22
Sanoat ishlab chiqarishi tarmoq tuzilmasini belgilovchi asosiy omillarga
quyidagilar kiradi:
-fan-texnika
taraqqiyoti va innovatsiyalar, ularning yutuqlarini ishlab chiqarishta
joriy etish;
-material va yoqilg‘i, energetika resurslarining iqtisodiy tejalishini kuchaytirish;
-ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, diversifikatsiyalash, ixtisoslashtirish,
kooperativlashtirish darajasi;
-sanoat ishlab chiqarishining o‘sish sur’atlari;
-aholining moddiy va madaniy darajasi o‘sishi;
-ijtimoiy-tarixiy sharoitlar;
-mamlakatning tabiiy resurslari va ularni o‘zlashtirish darajasi;
-mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o‘rni va boshqa
mamlakatlar
bilan iqtisodiy hamkorligi.
23
Sanoat juda ko‘p tarmoqlardan iborat bo‘lib, ularning har
biri korxonalar
yig‘indisidan tashkil topadi. Tarmoq hosil bo‘lishi uchun korxonalar
bir necha
umumiy xususiyatlarga ega bo‘ladilar.
Sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi ishlab chiqarishning o‘zaro aloqadorligi va
ularning takror ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan miqdoriy nisbatlari
tarmoq tuzilmasini tashkil etadi. U sanoat taraqqiyotida ro‘y beradigan texnika va
texnologiya hamda innovatsiya
rivojining darajasi, ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar
bilan bog‘liq ravishda o‘zgaradi.
Turli sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari o‘zaro mahsulot
almashish, tajribalarni o‘rganish bilan tavsiflanadi.
Ishlab chiqarish tarqqiyotining istiqbolini aniqlash, hisob-kitob ishlarini amalga
oshirish, uning ahvolini tahlil etish maqsadida sanoat tarmoqlari guruhlarga
ajratiladi.
Guruhlarga ajratishning eng muhim tamoyili tayyorlanadigan mahsulot
iqtisodiy
mazmunining bir xilligidir.
Sanoat tarmoq tuzilmasining o‘zgarishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi:
fantexnika tarqqiyoti va
innovatsion faoliyat; ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil
etish
shakllari-konsentratsiyalash, ixtisoslashtirish, mahalliylashtirish,
kooperativlashtirish,
diversifikatsiyalash va hududiy joylashtirish.