2.2 Sanoatning tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar
Tarmoq tuzilmasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
-mustaqil sanoat tarmoqlarining soni;
- tarmoqlarning sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi salmog‘i;
-tarmoq rivojining sur’ati;
-tarmoqning ilgarilab ketish koeffitsiyenti.
Mustaqil sanoat tarmoqlarining soni mamlakat industrial taraqqiyoti, uning
iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyati, iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ifodalaydi.
Tarmoq tuzilmasi uning yalpi mahsulotining sanoat ishlab chiqarishi
umumiy hajmidagi ulushi, xodimlar soni va asosiy fondlar qiymatidagi salmog‘i
ko‘rsatkichlari bilan o‘lchanadi.
Sanoat tarmoqlari orasidagi yuzaga kelgan mutanosibliklar va ularning
o‘zgarishiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi hamda boshqa bir
qator omillar ta’sir etadi.
22
Sanoat ishlab chiqarishi tarmoq tuzilmasini belgilovchi asosiy omillarga
quyidagilar kiradi:
-fan-texnika taraqqiyoti va innovatsiyalar, ularning yutuqlarini ishlab chiqarishta
joriy etish;
-material va yoqilg‘i, energetika resurslarining iqtisodiy tejalishini kuchaytirish;
-ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, diversifikatsiyalash, ixtisoslashtirish,
kooperativlashtirish darajasi;
-sanoat ishlab chiqarishining o‘sish sur’atlari;
-aholining moddiy va madaniy darajasi o‘sishi;
-ijtimoiy-tarixiy sharoitlar;
-mamlakatning tabiiy resurslari va ularni o‘zlashtirish darajasi;
-mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o‘rni va boshqa mamlakatlar
bilan iqtisodiy hamkorligi.
23
Sanoat juda ko‘p tarmoqlardan iborat bo‘lib, ularning har biri korxonalar
yig‘indisidan tashkil topadi. Tarmoq hosil bo‘lishi uchun korxonalar bir necha
umumiy xususiyatlarga ega bo‘ladilar.
Sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi ishlab chiqarishning o‘zaro aloqadorligi va
ularning takror ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan miqdoriy nisbatlari
tarmoq tuzilmasini tashkil etadi. U sanoat taraqqiyotida ro‘y beradigan texnika va
texnologiya hamda innovatsiya rivojining darajasi, ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar
bilan bog‘liq ravishda o‘zgaradi.
Turli sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari o‘zaro mahsulot
almashish, tajribalarni o‘rganish bilan tavsiflanadi.
Ishlab chiqarish tarqqiyotining istiqbolini aniqlash, hisob-kitob ishlarini amalga
oshirish, uning ahvolini tahlil etish maqsadida sanoat tarmoqlari guruhlarga
ajratiladi.
Guruhlarga ajratishning eng muhim tamoyili tayyorlanadigan mahsulot
iqtisodiy
mazmunining bir xilligidir.
Sanoat tarmoq tuzilmasining o‘zgarishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi:
fantexnika tarqqiyoti va innovatsion faoliyat; ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil
etish
shakllari-konsentratsiyalash, ixtisoslashtirish, mahalliylashtirish,
kooperativlashtirish,
diversifikatsiyalash va hududiy joylashtirish.
24
|