20.Mavzu:Mashg‘ulot - maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning asosiy shakli.
Reja:
1. Mashgʻulot taʼlim berishning asosiy shakli sifatida.
2. Taʼlim tarbiya berishda tarbiyaning tutgan oʻrni.
Mashg’ulot ta’lim muassasida bolalarga ta’iim berishning asosiy shaklidir. Mashg’ulot – pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta’lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy gigenik, xulq madaniyati, gaplashish nutqi, sanoq-hisob harakatlari kabi turli-tuman malaka va ko’nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta’lim berishda bosh rolni mashg’ulot egallaydi.Ta’lim shakli deganda ta’lim beruvchi pedagog va bolalarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma’lum bir vaqtda o’tkaziladi. Ta’lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar o’rtasidagi o’zaro ta’sir xususiyatiga, o’tkazish joyiga shuningdek, kun tartibida egallagan o’rniga qarab bir-biridan farq qiladi.Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’limning frontal (umumiy), jamoaviy va yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga ta’lim berish ishlari ekskursiya, didaktik o’yinlar orqali kun davomida bolalarning mashg’ulotdan tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o’yinlariga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshirilib boriiadi.Mashg’ulot maktabgacha ta’lim yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga malum o’rin va vaqt ajratjlgan. Mashg’ulot tarbiyachi rahbarligida o’tkaziladi, tarbiyachi mashg’ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalarning amaliy mashg’ulotlarini tashkil etadi. O’quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.Mashg’ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg’ulot orqali bolalar o’quv malakasini egallab oladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta’lim berish natijaasida bilimga qiziqishlar rivojlana boradi.Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda bolalar bir-birlariga faol ta’sir etishadi, o’z tashabbusi, topog’onligini namoyon qilish imkoniyati tug’iladi. Bolalar oldiga umumiy zo’r berishning talab etuvchi vazifa qo’yilganda birgalikda qayg’urishadi, jamoatchilik hissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-o’yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o’qishda paydo bo’lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do’stona jamoasini yaratishga yordam beradi. Mashg’ulotda ta’lim berish orqali bolalarda maktabdagi o’qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik hissi, o’zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to’g’ri sifatlar hosil qilinadi.
Bolalarni maktab ta’limiga ruhiy jihatdan tayyorlashni ularning boshlangMch sinflarda dastur materialni yaxshi o’zlashtirib olishlarini ta’minlovchi bilim va malakalar mashg’ulotlar jarayonida hosil qilinadi. Mashg’ulotlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga ergashish, hikoya qilinayotgan hikoyalardan voqeadagi asosiy g’oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. Mashg’ulotda tarbiya vazifalari hal etiladi. Mashg’ulot bolalarning yosh va o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib ma’lum izchillikda olib boriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotita’lim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhda hafta davomida o’tkaziladigan mashg’ulotlar soni va vaqti belgilab qo’yilgan.
2.Maktabgacha ta’lim tashkilotida kichkintoylarni tevarak-atrofdagi hayot, tabiat bilan tanishtirish, ularning nutqini, eng oddiy matematik tasav vurlarini o’stirish mashg’ulotlari, musiqa mashg’ulotlari, qurish-yasash, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari olib boriladi.
Mashg’ulotlarda ta’lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo’r berishni talab etadi, ya’ni u bolani aktiv faoliyati bilan bog’liq boüb bola ma’lum natijaga erishish uchun intiladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning uchun mashg’ulotga tayyorlanishda bolalar yoshini, imkoniyatini e’tiborga olish zarur: mashg’ulotning vaqtini, kun tartibidagi o’rnini dasturning har xil bo’limlarini to’g’ri almashtirib turishni oldindan o’ylab, aniq belgilab olish zarur.Mashg’ulotlarni kuning birinchi yarmida o’tkazish maqsadga muvofiqdir, chunki birinchidan, bola ertalabki soatlarda aqliy vazifani yaxshi bajara oladi, xona tabiiy yorug’lik bilan yaxshi ta’minlangan bo’ladi. Har bir yosh guruhida necha marta mashg’ulot o’tkazilishi, uning mazmuni va har bir mashg’ulot yosh guruhlari bo’yicha necha daqiqa davom etishi MTT tarbiya dasturida ularning yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda belgilab berilgan. Birinchi kichik guruhda mashg’ulot bolalarni ikki guruhga bo’lgan holda o’tiladi. Guruhlardagi bolalar soni har doim bir xil bo’ladi. Mashg’ulot jadvalini tuzganda haftada bolalarning ish qobiliyati yuqoriroq bo’ladigan kun tanlanadi. Ma’lumki haftaning o’rtalarida (seshanba, chorshanba, payshanba) bolalarning ish qobiliyati yuqori bo’lar ekan, bu kunlarga bolalarning aktiv faoliyatini talab etuvchi murakkabroq mashg’ulot tanlanadi (elementar matematika, nutqni rivojiantirish, savodga o’rgatish va h.k). Jadval tuzganda bu mashg’ulotlarni birinchi qo’yish kerak, bolalardan ko’p harakat qilishni, hissiy nagruzkani talab etuvchi mashg’ulotlar (musiqa, jismoniy tarbiya, tasviriy faoliyat) ikkinchi qilib qo’yildi.Bolalar o’zlashtirib oladigan bilimlar mazmuni tarbiyalovchi bo’lishi kerak. Maktabgacha ta’lim tashkiloti dasturi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda tabiat haqidagi bilimlarning (bular tabiatga muhabbat uyg’otadi, o’simliklar va hayvonlarga g’amxo’rlik bilan qarash hissini tarbiyalaydi), tarkib toptirishni nazarda tutadi: bilimlarni o’zlashtirib olish asosida bolalarda jonajon shahriga, o’z vataniga, xalqiga muhabbat, ulug’ kishilarga muhabbat va hurmat, o’lkaning ijtimoiy hayotiga qiziqish paydo bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |