Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakulteti


  2.1 Tarkibiy siyosati, uning mohiyati va ahamiyati



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix20.12.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#76738
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Allazarova Zilola 181-OOT Kurs ishi

 


18 
2.1 Tarkibiy siyosati, uning mohiyati va ahamiyati. 
Tarkibiy (tuzilmaviy) siyosat haqida mulohaza yuritishdan oldin,
tuzilmaning o‘zi 
nima ekanligini bilib olishimiz zarur.
Tarkib (tuzilma) lotincha, «structura» 
so‘zidan olingan bo‘lib, narsalar tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liq ravishda 
joylashishini, tuzilishini bildiradi.
Tarkibiy siyosatining moxiyati sohalarning 
tuzilmaviy jihatlarini belgilab
berish, yo‘lga solib turishdan iboratdir. 
Rus iqtisodchi olimi S.D. Alekseyevichning fikricha iqtisodiyot tarkibi
uzoq muddatli davrda mamlakat iqtisodiy o‘sishining muhim shart-sharoitlarini 
yuzaga keltiradi. U miqdoriy va sifat xususiyatlariga ega bo‘lib, milliy
iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarni aks ettiradi. Iqtisodiyot tarkibi mamlakat milliy 
iqtisodiyotining barqarorligi va havfsizligini tavsiflaydi. Shuning uchun
iqtisodiyotda miqdoriy va sifat jihatdan tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish 
davlat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biridir.
Iqtisodiyotda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ya’ni iqtisodiyotni 
tarkibiy jihatdan qayta qurish ishlab chiqarishning texnologik
yangilanishi va 
uning tashqi hamda ichki o‘zgarishlarga moslashishi zaruriyatini
aniqlovchi ishlab 
chiqarish kuchlarining katta miqdordagi tarkibiy o‘zgarishlarini ifodalaydi. Bunda 
muhim maqsad: ishlab chiqarishni qayta tashkil etish,
jumladan korxonalarning 
samarasiz bo‘g‘inlarini yo‘q qilish yoki qo‘shib yuborish, jismonan va ma’nan 
eskirgan asosiy vositalarni almashtirish, texnik
yangiliklarni kiritish hamda yangi 
mahsulot turlarini ishlab chiqarishdir.
Bularning bari tarmoqlararo, hududiy, texnologik, institutsional va ishlab
chiqarishning boshqa muhim tarkibiy siljishlariga olib keladi.
Iqtisodchi olim A.A.Kushnarevning fikricha, iqtisodiyotdagi tarkibiy
o‘zgarishlar iqtisodiy samaradorlikni, jahon va milliy bozorlarda 
raqobatbardoshlikni kamaytiruvchi yoki oshiruvchi iqtisodiyotning turli


19 
tarmoqlari, sektorlari, hududlar, korxonalar turlari, texnologik ukladlar va
iqtisodiy tizimning boshqa elementlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbatlarning mavjud 
o‘zgarish hisoblanadi. Ch.K.Karenovichning fikricha tub tarkibiy o‘zgarishlar 
davrida milliy milliy
iqtisodiyot boshqa davrlarga nisbatan yuqori o‘sish 
sur’atlariga ega bo‘lib, uning alohida tarmoqlari va sohalari rivojlanishida 
tengsizlik kuchayadi.
Takror ishlab chiqarishning hozirgi sharoitlarida iqtisodiy o‘sish iqtisodiyot 
ko‘lamining o‘sishi bilangina emas, balki iste’molda ham, ishlab chiqarishda 
ham tuzilmaviy siljishlar, ularning tezligi va samaradorligi bilan aniqlanadi. 


20 
Tarmoq hosil etish uchun korxonalar bir necha umumiy xususiyatlarga ega
bo‘lishlari kerak: 
•ishlab chiqariladigan mahsulot iqtisodiy mazmunining bir xilligi; 
•ishlatiladigan xom ashyo va asosiy materiallarning o‘xshashligi; 
•ishlab chiqarish texnik bazasi va texnologik jarayonlarining umumiyligi; 
•ma’lum kasbdagi kadrlar tarkibining umumiyligi; 
•ijtimoiy mehnatni tashkil etish darajasi va shakllarining bir biriga 
o‘xshashligi va hakozolar. 
Mehnat vositalarning mehnat buyumlariga ta’sir ko‘rsatishiga qarab sanoat qazib 
oluvchi va ishlov beruvchi tarmoqlarga bo‘linadi. 
Ishlab chiqariladigan mahsulotning funksional vazifasiga binoan ham
tarmoqlarni guruhlash mumkin. Bunda alohida guruxlar, masalan, yoqilg‘i ishlab 
chiqaruvchi tarmoqlar - yoqilg‘i sanoatiga, oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlovchi
tarmoqlar esa - oziq-ovqat sanoatiga birlashishi mumkin.
Tarmoq tuzilmasi deyilganda, uning tarkibi, tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlar
va o‘zaro bog‘liqlik tushuniladi. Tarmoq tuzilmasi sanoat taraqqiyoti darajasini 
belgilaydi hamda unda yuz bergan va yuz beradigan o‘zgarishlarni aks ettiradi. 


21 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin