Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geodeziya, kartografiya, geografiya kafedrasi geodeziya, kartografiya va kadastr


RESPUBLIKA AEROGEODEZIYA MARKAZI XORAZM HUDUDLARARO BO`LINMASIDAGI ISHLAB CHIQARISH AMALIYOT



Yüklə 176,75 Kb.
səhifə6/10
tarix25.12.2023
ölçüsü176,75 Kb.
#196901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
HISOBOTTTT

RESPUBLIKA AEROGEODEZIYA MARKAZI XORAZM HUDUDLARARO BO`LINMASIDAGI ISHLAB CHIQARISH AMALIYOT



Biz 192-kartografiya guruhi talabalari 20-iyun sanasidan 25-iyun sanasiga qadar Respublika Aerogeodeziya markazi Xorazm hududlararo Bo`linmasida ishlab chiqarish amaliyotini o`tadik.

Amaliyotning maqsadi: Geodeziya, kartografiya va kadastr ta`lim yo`nalishi bilan bevosita bog`liq bo`lgan korxona va tashkilotlar, ularda bajariladigan ishlar bilan yaqindan tanishgan holda soha xususidagi tasavvurlarni boyitish, talabalarning darslarda olgan nazariy bilimlarini ishlab chiqarish korxonalarida amaliy ahamiyatini his qilishi, nazariya va amaliyotni bir-biriga bog`lash hamda kelajakdagi bo`lajak ish faoliyatlarimizni tanlash. Buni geodeziya va topografiyaga ixtisoslashgan Respublika aerogeodeziya markazi Xorazm hududlararo bo`linmasida ishlab chiqarish amaliyotini o`tash bilan boshladik. U yerda bizni yaxshi kutib olishdi. Avvaliga biz korxona bo’limlari, undagi ishchi xodimlar va mutaxassislar va ularning vazifalari bilan tanishdik. Bu yerda geodeziya-topografiya bo’limi va chegaralashtirish bo’limlari xodimlari bilan tanishdik. Korxonada geodeziya-topografiya bo’limi boshlig`i Yangiboyev Jasur, texnik nazorat bosh muhandis Sa`dullayev Bobur, chegaralashtirish ishlari bilan Ko’palov Alibek, qishloq xo’jaligi yerlarini kartalashtirish va monitoring o’tkazish bilan Qurbonboyev Doston, deshifrovka, xatlov ishlari bilan Sobirova Mahliyo, Marks, San`atbek kabi mutaxassislar shug`ullanar ekan. Geodeziya-topografiya bo’limi boshlig`i Yangiboyev Jasur korxona faoliyati bilan tanishtirdi:


Quyidagilar Bo`linmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
topografiya-geodeziya, marksheyderlik, kartografiyaga oid izlanish hamda tadqiqotlar, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar ma`lumotlari va materiallardan foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oshirish;
ma`muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash;
yer tuzishga oid kompleks tadbirlarni bajarishga yo`naltirilgan loyiha-qidiruv va tadqiqot ishlarini bajarish, yerlarni xatlovdan o`tkazish, davlat yer kadastrini yuritish uchun zarur ma`lumotlarni tayyorlash;
Bo`linmaga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) topografiya-geodeziya, marksheyderlik, kartografiyaga oid izlanish hamda tadqiqotlar, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar ma`lumotlari va materiallardan foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oshirishda:
topografiya-geodeziyaga, kartografiyaga oid va boshqa tekshiruvlarni hamda qidiruv ishlarni amalga oshiradi;
davlar geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarini, geodezik zichlashtirish tarmoqlarini yaratadi, rivojlantiradi va ishlash holatida saqlab turadi;
yerning kartografik monitoringini, uni masofadan zondlashni va geodinamik tadqiqotlarni amalga oshiradi;
sun`iy yo`ldosh navigatsiya tizimlarining ishlashini ta`minlash uchun geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (ma`lumotlarni) yaratadi;
Davlat topografik xaritalari va rejalarini yangilash davriyligi normalarini belgilashda ishtirok etadi;
Umum davlat ahamiyatiga molik geografik axborot tizimlarini yaratadi, rivojlantiradi va yuritadi;
Ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba texnologik ishlarni bajaradi;
Davlat va xo`jalik boshqaruv organlarini, yuridik va jismoniy shaxslarni geodeziya, kartografiyaga doir materiallar (ma`lumotlar) bilan ta`minlaydi;
Soliq solish maqsadlarida yer qa`ridan foydalanuvchilar tomonidan haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmini aniqlash bo`yicha marksheyderlik ishlarini bajaradi;
O’zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududdiy tuzilishi masalalariga doir hujjatlarni, shu jumlagan, xaritalar va chegaralar chizig`i tavsifini tayyorlaydi, chegaralar nuqtalari koordinatalarining katalogini tuzadi;
O`zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish va uning o`tish chizig`ini tekshirish bo’yicha chegaradosh davlatlar bilan muzokaralar jarayonida ishtirok etadi hamda ishlarni bajarish uchun zaruz bo`lgan geodeziya, kartografiya va gidrogafiyaga oid ishlarni amalga oshiradi, ular asosida materiallar (ma`lumotlar) tayyorlaydi;
O`zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish masalalari bo`yicha aerokosmik suratlar, geodeziya ma`lumotlari, yerni masofadan zondlash, topografik, kartografik, gidrografik va boshqa materiallar bilan ta`minlaydi;
Davlat chegarasi bilan bog`liq arxiv materiallarini o`rganishda ishtirok etadi;
Davlat chegarasini delimitatsiya, demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish masalalari bo`yicha manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qiladi;
O`zbekiston Respublikasi hududida geodeziya koordinatalarining, balandliklarning, gravimetriya o`lchovlarning yagona davlat tizimlarini hamda davlat topografik xaritalari va rejalarining masshtab qatorini belgilash masalalari bo`yicha takliflarni Markazga kiritadi;
Grafik, raqamli, fotosurat shaklidagi hamda boshqa shakllardagi davlat topografik xaritalari va rejalarini, ochiq foydalanishdagi xaritalar yaratadi, yangilaydi hamda nashr etadi;
Geodeziya va kartografiya faoliyati sohasidagi davit dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Davlat geodeziya, nivelir, gravimetriya tarmoqlarining hamda geodezik zichlashtirish tarmoqlarining turlari va tarkibini, shuningdek, ularni yaratish tartibini belgilashda ishtirok etadi;
Mahalliy koordinatalar tizimlarni belgilash va ulardan foydalanish tartibini aniqashda ishtirok etadi;
O`zbekiston Respublikasi hududida geodeziya punktlarining joylashish zichligi normalarini belgilashda ishtirok etadi, joylashgan yerini aniqlaydi hamda ularning hisobini shakllantiradi;
Doimiy faoliyat ko`rsatadigan sun`iy yo’ldosh orqali kuzatish stansiyalari tarmog`ini boshqarish, ularing monitoring va takomillashtirilishida ishtirok etadi;
Yerni masofadan zondlash materiallaridan foydalanish hamda geodeziya, kartografiya va yerni masofadan zondlash bo`yicha zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishda ishtirok etadi;
Geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normative hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Geodeziya va kartografiyaga oid bajarilgan ishlar to’g’risidagi texnikk hisobotlarga doir talablarni belgilashda ishtirok etadi;
Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moddiy-texnika bazasiga, asbob-uskunalarga va boshqa texnik vositalarga doir talablarni belgilashda ishtirok etadi;
Geodeziya o`lchovlarining yagonaligini ta`minlaydi, geodeziya o’lchov vositalarini standartlashtirish hamda geodeziya, topografiya va kartografiya mahsulotlarini sertifikatlashtirish ishlarini tashkil qiladi;
Geodeziya, kartografiya, yerni masofadan turib zondlash, geodinamik tadqiqotlarni amlaga oshrish, geografik axborot tizimlarinni yaratish bo’yicha pullik xizmatlar ko’rsatadi;
Geodeziya va kartografiya sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish ishlarini tashkil etadi hamda xalqaro grantlarni jalb etadi;
Geodeziya va kartografiya bo’yicha tizimli ravishda, shuningdek masofaviy o‘qitish texnologiyalarini qo’llagan holda kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish ishlarin tashkil etadi;
Muhandislik qidiruvlarida, bino va inshootlarni qurishda, ulardan foydalanishda, yer tuzishda, davlat kadastrini yuritishda va boshqa ishlarda geodezik zichlashtirish tarmoqlarini quradi;
Muhandislik qidiruvlarida, bino va inshootlarni qurish hamda ulardan foydalanishda va boshqa ishlarda maxsus topografiya-geodeziya, geologiya va muhandislik qidiruvlarini amalga oshiradi;
2) ma`muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlarini amalga oshirishda:
ma`mutiy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash xaritalar va loyihar ishlab chiqaradi;
ma`mutiy-hududiy birliklarning davlat reestrini yuritish tartibini ishlab chiqish va uni takomillashtirishda ishtirok etadi;
ma`mutiy-hududiy birliklarning navbatchi xaritalarini tayyorlash tartibini ishlab chiqish va ularga doir talablarni belgilash ishlarida ishtirok etadi;
3) yer tuzishga oid kompleks tadbirlarni bajarishga yo’naltirilga loyiha qidiruv va tadqiqot ishlarini bajarish, yerni xatlovdan o’tkazish, davlat yer kadastrini yuritish uchun zarur ma`lumotlarni tayyorlashda:
Aerokosmik suratlar va uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda yerlarni masofadan turib zondlashni, shuningdek geodezik o`lchov uskunalari yordamida yerlarni o’rganishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
Yer tuzishga oid kompleks tadbirlarni bajarishga yo’naltirilgan loyiha-qidiruv va tadqiqot ishlarini bajaradi;
Yerni xatlovdan o’tkazadi;
Davlat yer kadastrini yuritish uchun zarur ma`lumotlarni tayyorlaydi;
Davlat kadastrlari yagona tizimini shakllantirishda davlat yer kadastriga oid ma`lumotlarni umumlashtirish va electron bazaga kiritish uchun Davlat kadastrlari palatasi va (yoki) uning hududiy boshqarmalariga belgilangan tartibda taqdim qiladi; yerdan foydalanuvchilarni elektron raqamli xaritalarni yaratadi va yangilab boradi;
Yer tuzish va yer kadastriga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Yer fondining barcha toifalarini xatlovda o’tkazish ishlarini bajaradi;
Yerlardan foydalanish bo’yicha yer tuzish hujjatlarini tayyorlaydi;
Har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori bo’yicha yer kadastri electron bazasini shakllantiradi;
Qishloq xo’jaligi elektron raqamli xaritalarini yaratadi va yangilab boradi;
Korxonaning asosiy vazifalari bian tanishgach, geodeziya topografiya bo’limi boshlig’i Yangiboyev Jasur aka taxeometrik s`yomka qilingan yer uchastkasining topografik planini tuzishni AutoCAD dasturida tuzishni o`rgatdi. Buni Urganch shahrida joylashgan “Dunyo” to’yxonasi yonidagi yer uchastkasini topografik planini tuzish misolida ko’rsatdi.



AutoCAD dasturida yer uchastkasi planini tuzish jarayoni


So’ngra korxonaning texnik nazorat bosh mutaxassisi Sa`dullayev Bobur aka deshifrovka, xatlov ishlarini tushuntirdi. ArcGIS dasturi yordamida yuqori aniqlikdagi aerofotosuratlardan foydalanib qishloq xo’jaligi yerlarini va joydagi obyektlarni kartalashtirishni o’rgatdi. Bunda yerlar fermer xo’jaligi, tomorqa, koperativ, zaxira va bo’z yerlarga ajratilgan. Bobur aka bizaga har kim o`zi yashayotgan, mahallasining qishloq xo’jaligi ekinlari kartasini tuzishhimizni topshiriq qilib berdi. Menga Xorazm viloyati Shovot tumani Otajon Xidirov xo’jaligi Xitoy mahallasining qishloq xo’jaligi ekinlari kartasini o`rganib chiqish topshiriq qilib berildi.

So’ngra mutaxassis San`atbek aka deshifrovka, xatlov ishlarini tushuntirdi. ArcGIS dasturi yordamida yuqori aniqlikdagi aerofotosuratlardan foydalanib qishloq xo’jaligi yerlarini va joydagi obyektlarni kartalashtirishni o’rgatdi.

Bunda yerlar fermer xo’jaligi, tomorqa, koperativ, zaxira va bo’z yerlarga ajratilgan. Bobur aka bizaga har kim o`zi yashayotgan, mahallasining qishloq xo’jaligi ekinlari kartasini tuzishhimizni topshiriq qilib berdi. Menga Xorazm viloyati Shovot tumani Otajon Xidirov xo’jaligi Xitoy mahallasining qishloq x
o’jaligi ekinlari kartasini o`rganib chiqish topshiriq qilib berildi.


Men kartani o`rganib chiqdim. Unga ko`ra hududda aholi yashaydigan joylar va tomorqa, bog`zorlar, tutzorlar, tokzorlar, terakzorlar, dala va tomorqa, paxta, bug`doy, makka silos, makka don, makkajo`xori, oq jo`xori, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli ekinlar, sholi, va boshqa ekinlar o`ziga xos va mos bo`lgan shartli belgilar yordamida tasvirlangan ekan.

OʻZDAVERLOYIHA INSTITUTI XORAZM VILOYAT “XORAZM VILOYATI YER LOYIHA” BOʻLINMASI TASHKILOTLI BILAN TANISHISH


Yüklə 176,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin