Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi


Mavzu: Mustaqil faoliyat - maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning asosiy shakli



Yüklə 81,03 Kb.
səhifə27/28
tarix12.06.2023
ölçüsü81,03 Kb.
#129179
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta

24.Mavzu: Mustaqil faoliyat - maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning asosiy shakli.
Reja:
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarda mustaqil faoliyat koʻrsatish.
2.Bola faoliyatida ijodkorlik.
Maktabgacha yoshdagi bolada bilish jarayoni ijodiy faoliyat natijasida yuz beradi. Bolaning berilgan topshiriqni bajarish jarayonida izlanishi, ijodiy faoliyati namoyon bo'lishi uchun aniq maqsadga yo'naltirilgan, rejalashtirilgan, me'yor va mezonlarga ega bo'lgan, o'z-o'zini anglagan faoliyat zaruriyati seziladi. Bu esa bolada atrof-olam ob'ektlari va ular haqidagi bilimlarni o'zlashtirish; ta'lim samaradorligini vujudga keltirish, faoliyatning avvalgi turlariga tayanishni taqozo etadi. Xususan, "Shaxsdagi ijodkorlik xususiyatlarini qanday tarbiyalash mumkin?"- degan dolzarb muammo bugun paydo bo'lmagan. Azal-azaldan ijodkorlikning boshlanishi bo'lgan insondagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish masalasi bevosita bolalar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi pedagoglarni ham, tadqiqotchilarni ham hozirgi davrgacha qiziqtirib keladi. Ta'lim va tarbiya, shaxsning jamiyatda shakllanishi, qobiliyatlarni rivojlantirish hanuzgacha pedagogikaning eng dolzarb masalasi bo'lib qolmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy faollikni shaklantirish texnologiyasini ishlab chiqish muammosi ko'p qirrali pedagogik- psixologik ijtimoiy vazifalardan biri bo'lib, jamiyat ijtimoiy rivojlanishi va taraqqiyoti uchun dolzarb vazifalardan biridir.
2.Ijodkorlik - faoliyatning turli holatlarida paydo bo'ladi. Qiziqish ilhom, intilish va boshqalar ijodkorlikning inson ongida eng oliy tarzda paydo bo'lishidan tortib, to namoyon bo'lishigacha jarayonni o'z ichiga oladi. Shaxsning ijodiy faoliyat ehtiyoji faoliyatda yangi, ilgari maqsad qilib qo'yilmagan bunyodkorlik intilishini bildiradi. Bolalardagi ijodiy
faoliyatning har qanday kurtaklari ta'lim- tarbiya, faoliyatdan tashqarida kamol topa olmaydi. Ta'lim-tarbiya jarayonida bolalardagi yashirin iste'dodlarni yuzaga chiqarish, maktabgacha yoshdan boshlab o'z faoliyatini namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratish, ulardagi ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish kelajakda yuksak salohiyatli, ijtimoiy faol, o'tkir zehnli, kashfiyotchilik qobiliyatini namoyon eta oladigan raqobatbardosh kadrlarni voyaga yetkazish garovi bo'lib hisoblanadi.
Biz kattalarda ijodkorlik tobora ko'proq qadrlanadigan bir davrdamiz, chunki bolaligingizda bu juda kam tuyuladi. Jamiyat bolalarning muvaffaqiyati haqida juda tashvishlanmoqda, lekin ularni qanday qilib ularga erishishlarini o'ylamaydi. Ota-onalar baholar, testlar, qanday qilib tezroq va tezroq o'rganish, qanday qilib yaxshiroq raqobatlashish va har doim maksimal darajaga erishish haqida qayg'uradilar. Muvaffaqiyatga erishish mumkin bo'lsa-da, shunchaki yutuqlarga ko'proq e'tiborni qaratish jarayonida biz ijodkorlikning muhimligini unutib qo'yishimiz mumkinmi? Va eng muhimi, ushbu ijodkorlikni bolalar hayotida qanday rivojlantirish kerak ...

Yüklə 81,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin