UZDAVYERLOYIXA ilmiy loyixalash instituti Amaliyotning maqsadi: Geodeziya yoʼnalishi boʻyicha talabalarni shaklantirishda ularning kasbini amaliy bilimlari va koʻnikmalarini mustahkamlashda “Oʻzbekiston Respublikasi Yer Resurslari Geodeziya, Kartagrafiya va Davlat Kadastri Davlat qoʻmitasi” hududiy boʻlimlarida ilmiy ishlab chiqarish instutlarida loyixa va qidiruv tashkilotlarida muxandis tadqiqotchi va koʻchmas mulk kadastri lavozimlarida ishlashga tayyorlaydi.
Amaliyotdan koʻzda tutilgan maqsad geodeziya yoʼnalishiga maʼsul tashkilotlar loyihalash va injenerlik tadqiqot institutlari va qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish jarayonlarini oʻrganish, geodeziya ishlarini bajarish boʻyicha amaliy koʻnikmalar ishlab chiqarish ishlar uchun manbalar toʻplash nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash ishlab chiqarishni boshqarishni mustaqil oʻrganishdir.
Urganch topografiya geodeziya ekspeditsiyasi 1988-yilda tashkil topgan boʻlib dastlabki nomi AGROITI boʻlib asosan qishloq joylari va shaharchalarda topogeodezik va injenerlik geologiyasi yoʻnalishi boʻyicha qidiruv ishlarini bajarib kelgan.
1990-yildan boshlab “Uzgeodeziya”ning filiali yaʻni quyi amudaryo hududiy boʻlimi Urganch topografiya geodeziya ekspeditsiyasi tashkil etilgan.
1993-yilda “ aerogeodeziya”korxonasi tashkil qilinib UTGE shu korxona tarkibiga kiritilgan.
“ aerogeodeziya” unitar korxonasiga qarashli Urganch topografiya geodeziya ekspeditsiyasi geodeziya faoliyatini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida Qonuni normalariga boʻysungan holda amalga oshiradi. Qonunda 2-moddasida. geodeziay va kartogarfiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari. Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida koʻrsatlib Oʻtilgan
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonlari asosidagi xavflardan muhofaza qilish ham ijtimoiy muhofazaning asosiy qismlaridan biridir.
Mehnat muhofazasi - ish jarayonida inson xavfsizligi, salomatligi va ish qobiliyatini oshirishni taʻminlovchi qonunlar sistemasi hamda ularga muvofik keladigan sotsial-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, gigenik va davolash profilaktikasi tadbirlari hamda vositalari.
Texnika xavfsizligi- ishlovchilarga ishlab chiqarishda texnika xavfsizligini, uning oldini oladigan chora-tadbirlar va texnika vositalari sistemasidir.
Yongʻin xavfsizligi obʻyektda yongʻin paydo boʻlish xavfini oldini olish, shuningdek moddiy boyliklarni muhofaza qilishidan iborat.
Ishlab chiqarishdagi xavfli omil- ishlab chiqarishda ishlovchilarga muayyan sharoitlarda taʻsir etganda shikastlanishga yoki sogʻlikning keskin yomonlashuviga taʻsir etadigan omil.
Ishlab chiqarishdagi zararli omil – ishchilarga ish vaqtida taʻsir etib kasallanishga yoki ish qobiliyatining pasayishiga olib keladigan omil.
Yelektr xavfsizligi- kishilarni elektr toki, elektr yoyi, elektr magnit maydonining zararli hamda xavfli taʻsiridan muhofaza qilishni taʻminlaydigan tashkiliy va texnik chora-tadbirlar sistemasi.
Shikastlanish- ishlab chiqarishdagi zararli yoki xavfli taʻsirlar natijasida inson organlari yoki teri qoplami fiziologik bir butunligining buzilishi.
Mehnat sharoiti- mehnat jarayonida insonning salomatligi va ish qobiliyatiga taʻsir etadigan omillar majmui.
Shaxsiy himoyalanish vositalari - bir xodimni muhofaza qilish uchun xizmat qiladigan vositalar Shaxsiy himoyalanish vositalariga – ish kiyimi, poyafzal, gaz niqoblar, respiratorlar, niqoblar, shlemlar, himoya kuzoynaklari, quloqchinlar va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa – ish vaqtida yuz beradigan hodisa. Hozirgi kunda korxona ishlab chiqarish zamonaviy texnikalari bilan jihozlanganligi, yaʻni uning texnika va texnalogiyaning takomillashib turishi, ishlab chiqarish jarayonining intensivlashuvi, programmalashtirish, mahsulotni yuqori sifat darajasida topshirish bilan farq qiladi. Bunda ishlarning davriyligi va mavsumiyligi, foydalanilayotgan energiyaning turliligi (mexanik, issiqlik, elektr, yorugʻlik va boshqalar), material va moddalar (qattiq , suyuq, gazsimon)ning har xilligi, ob – xavo va boshqa sabablarga bogʻliqligini, mexnat sharoitlarini meʻyorlashtirishda hisobga olish kerak. Mehnat sharoitlarini yaxshilash ishlari bir qancha omillarni hisobga olgan holda tashkil etiladi. Barcha ishlab chiqarish omillari quyidagilarga boʻlinishi mumkin: tashkiliy, sanitariya - gigiyena, tabiiy-iqlim, iqtisodiy. Tashkiliy omil korxonada qabul qilingan ish va dam olish tartibi, ishni tashkil etilish shakli va intizom, ishchilar nima kiyim, shaxsiy himoyalanish vositalari bilan taʻminlanganligi, shuningdek, mehnat jarayoni ustidan qilinadigan nazoratning holati va xususan mehnat muhofazasi, ishchilarning professional tayyorgarlik darajasi va boshqalardir. Shularni mutaxasisiz bizga tushintirib berdilar va texnika xafsizligi va mehnat xafsizligi boʻyicha olgan bilimlarimizni sinab koʻrdilar.
Urganch topografiya geodeziya ekspeditsiyasining asosiy vazifalaridan biri mamlakat xalq xoʻjaligini sifatli va eng yaxshi va yangi geodeziya topografiya hamda kartografiya materiallari bilan taminlashdir. Bundan tashqari aholiga va korxonalarga shartnoma asosida quyidagi pullik xizmatlami koʻrsatib kelmoqda:
• Qurilish osti mayodonlarini topografik suratga olish;
• Loyihani joyaga koʻchirish;
Qurilish ostini injener-geologik holatini tekshirish va shu asosda xulosa taqdim etish;
Bino va inshoatlami choʻkish va tashqi tasirlar natijasini aniqlashda yuqori aniqlikdagi geodezik ishlami bajarish;
Yer maydonlari va shaharlar chegarasini aniqlash hamda boshqa geodezik, kartografik ishlami bajaradi
Men bu tashkilotda ishlab chiqarish amaliyotni Oʻtashni tashkilot rahbar, mutaxasislar va ishchi hodimlari ish faoliyati va tashkilotning ichki qonun qoidalari, yongʻin xafsizligi va texnika xafsizligi qoidalari bilan tanishish va Oʻrganishdan boshladim.
Ishlab chiqarish amaliyot mutaxasis Yangiboyev Jasurdan kerakli topshiriq va koʻrsatmalarni olib, tashkilot mutahasisi Boʻlinmada Lecia TS02 R400 rusumli shvetsariyada ishlab chiqarilgan taxeometrlar mavjud. soʻngra geodezik asboblarni joyda oʻrnatish, markazlash, ishchi holatga keltirish, ularni sinash va tekshirishlarni
bevosita oʻrgandim.
Syomka qilish kerak boʻlgan joyni koʻzdan kechirdik va sʻyomka qilishga qulay joyga elektron taxeometr asbobini oʻrnatdik. Elektron taxeometr asbobini oʻrnatish jarayonini amaliyot rahbarimiz oʻzlarimizga topshirdi va biz buni koʻngildagidek bajardik. Elektron taxeometr ishchi holatga keltirib olgandan keyin joyning tafsilotlarini sʻyomka qilish ishlarini boshladik, albatta bu ishlar amaliyot rahbarimiz boshchiligida qilindi. Guruhimiz aʻzolari kerakli joyga nur qaytargich asbobini ushlashdi va shu joyning koordinatasi olindi, ishni shu bosqichda davom ettirdik. Asbob oʻrnatilgan joydagi koʻrinishi mumkin boʻlgan tafsilotlar sʻyomka qilib chiqilgandan keyin asbob keyingi nuqtaga koʻchirildi va ishchi holatga ketrilib ish davom ettirildi. ayerogeodeziya unitar korxonasiga qarashli Urganch topografiya geodeziya ekspeditsiyasida bajariladiga ishlar Oʻzbekiston respublikasi qonunlari asosida va tastiqlangan instruktajlar asosida bajariladi ekan.
Loyihani joyga koʻchirish va yer maydonini aniqlab nuqtalarini mahkamlash ishlarida ham qatnashib jarayon bilan tanishib oldim. Loyihani joyga koʻchirish ishlari ham zamonaviy electron taxeometrlar yordamida bajarilib bu ishning samaradorligini bir necha barobar oshiradi.
M en ishlab chiqarish amaliyotidagi kameral sharoitda bajariladigan yani hisoblash chizma ishlarida amaliyotidagi berkitilgan rahbarim Yangiboyev Jasur nazorati ostida qatnashdim.