33
3.2 Sanoat korxonalarida boshqaruv tuzilmalari shakllari va ularning
xususiyatlari.
34
Ularning barchasi ko‘rsatilgan qismlarning namoyon bo‘lish darajasi asosida
ikkita guruhga bo‘linadi: mexanik va organik tuzilmaga.
35
Korxona personali mehnat faoliyati muddatiga binoan doimiy, vaktincha,
mavsumiy xodimlarga ajratiladi. Korxona personali murakkab, o’zaro bog’liq
tuzilmaga ega
Tashkiliy tuzilma — boshqaruv bo’g’inlarining o’zaro bog’liq, o’zaro
bo’ysunuvchi tarkibidir.
Funktsional tuzilma — boshqaruv funktsiyalarining rahbariyat va alohida
bo’linmalar o’rtasida taqsimlanishini aks ettiradi.
Rol tuzilmasi — xodimlarning ishlab chiqarish jarayonidagi ijodiy ishtiroki,
jamoadagi o’zaro munosabatlar xususiyatlaridir.
Ijtimoiy tuzilma — mehnat jamoasining ijtimoiy xususiyatlari (jinsi, yoshi, millati,
kasbi, malakasi, ma’lumoti va hokazolar)ni ifola etadi.
Shtatlar tuzilmasida bo’linmalar tarkibi, lavozim va xizmat vazifalari ro’yxati.
mansab maoshlari va ish haqi miqdori aks etadi.
Personal tuzilmasida, shuningdek. quyidagi tushunchalar ham mavjuddir:
Boshqaruv bo’g’ini — muayyan bosqich (daraja)dagi tashkiliy tuzilmaning
mustaqil qismi hisoblanib, boshqaruv apparati va ishlab chiqarish bo’linmalaridan
iboratdir.
Boshqaruv bosqichi (darajasi) — korxona tashkiliy tuzilmasi yuqori bo’g’iplari
(bosqich, darajalari).
Boshqaruv apparati — boshqaruv tizimining tegishli bo’linma, xizmatlarga
rahbarlik qilish, faoliyatlarini muvofiqlashtirish huquqiga ega xodimlar jamoasidir.
Tarkibiy bo’linma — tashkiliy bo’linma to’g’risidagi nizom asosida boshqaruv
bo’g’inining mustaqil qismidir. U funktsional va ishlab chiqarish tarkibiy
bo’linmalarga bo’linali.
36
Funktsional tarkibiy bo’linma — boshqaruvning muayyan funktsiyalari (masalan,
ishlab chiqarishni tayyorlash, buxgalteriya hisobi. iqtisodiy rsjalashtirish),
vazifalarini amalga oshiruvchi boshqaruv apparatining mustaqil qismi hisoblanadi.
Uning faoliyatida pirovard natija — boshqaruv qarorlari taysrlashdir. Ishlab
chiqarishning tarkibiy bo’linmasi — ishlab chiqarishii tezkor boshqarish
vazifalarini bajaruvchi hamda moddiy mahsulot ishlab chiqarishni (uy-joylar,
tayyor mahsulotlar, yuk tashish va boshqalar) ta’minlovchi boshqaruvning
mustaqil bo’ginidir.
Korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar
Personalni boshqarish fanida korxona deyilganda, birinchidan, u xo’jalik
yurituvchi sub’ekt (aksiyadorlik jamiyati, firma, birlashma, bank, kompaniya va
boshqa yuridik shaxslar)ni anglatadi. Ikkinchidan, korxona muayyan ijtimomy
birlik (jamoa)dir. O’z maqsadlariga erishish uchun korxona mehnat resurslari, xom
ashyo, axborot va hokazolar uchun sarf-xarajatlar qiladi. Korxona personali o’z
korxonasi maqsadlariga erishishga ko’maklashadi. Bundan tashqari, korxonada
ishtirok etuvchi sheriklar, aksiyadorlar, ijtimoiy guruhlar va boshqalar mavjuddir.
Korxona o’z faoliyatidan eng yuqori samara — foyda olish uchun tashkil etiladi.
Korxonaga birlashgan alohida xodpmlar yakka holla mehnatfaoliyati yuritganga
qaraganda yaxshiroq natijalarga erisha oladilar.
Korxonaning “ichki muhiti”ni aks ettiradigan quyidagi xususiyatlarini ko’rsatish
mumkin: -birorta korxona tashkil etilishidan maqsadi aniqbo’lmasa, shakllana va
muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata olmaydi; -birorta korxonani uning ayrim
bo’linmalari, ular o’zaro munosabatlarini belgilovchi tarkibisiz tasavvur etib
bo’lmaydi.
37
Korxona uchun:
Texnologiya — xom ashyoni mo’ljallangan mahsulot yoki
xizmatga aylantirish vositasi. mehnatni pirovard natijaga aylantiradigan
mexanizmdir.
Moliya — korxona o’z faoliyatini boshqarish uchun ega bo’lgan yoki jalb eta
olaligan pul va boshqa mablag’lardir.
Boshqaruv — faoliyatturlari belgilangan maqsad, bu maqsadni bajarish
bosqichlarini hisobga olgan holda muvofiqlashtirish jaraenidir.
Bu ichki muhit bilan birga korxona ishlab chiqarish faoliyatila ro’y bsradigan
tashqi omillar yoki shartlarni ham hisobga olish lozim (2.8- rasm).
Xususiy korxonada personal mehnatini tashkil etish va boshqarish
Menejmentda “mehnat" va “ish" tushunchalarining o’z ta’riflari mavjuddir.
Mehnat — iqtisodiy maqsadga muvofiq faoliyatdir. Ish – shartnoma asosida, ya’ni
mehnatga haq to’lash va boshqalarga bo’ysunish asosida bajariladigan mehnat
faoliyati turidir. Mehnatni tashkil etish tizimiga ta’sir ko’rsatadigan quyidagi
omillar mavjud: Mehnat ta’siri (bozorda tovar va ishchi kuchiga talab, geografik,
demografik va madaniy omillar).
Texnologiya ta’siri (XX asrning birinchi yarmida industrial ishlab chiqarishda
konveyer usulining, so’nggi yillarda axborot texnologiyalarining qo’llanishi
mehnatni tashkil etishda tub o’zgarishlarga olib keldi). Strategik ta’sir. Ushbu
masalada qarorni kompaniya bosh-qaruvchilari qabul qilishlariga qaramasDan, ana
shunday qarorlarga kelishga yuqorida qayd etilgan ikki ta’sirni hisobga
olmaslikning iloji yo’q. Mehnatni tashkil etishga o’ziga xos yondashuv Tavisto
inson munosabatlari instituti tadqiqotlarida o’z ifodasini topdi. Ushbu yondashuv
“ijtimoiy-texnik tizimlar” (“sotsiotexnik") nomini oldi. Institut tadqiqotchilari
mazkur tizimning ikki jihati: ijtimoiy omillar (xususan, xodimlar o’rtasidagi
38
munosabatlar, ularning shaxsiy va jamoa munosabatlari); texnik omillar (xususan,
mashina-uskunalar, texnologik jarayon, muhit)ni uyg’unlashtirish muvaffaqiyat
garovi ekanligini ta’kidlaydilar. Mehnatni ijtimoiy-texnik. tamoyillar asosida
tashkil etish ikkita asosiy xususiyatga ega. Birinchidan, bu ishchi guruhlarining
mustaqilligini kengaytirishni ko’zdatutadi. Bu tizim boshqaruvda guruhlarga ishlab
chiqarish topshirig’ini bajarishda muayyan erkinliklar berishga asoslangan.
Masalan, ushbu tamoyilga amal qilingan „Volvo" kompaniyasida ishchilar ishlab
chiqarish jarayoni butun bir bosqichini nazorat qilish vakolatiga egalar. Ular
o’zlariga berilgan mustaqillikdan foydalangan holda, mazkur bosqich doirasida ish
topshiriqlarini o’zlari taqsimlaydilar. Ikkinchidan, ijtimoiy-texnik tizimda asosiy
diqqat-e’tibor konveyer liniyalaridan “katak” tamoyili asosida tashkil etilgan ishlab
chiqarishga qaratiladi. Bu usulda ishchi zarur butlovchi va ehtiyot qismlar,
asboblar bilan ta’minlangan bo’lib, yig’uv birligi (buyum)ni boshidan oxirigacha
o’zi tayyorlaydi. Mazkur holda mehnat operatsiyalari xilma-xilligi pirovard
natijaga yo’naltirilishi yuksak malakaning zarurligi, mehnatda katta qoniqish hosil
qilishni ta’minlaydi. Xususiy korxonada ish beruvchi (mulkdor) bilan xodim
o’rtasidagi o’zaro mehnat munosabatlari mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan
tartibga solinadi. Xususiy korxona rahbari o’z xodimlariga mehnat haqi,
mukofotlar va kompensatsiyalar berishning shakllari, tizimi hamda miqdorini
mustaqil belgilaydi. Lekin xodimlarga to’lanadigan ish haqi amaldagi qonun
hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan kam bo’lmasligi shart.
Mulkdor xususiy korxona xodimlariga xavfsiz mehnat sharoitlari, ijtimoiy himoya
choralarini ta’minlashi shart. U o’z xodimlari uchun amaldagi qonunchilikda
ko’zda tutilganidan imtiyozliroq mehnat va ijtimoiy-iqtisodyy shartnomalarni
belgilashga haqlidir
|