3.1 Boshqarma huquqlari va javobgarligi 11. Boshqarma Oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari boʻyicha tekshirishlarni belgilangan tartibda amalga oshirish, er toʻgʻrisidagi qonun xujjatlarining buzilishi sabablari va oqibatlarini bartaraf etishga yoʻnaltirilgan, davlat boshqaruvi organlari va ularning xududiy boʻlinmalari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;
aybdor fuqarolar va mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda vakolati doirasida maʻmuriy javobgarlikka tortish, er qonunchiligi buzilishi oqibatida etkazilgan zararni undirish boʻyicha daʻvolar taqdim etish, er toʻgʻrisidagi qonun xujjatlari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarning javobgarligi masalasini hal qilish uchun tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar kiritish;
yer toʻgʻrisidagi qonun xujjatlarida belgilangan xollarda er uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tOʻxtatish toʻgʻrisida mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;
davlat boshqaruvi organlari va ularning xududiy boʻlinmalari, idoralar va boshqa tashkilotlardan Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun belgilangan tartibda zarur maʻlumotlarni soʻrab olish;
Davergeodezkadastr qoʻmitasi tizimiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan Xorazm viloyati xududida bajariladigan er tuzish, er kadastri, ayerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproqshunoslik, geobotanika, erlarni masofadan zondlash va boshqa loyixa-qidiruv ishlarini sifatli bajarilishini taʻminlash maqsadida, bajarilgan ishlarni Davergeodezkadastr qoʻmitasi nomidan koʻrib chiqish;
davlat statistika organlaridan zarur statistik maʻlumotlarni bepul olish;
sohaga oid muammolar boʻyicha jamoatchilik, maslahat va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalar tashkil etish, yigʻilishlar chaqirish hamda uzoq muddatli dasturlarni, shuningdek boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash tashkilotlari, oliy taʻlim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish; oliy va Oʻrta mahsus taʻlim muassasalariga sohaga oid kadrlar zaxirasini tayyorlash uchun buyurtma va yoʻllanmalar berish boʻyicha Davergeodezkadastr qoʻmitasiga takliflar kiritish;
Oʻz tasarrufidagi asosiy vositalarni xisobdan chiqarish bilan bogʻliq masalalarni Davergeodezkadastr qoʻmitasi ruhsati bilan belgilangan tartibda amalga oshirish;
“Yermulkkadastr” DK tomonidan ishlab chiqilgan daromadlar va harajatlar smetasini, shtat jadvallarini koʻrib chikish va tasdiqlash
Davergeodezkadastr qoʻmitasining Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish va undan samarali foydalanishda ishtirok etish;
Boshqarma xodimlarini mehnatiga haq tOʻlash, ragʻbatlantirish, mukofotlash va boshqa ragʻbatlantirishlarni qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish;
Boshqarma qonun xujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
12. Boshqarma Oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
3.2 Boshqarma faoliyatini tashkil etish 13. Boshqarmaga Xorazm viloyati hokimi bilan kelishilgan xolda Davergeodezkadastr qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Boshliq rahbarlik qiladi.
Boshqarma tarkibidagi “Yermulkkadastr” DK rahbari, shuningdek “Oʻzdaverloyiha” DILI instituti Xorazm viloyat boʻlimi rahbari tegishli ravishda Boshqarma boshligʻining Oʻrinbosariga tenglashtiriladilar;
Boshqarma boshligʻi ayni bir vaqtda tegishli xududda erlardan foydalanilishi va ularning muhofaza qilinishini nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektori hisoblanadi.
Boshqarma taʻminoti xarajatlarini mablagʻ bilan taʻminlash mahalliy byudjet mablagʻlari hamda byudjetdan tashqari mablagʻlar xisobiga amalga oshiriladi.
Boshkarmaning shtat jadvali va xarajatlar smetasi qonun xujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi va roʻyxatdan Oʻtkaziladi.
14. Boshqarma boshligʻi:
Boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda Boshqarma nomidan vakillik qiladi yoxud Boshqarma nomidan ishonchnoma va (yoki) vakolatlar beradi; tarkibiga kiruvchi tarkibidagi tuman (shahar)lar yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari, “Yermulkkadastr” DK va uning tuman(shahar)filiallari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga bevosita rahbarlik qiladi; tarkibidagi tuman (shahar)lar yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari, “Yermulkkadastr” DK shtatlar jadvalini, xarajatlar (va daromadlar) smetasini hamda nizomlari, ustavlari, tuzilmasini tasdiqlaydi;
Boshqarmaga ajratilgan moliyaviy va moddiy mablagʻlarni belgilangan tartibda tasarruf etadi; belgilangan tartibda Boshqarma tarkibidagi tuman (shahar)lar yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari boshliqlarini, “Yermulkkadastr” DK rahbarini “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha majburiy boʻlgan buyruqlar qabul qiladi, boshqarma xodimlari, tuman (shahar)lar yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari hamda tizimidagi “Yermulkkadastr” DK mansabdor shaxslarining vakolatlari, majburiyatlari va javobgarlik darajasini belgilaydi;
“Oʻzdaverloyiha” DILI instituti Xorazm viloyat boʻlimi faoliyatini muvofiqlashtiradi va “Oʻzdaverloyiha” DILI instituti Xorazm viloyat boʻlimi rahbarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish boʻyicha taklif kiritadi;
Boshqarma xodimlarining ichki mehnat tartibi qoidalariga, lavozimlar yoʻriqnomasi, odob-ahloq qoidalari va korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati talablariga hamda xizmatga oid xujjatlar bilan ishlash tartibiga rioya qilishini taʻminlaydi;
Boshqarma xodimlarini ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qiladi.
Boshqarma tarkibiy boʻlinmalari nizomlarini tasdiqlaydi;
qonun xujjatlariga muvofiq buxgalteriya xisob-kitobi va statistika hisoboti tashkil qilinishiga javob beradi;
zarur boʻlganda Boshqarma tuzilmasiga, cheklangan umumiy shtatlar soniga muvofiq Oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha Davergeodezkadastr qoʻmitasi raisiga takliflar kiritadi;
Boshqarma, tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari, “Yermulkkadastr” DK hamda uning tuman (shahar) filiallari xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari hamda “Yermulkkadastr” DKning tuman (shahar) filiallarini birgalikda samarali faoliyat yuritishini taʻminlaydi;
Boshqarma tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, alohida Oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etish, shuningdek soha tarmoqdarini rivojlantirishda alohida Oʻrnak koʻrsatgan xodimlarga Davergeodezkadastr qoʻmitasining kOʻkrak nishonlari va fahriy yorliqlari hamda boshqa ragʻbatlantirishlar bilan taqdirlash boʻyicha Davergeodezkadastr qoʻmitasiga takliflar kiritadi.
Qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.