Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakulteti



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/13
tarix20.12.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#76738
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Allazarova Zilola 181-OOT Kurs ishi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


33 
3.2 Sanoat korxonalarida boshqaruv tuzilmalari shakllari va ularning 
xususiyatlari.
 


34 
Ularning barchasi ko‘rsatilgan qismlarning namoyon bo‘lish darajasi asosida 
ikkita guruhga bo‘linadi: mexanik va organik tuzilmaga.


35 
Korxona personali mehnat faoliyati muddatiga binoan doimiy, vaktincha, 
mavsumiy xodimlarga ajratiladi. Korxona personali murakkab, o’zaro bog’liq 
tuzilmaga ega
Tashkiliy tuzilma — boshqaruv bo’g’inlarining o’zaro bog’liq, o’zaro 
bo’ysunuvchi tarkibidir.
Funktsional tuzilma — boshqaruv funktsiyalarining rahbariyat va alohida 
bo’linmalar o’rtasida taqsimlanishini aks ettiradi.
Rol tuzilmasi — xodimlarning ishlab chiqarish jarayonidagi ijodiy ishtiroki, 
jamoadagi o’zaro munosabatlar xususiyatlaridir. 
Ijtimoiy tuzilma — mehnat jamoasining ijtimoiy xususiyatlari (jinsi, yoshi, millati, 
kasbi, malakasi, ma’lumoti va hokazolar)ni ifola etadi. 
Shtatlar tuzilmasida bo’linmalar tarkibi, lavozim va xizmat vazifalari ro’yxati. 
mansab maoshlari va ish haqi miqdori aks etadi. 
Personal tuzilmasida, shuningdek. quyidagi tushunchalar ham mavjuddir: 
Boshqaruv bo’g’ini — muayyan bosqich (daraja)dagi tashkiliy tuzilmaning 
mustaqil qismi hisoblanib, boshqaruv apparati va ishlab chiqarish bo’linmalaridan 
iboratdir. 
Boshqaruv bosqichi (darajasi) — korxona tashkiliy tuzilmasi yuqori bo’g’iplari 
(bosqich, darajalari). 
Boshqaruv apparati — boshqaruv tizimining tegishli bo’linma, xizmatlarga 
rahbarlik qilish, faoliyatlarini muvofiqlashtirish huquqiga ega xodimlar jamoasidir. 
Tarkibiy bo’linma — tashkiliy bo’linma to’g’risidagi nizom asosida boshqaruv 
bo’g’inining mustaqil qismidir. U funktsional va ishlab chiqarish tarkibiy 
bo’linmalarga bo’linali. 


36 
Funktsional tarkibiy bo’linma — boshqaruvning muayyan funktsiyalari (masalan, 
ishlab chiqarishni tayyorlash, buxgalteriya hisobi. iqtisodiy rsjalashtirish), 
vazifalarini amalga oshiruvchi boshqaruv apparatining mustaqil qismi hisoblanadi. 
Uning faoliyatida pirovard natija — boshqaruv qarorlari taysrlashdir. Ishlab 
chiqarishning tarkibiy bo’linmasi — ishlab chiqarishii tezkor boshqarish 
vazifalarini bajaruvchi hamda moddiy mahsulot ishlab chiqarishni (uy-joylar, 
tayyor mahsulotlar, yuk tashish va boshqalar) ta’minlovchi boshqaruvning 
mustaqil bo’ginidir. 
Korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar
Personalni boshqarish fanida korxona deyilganda, birinchidan, u xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt (aksiyadorlik jamiyati, firma, birlashma, bank, kompaniya va 
boshqa yuridik shaxslar)ni anglatadi. Ikkinchidan, korxona muayyan ijtimomy 
birlik (jamoa)dir. O’z maqsadlariga erishish uchun korxona mehnat resurslari, xom 
ashyo, axborot va hokazolar uchun sarf-xarajatlar qiladi. Korxona personali o’z 
korxonasi maqsadlariga erishishga ko’maklashadi. Bundan tashqari, korxonada 
ishtirok etuvchi sheriklar, aksiyadorlar, ijtimoiy guruhlar va boshqalar mavjuddir. 
Korxona o’z faoliyatidan eng yuqori samara — foyda olish uchun tashkil etiladi. 
Korxonaga birlashgan alohida xodpmlar yakka holla mehnatfaoliyati yuritganga 
qaraganda yaxshiroq natijalarga erisha oladilar.
Korxonaning “ichki muhiti”ni aks ettiradigan quyidagi xususiyatlarini ko’rsatish 
mumkin: -birorta korxona tashkil etilishidan maqsadi aniqbo’lmasa, shakllana va 
muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata olmaydi; -birorta korxonani uning ayrim 
bo’linmalari, ular o’zaro munosabatlarini belgilovchi tarkibisiz tasavvur etib 
bo’lmaydi. 


37 
Korxona uchun:
Texnologiya — xom ashyoni mo’ljallangan mahsulot yoki 
xizmatga aylantirish vositasi. mehnatni pirovard natijaga aylantiradigan 
mexanizmdir. 
Moliya — korxona o’z faoliyatini boshqarish uchun ega bo’lgan yoki jalb eta 
olaligan pul va boshqa mablag’lardir. 
Boshqaruv — faoliyatturlari belgilangan maqsad, bu maqsadni bajarish 
bosqichlarini hisobga olgan holda muvofiqlashtirish jaraenidir. 
Bu ichki muhit bilan birga korxona ishlab chiqarish faoliyatila ro’y bsradigan 
tashqi omillar yoki shartlarni ham hisobga olish lozim (2.8- rasm). 
Xususiy korxonada personal mehnatini tashkil etish va boshqarish 
Menejmentda “mehnat" va “ish" tushunchalarining o’z ta’riflari mavjuddir. 
Mehnat — iqtisodiy maqsadga muvofiq faoliyatdir. Ish – shartnoma asosida, ya’ni 
mehnatga haq to’lash va boshqalarga bo’ysunish asosida bajariladigan mehnat 
faoliyati turidir. Mehnatni tashkil etish tizimiga ta’sir ko’rsatadigan quyidagi 
omillar mavjud: Mehnat ta’siri (bozorda tovar va ishchi kuchiga talab, geografik, 
demografik va madaniy omillar). 
Texnologiya ta’siri (XX asrning birinchi yarmida industrial ishlab chiqarishda 
konveyer usulining, so’nggi yillarda axborot texnologiyalarining qo’llanishi 
mehnatni tashkil etishda tub o’zgarishlarga olib keldi). Strategik ta’sir. Ushbu 
masalada qarorni kompaniya bosh-qaruvchilari qabul qilishlariga qaramasDan, ana 
shunday qarorlarga kelishga yuqorida qayd etilgan ikki ta’sirni hisobga 
olmaslikning iloji yo’q. Mehnatni tashkil etishga o’ziga xos yondashuv Tavisto 
inson munosabatlari instituti tadqiqotlarida o’z ifodasini topdi. Ushbu yondashuv 
“ijtimoiy-texnik tizimlar” (“sotsiotexnik") nomini oldi. Institut tadqiqotchilari 
mazkur tizimning ikki jihati: ijtimoiy omillar (xususan, xodimlar o’rtasidagi 


38 
munosabatlar, ularning shaxsiy va jamoa munosabatlari); texnik omillar (xususan, 
mashina-uskunalar, texnologik jarayon, muhit)ni uyg’unlashtirish muvaffaqiyat 
garovi ekanligini ta’kidlaydilar. Mehnatni ijtimoiy-texnik. tamoyillar asosida 
tashkil etish ikkita asosiy xususiyatga ega. Birinchidan, bu ishchi guruhlarining 
mustaqilligini kengaytirishni ko’zdatutadi. Bu tizim boshqaruvda guruhlarga ishlab 
chiqarish topshirig’ini bajarishda muayyan erkinliklar berishga asoslangan. 
Masalan, ushbu tamoyilga amal qilingan „Volvo" kompaniyasida ishchilar ishlab 
chiqarish jarayoni butun bir bosqichini nazorat qilish vakolatiga egalar. Ular 
o’zlariga berilgan mustaqillikdan foydalangan holda, mazkur bosqich doirasida ish 
topshiriqlarini o’zlari taqsimlaydilar. Ikkinchidan, ijtimoiy-texnik tizimda asosiy 
diqqat-e’tibor konveyer liniyalaridan “katak” tamoyili asosida tashkil etilgan ishlab 
chiqarishga qaratiladi. Bu usulda ishchi zarur butlovchi va ehtiyot qismlar
asboblar bilan ta’minlangan bo’lib, yig’uv birligi (buyum)ni boshidan oxirigacha 
o’zi tayyorlaydi. Mazkur holda mehnat operatsiyalari xilma-xilligi pirovard 
natijaga yo’naltirilishi yuksak malakaning zarurligi, mehnatda katta qoniqish hosil 
qilishni ta’minlaydi. Xususiy korxonada ish beruvchi (mulkdor) bilan xodim 
o’rtasidagi o’zaro mehnat munosabatlari mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan 
tartibga solinadi. Xususiy korxona rahbari o’z xodimlariga mehnat haqi
mukofotlar va kompensatsiyalar berishning shakllari, tizimi hamda miqdorini 
mustaqil belgilaydi. Lekin xodimlarga to’lanadigan ish haqi amaldagi qonun 
hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan kam bo’lmasligi shart. 
Mulkdor xususiy korxona xodimlariga xavfsiz mehnat sharoitlari, ijtimoiy himoya 
choralarini ta’minlashi shart. U o’z xodimlari uchun amaldagi qonunchilikda 
ko’zda tutilganidan imtiyozliroq mehnat va ijtimoiy-iqtisodyy shartnomalarni 
belgilashga haqlidir 


39 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin