Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta
17.Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning dolzarbligi va o‘ziga xosligi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ta’lim berishga qaratilgan chora- tadbirlar. Reja: 1.Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning dolzarbligi va o‘ziga xosligi. 2.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ta’lim berishga qaratilgan chora- tadbirlar. Bundan tashqari, ta’lim bolalarni har tomonlama rivojlantirishning eng zaruriy shartlaridandir.Bolalar qisqa davr ichida insoniyat jamiyat tomonidan yaratilgan juda ko’p bilimlarni o’zlashtirishlari kerak bo’ladi.Spuning uchun bizning Respublikamiz tarbiyaning maqsadlariga ko’ra bolalarga ularning har bir yosh davrlarida, ya’ni oilada, yaslida, bog’chada, maktab va oliygoplarda ta’lim beriladi. Bolalarga beriladigan ta’limning mazmuni har bir yosh davrida bir-biridan keskin farq qiladi.Masalan: oilada va yaslida yasli yoshidagi bolalarga majburiy (bilim) ta’lim berilmaydi. Ular uchun kundalik hayotining o’zi ta’limdan iborat bo’lib, bu yoshdagi bolalar kundalik hayotlarida atrof- muhitdagi narsa va hodisalar bilan tanishadilar, xilma- xil narsalarni qollari bilan ushlab ko’rib sinchiklab tekshiradilar. Bu yoshdagi bolalar kuchli hissiyotli va juda qiziquvchan bo’ladilar.Ularning ana shu qiziquvchanligidan keng foydalanish lozim, ta’lim berishda ularni atrof -muhitdagi narsalar bilan bevosita tanishtirishdan ko’rsatma material yaxshi natija beradi.
Bog’cha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim xarakteri esa tubdan farqli o’zgarib, ta’lim jarayoni maxsus tuzilgan dastur asosida olib boriladi. Bu yoshdagi bolalarga beriladigan bilim darajasi yasli yoshdagi bolalarga beriladigan bilimlarga nisbatan juda kengaytirib boriladi. Bu bilimlarni o’zlashtirish tarbiyachi tomonidan maxsus tashkil etilgan mashg’ulotlar orqali amalga oshadi.
Masalan: Elementlar matematika mashg’uloti, ona tili mashg’uloti, jismoniy tarbiya mashg’uloti, rasm, loy, aplekatsiya konstruktivlash, kompyuter mashg’uloti va boshqa shunga o’xshash mashg’ulotlar jumlasidandir. Bog’chadagi ta’lim jarayoni mumkin qadar aniq, to’liq holda va ko’rsatmali vositalar bilan o’tkazilishi kerak. Muntazam ravishda o’tkaziladigan ana shunday mashg’ulotlar natijisida bog’cha yoshidagi bolalarda bilimlarni o’zlashtirishga ishtiyoq, qiziqish, bilimlarga havas ortib boradi. Biroq ta’limiy mashg’ulotlarda bolalar ishini doim kuzatib turilsa, ular oldiga aniq maqsad va vazifalar belgilab berilsa, bu mashg’ulotlar ham o’yin faoliyatlari kabi g’oyat qiziqarli va jozibali o’tadi, bolalar mashg’ulotlarda zerikmay, diqqat bilan ishtirok etishadi.
Undan tashqari bog’cha yoshidagi bolalar shaxsiy xislatlarining kamol topishida tasvirlash faoliyatining roli kattadir. Ma’lumki bog’cha yoshidagi bolalarga rasm solish, loydan turli narsalar yasash, kubuklardan uychalar , ko’priklar qurish singari mashg’ulotlar juda yoqadi. Ular o’z tasviriy faoliyatlarida tashqi muhitni, undagi narsalarni, tabiatni, hayvonlar dunyosini, aks ettirishni juda xohlaydilar va shunga intiladilar. Bog’cha yoshdagi bolalar tasvirlash faoliyatining psixologik afzalligi mazkur faoliyatida ijodkorlik, yaratuvchanlik elementlarining mavjudligidan iboratdir. Bolalar o’zlari istak, hohish, intilishlari ana shunday tasvirlash, rasm solish,
Loy, guldan biror narsa yasash, aplekatsiya ishlari orqali ifodalashga intiladilar. Shuning uchun bog’cha yoshdagi bolalarning tasvirlash faoliyatlari juda sodda bo’lsa ham ular o’zlarining bunday faoliyatlarida atrofdagi narsa hodisalarni shunchaki tasvirlab qolmay, balki o’zlaridan nimalarnidir qo’shib, yangilik yaratishga harakat qiladilar. Bolalardagi ayrim qobilyatlar ularning tasvirlash faoliyatida juda erta namoyon bo’la boshlaydi.
Bog’cha yoshidagi bolalarning tasvirlash faoliyati juda sodda bo’lib, ular o’zlari tushunganiga va o’z fikri bo’yicha ish olib boradi, chunki ular hali yoshi katta kishilar kabi kuzatish qobiliyati o’z tasavvurlari asosida amalga oshadi. Bu yoshdagi bolalarda tasvirlash faoliyati real voqelik emas balki o’yin tarzida o’tkaziladi.
Agar tarbiyachi bolalarning tasvirlash faoliyatini muntazam ravishda pedagogik jihatdan to’g’ri yo’lga qo’ysa va tashkil etib borsa, bolalarning tasvirlash faoliyatiga munosabatlari o’ zgaradi.