ikkinchidan, energetika eng muhim infratuzilma tizimlari va ob’ektlarini
(transport, aloqa, maishiy xizmat), shuningdek iqtisodiyot bazali tarmoqlari (xom
ashyo resurslarini qazib chiqarish, og‘ir va mudofaa sanoati, mashinasozlik)
faoliyatini ta’minlash uchun zarur;
Uchinchidan, yoqilg‘i-energetika majmuining mahsulotlari eksport predmeti
hisoblanib, undan tushadigan daromad davlat budjetiga
soliq tushumlarining
muhim
qismini tashkil etadi.
Sanoat taraqqiyotida yoqilg‘i — energetika majmuasining o‘rni alohida. Uning
tarkibiga
energetika, neft va neftni qayta ishlash, gaz va gaz kondensati, ko‘mir
qazib
olish va boshqa bir qator kichik sohalar kiradi. Bu majmua
sanoat ishlab
chiqarishining ¼ qismini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi jahonda gaz
ishlab chiqaruvchi 10 ta mamlakatdan biridir.
Energetika tarmog‘i respublika
iqtisodiyotning negizi, iqtisodiyot va
fan-texnika
taraqkiyotining mustahkam poydevori hisoblanadi.
15
O‘zbekiston energetika tizimi umumiy quvvati 12,5 ming. MVt bo‘lgan 37
issiqlik va gidro elektrostansiyalarni o‘z ichiga olgan. Ular yiliga 60 mlrd. kVt/soat
dan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. O‘zbekiston
energetika
tizimining barcha kuchlanishlardagi elektr tarmoqlari umumiy uzunligi
qariyb 300
ming km.ni tashkil etadi. Tarmoq transformatorlarining umumiy
quvvati 42,6 ming
MVt.ga teng. Hozir respublika energetika tizimida 47 mingga
yaqin xodim ishlaydi.
«O‘zbekenergo» aksionerlik kompaniyasi tarkibidagi qurilish-montaj, sozlash,
ta’mirlash va boshqa bir qator tashkilotlarning to‘la majmui O‘zbekiston
energetika
tizimi ishonchli ishlashini, izchil rivojlanishini ta’minlamoqda.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan birlamchi energiya
resurslari
tarkibida gaz ulushi 90,8 foizni, mazut ulushi 5,3 foizni, ko‘mir ulushi
3,9
foizni
tashkil etadi. Bu tendensiya yaqin kelajakda ham saqlanib qoladi –
asosiy yoqilg‘I tabiiy gaz bo‘lib qoladi, yoqilg‘i tabiiy gaz bo‘lib qoladi, yoqilg‘i
balansida
ko‘mirning ulushi 10 – 12 foizga ortadi
.
16
Elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash va havoni kondittsiyalashda
elektr energiya ishlab
chiqarish hajmining 3,0 % ga oshib, 60 mlrd. kVt/s tashkil etganligini, issiqlik
energiyasini esa 4,5% ga kamayganligini kuzatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: