Afzalliklari:
harakatni nisbatan uzoq (15 m gacha va undan ko‘p) masofalarga uzatish;
tasma elastik bo‘lgani uchun ravon va shovqinsiz hamda katta tezlikda ishlash imkoniyati;
tasmaning elastikligi sababli yuklanishning keskin o‘zgarishlariga ta’sirsizligi;
o‘rta yuklanish holatlarida tasmaning shkivdagi sirpanishi sababli mexanizmlarni buzilishdan saqlashi;
tuzilishi oddiy, ishlatilishi oson, moylashni talab etmasligi;
tannarxining nisbatan arzonligi.
Kamchiliklari:
tashqi o‘lchamlari katta (bir xil sharoitlarda shkiv diametrlari tishli g‘ildiraklar diametridan taxminan besh marta katta);
tasmaning yuklanishiga bog‘liq sirpanishidan uzatish nisbatining o‘zgaruvchanligi (hisobga oluvchi koeffitsiyent ɛ=0,01...0,03);
tasmaning dastlabki katta tarangligidan val va ularning tayanchlariga tushadigan yuklanishning kattaligi (tishli uzatmaga nisbatan vallarga 2-3 marta ko‘p yuklanish tushadi);
tasmalarning past chidamliligi (1000 soatdan 5000 soatgacha).
Bu kamchiliklarga qaramasdan, tasmali uzatmalar ishlatilishi jihatidan tishli uzatmalardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Tasmalar pishiq, egiluvchan bo‘lishi, uzoqqa chidashi, shkiv bilan yaxshi ilashishi ta’minlovchi yuqori ishqalanish koeffitsientiga va zarur tortish xususiyatiga ega bo‘lishi kerak.
Tasmalar rezinalangan mato, charm, ip gazlama, jun va sintetik materiallardan tayyorlanadi va ish sharoitiga va tezlikka qarab tanlanadi.
Rezinalangan ip gazlamali tasmalar ( A, B va V turlari) A turi eng eguluvchani va ko‘p tarqalangani bo‘lib, Vmax = 30 m/s bo‘lgan holatlarda ishlatiladi.
Charm tasmalar yaxshi tortish xususiyatiga ega, Vmax= 45 m/s.
Ip gazlama eng arzon, ammo uncha pishiq emas, Vmax= 25 m/s bo‘lib, nam va tmax > 50oC joylarda qo‘llanmaydi.
Jun tasmalar yuqori haroratga, kislota bug‘lariga chidamli bo‘ladi.
Sintetik tasmalar mustahkam, ishqalanish koeffitsiyenti katta hisoblanadi.
N.E.Jukovskiyning ilmiy tadqiqotlari sirpanish hodisasini quyidagi ikki turga ajratib o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi. 1) Elastik sirpanish - bu sirpanish uzatmaga qanday yuklanish tushganligidan qat’i nazar sodir bo‘laveradi. 2) To‘la sirpanish - tasmaga o‘ta yuklanish tushganda sodir bo‘ladi. Tasmali uzatmalar to‘la sirpanishgacha bo‘lgan yuklanishlarda maksimal FIK ga erishadi.
Hozirgi vaqtda tasmali uzatmalarning yuklanish qobiliyati sirpanish va foydali ish koeffitsiyenti egri chiziqlari asosida baholanadi. Bunday grafiklar (10.3-rasm) turli tasmalarni laboratoriyada tekshirish natijasida tuziladi. Grafikda ordinatalar o‘qiga sirpanish koeffitsiyenti ε va foydali ish koeffitsiyenti η, absissalar o‘qiga esa uzatimaning tortish koeffitsiyenti φ orqali ifodalangan yuklanishi qo‘yiladi.
10.3- rasm. Tasmali uzatmalarning sirpanish koeffitsiyenti va foydali ish koeffitsiyenti egri chiziqlari
Tortish koeffitsiyenti quyidagicha ifodalanadi:
Tortish koeffitsiyenti dastlabki taranglik 2F0 ning qancha qismi foydali Ft kuchni uzatishga sarflanilayotganligini ko‘rsatadi. Biroq foydali kuch faqat dastlabki taranglikgagina emas, balki tasma tarmoqlaridagi taranglikning Ft = F1 - F2 ayirmasiga ham bog‘liq. Bu ayirmaning mavjudligi tasmaning shkiv ustida sirpanishiga olib keladi. Sirpanish miqdori sirpanish koeffitsiyenti bilan ifodalanadi:
= (V1 – V2) / V1=1– (d2·n2 /d1·n1)
Yuqorida aytilganlarga binoan, quyidagi xulosaga kelish mumkin: ma’lum dastlabki taranglik 2F0 uchun aylanma kuchni Ft o‘zgartirib, tortish koeffitsiyentining har xil qiymatini olish mumkin, lekin bu holda sirpanish koeffitsiyenti -ning qiymati ham har xil bo‘ladi.
Ma’lumki, tasmaning dastlabki tarangligidan maksimal foydalanish uchun tortish koeffitsiyentining qiymatini kattalashtirishga harakat qilinadi. Biroq -ning qiymati ma’lum miqdordan oshirib yuborilsa, uzatmadagi zararli hodisa – to‘la sirpanish hodisasi ro‘y beradi. Demak har bir tasma uchun -ning shunday qiymatini aniqlash mumkunki (10.3-rasmda 0 ), uning bu qiymatida sirpanishning salbiy ta’siri uncha katta bo‘lmagani holda mumkin qadar ko‘p yuklanish Ft uzatiladi, natijada uzatmaning foydali ish koeffitsiyenti maksimal qiymatiga yetadi.
NTS-1309.4 stendi turli tasmali uzatmalarni tadqiq qilib, yuklanish qobiliyatini aniqlab, uning FIK ni baholashga mo‘ljallangan. Mazkur stend quyidagi qism va detallardan tashkil topgan (10.4-rasm).
10.4-rasm. Laboratoriya qurilmasining umumiy ko‘rinishi:
1-boshqarish bloki, 3-tasmalarni sinash qurilmasi, 2-kompyuter
Qurilmaga ma‘lum turdagi tasma qo‘yilib, u berilgan dastlabki shartlar asosida sinab ko‘riladi. Taranglash kuchi va tormozlash kuchi (burovchi momentlar) o‘zgartirilib, o‘lchangan natijalar asosida uzatmaning FIK hisoblab topiladi.
Stendning konstruktiv tuzilishi tasmali (10.5-rasm) uzatma agregati va boshqaruv blokidan iborat. Tasmali uzatma agregati dvigatel yuritmasi tasmalar uchun shkivlar, elektrmagnit tormozlash muftasi hamda o‘lchov tizimi datchiklaridan iborat. Tasmali uzatma agregati tasma tarangligini rostlash va agregat qopqog‘i ochiq holda ishga tushirishning oldini olish imkonini beradi. Tarkibida dvigatel yuritmasini rele-kontaktorli boshqarish tizimi, himoyalovchi avtomat tizimi hamda kompyuter bilan aloqani ta‘minlovchi blokdan iborat. Blokning old panelida o‘lchov tizimi indikatorlari va boshqaruv tizimi organlari joylashgan.
8.5-rasm. Stendning konstruktiv tuzilishi:
1-agregat qopqog‘i, 2-elektrdvigatel, 3-shkiv, 4- elektrmagnit tormozlash muftasi, 5- o‘lchov tizimi indikatori, 6- tasma tarangligini rostlash vinti
8.3-rasm. Stendni ishga tushuruvchi blok:
1-stendni ishga tushurish tugmasi, 2-favqulodda to‘xtatish tugmasi, 3-dvigatelni ishga tushurish SB1 tugmasi, 4-dvigatelni to‘xtatish SB2 tugmasi, 5-qiymatlarni qo‘shish uchun SA1 tumbleri, 6-potensiometr R1.
Funksional jihatdan old panel quyidagi bloklarga bo‘linadi:
Stendni ishga tushuruvchi blok — stendni ishga tushurish tugmasi va favqulodda to‘xtatish tugmasidan iborat.
O‘lchov tizimi bloki, o‘lchov tizimi indikatorlari va ko‘rsatilgan qiymatlarni qo‘shish uchun SA1 tumbleridan iborat.
Dvigatelni boshqarish bloki dvigatelni ishga tushurish va to‘xtatish SB2 tugmalaridan iborat. Dvigatel boshqaruv bloki harakatlanish chog‘ida himoya qopqog‘i ko‘tarilsa harakatni to‘xtatish va himoya qopqog‘i ochiq holida tasmali agregatni ishga tushurishning oldini oladi.
Elektromagnitli mufta yuklanish momenti regulyatori bloki potensiometr R1 yordamida yurutma muftasi validagi yuklanish momentini tartibga solish imkonini beradi (10.3-rasm).
Dostları ilə paylaş: |