Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Mintaqaviy turizmning mahalliy aholi hayotiga ijobiy ta’siri



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə12/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

4. Mintaqaviy turizmning mahalliy aholi hayotiga ijobiy ta’siri.
Turizm iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida turistlar qabul qiluvchi mamlakatga daromadni keltiradi, qattiq valyuta tushumini ta’minlaydi, aholini ish bilan bandlik darajasini oshiradi. Turistlarga xizmat qilish uchun mehmonxona kerak bo’ladi. Bu yerda ular ovqatlanishi lozim. Turli tomoshalar qiladilar. Hammasi naqd pul, ko’p hollarda agar ular xorijiy turistlar bo’lsa, valyuta tushumining ko’payishini ta’minlaydi.
Turizm nafaqat iqtisodiy, balki muhim ijtimoiy sohasi hamdir. Buning iqtisodiy samaradorligi bilan birga ma’naviy, ruhiy va intellektual ahamiyati ham juda katta. SHu tufayli ushbu sohaga davlat alohida e’tibor berib ma’lum imtiyozlar ham belgilaydi. Odamlar bu imtiyozlardan faqat turist bo’lganliklari uchun foydalanadilar. Bu ham turizmning o’ziga xos xususiyati va katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatidan dalolat beradi. Imtiyozlar turistlarning bojxona postlaridan o’tishda, soliq to’lashda, chetga chiqishda pasportiga ruxsat berishlarida, avia va temir yo’l transportlariga chiptalar olishda, ularni rasmiylashtirishlarda namoyon bo’ladi.
SHunday qilib, turizm iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida o’ziga xos xususiyatlarga ega ekan. Bulardan tashqari turizm mamlakat xayotiga sezilarli darajada ta’sir qiladi.
Turizmdan birinchi galda turistlar uchun foyda qiladilar, ya’ni ularning dunyoqarashi kengayadi, jismoniy jihatdan sog’lomlashadi va ma’naviy boyligi ko’payadi, atrof muhitni idrok qilish bilan ulardan ta’sirlanish orqali rohatlanadi.
Turizmning mahalliy aholi uchun ham katta foydasi bor. Ular ish bilan ta’minlanadi, turli millat, elat va xalq vakillari bilan muloqotda bo’ladilar va ularning turli an’ana va qadriyatlari bilan tanishadilar, doimiy daromad olib turish imkoniyati ega bo’ladilar, mahsulotlarni sotish imkoniyatiga ega bo’ladilar, mahalliy aholi imkon qadar o’zlarining an’ana va qadriyatlarini namoyish qilish uchun uni saqlab qoladilar va unitilganlarini tiklaydilar, mehmon kutishning jozibador an’analarini tiklash bilan birga mehmondorchilik an’anlarini takomillashtirib boradilar. Oxir oqibatda mahalliy aholining dunyoqarashi, madaniy saviyasi ham mutassil o’sib boradilar.
Turizmning rivojlanishi davlat uchun ham juda foydalidir. Xususan u turizmni rivojlantrish evaziga o’z iqtisodiyotining yuksalishiga erishadi, davlat byudjetiga tushumlarning ko’payishini ta’minlaydi, tabiiy resurslarni asrab-avaylashga erishadi, mamlakatning ijtimoiy barqarorligini ta’minlashga harakat qiladi va unga erishadi, xalqaroaloqalarga erishadi, madaniy aloqalar kengayadi, valyuta tushumi ko’payadi va h.k.
Atrof muhitga ham turizmni rivojlantirish katta foyda beradi. Xususan, mamlakatning biomaydoni asl holida saqlanishiga harakat qilinadi, ekologik barqarorlikni ta’minlash tadbirlari qo’llaniladi, tabiat resurslaridan turistlarning rohatlanishi uchun foydalanladi, manzarali maydonlarning yaratilishi imkoniyatini tug’diradi, suv, havo, o’rmonlarning tabiiy holda saqlanishi uchun kurashiladi.
Turizm mahalliy aholi hayotiga ijobiy hamda salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ijobiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • ish o’rinlarini yaralishi;

  • daromadni ko’payishi, mahalliy aholini yashash darajasini oshishi ;

  • urbanizasiya jarayonini tezlashishi, shaharcha xizmat, infrastruktura, madaniyat tashkilotlarini rivojlanishi;

  • ijtimoiy va madaniy jarayonlarin tezlashishi;

  • mahalliy madaniyat o’choqlarning yaralishi, xalq ijodiyoti, an’analari, rusumlarini rivojlanishi;

  • qishloq xo’jaligi mahsulotlari va mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga talabni oshishi;

  • mahalliy madaniy yodgorliklarni tiklanishi va muhofazasi;

  • tabiiy komplekslarni kengayishi

  • mintaqa jozibadorligini oshishi;

  • mahalliy madaniy hayotni jonlanishi;

Salbiy xususiyatlari quyidagilar:

  • malakasiz mehnat ulushining o’sishi;

  • umumjamiyat normasini buzulishi oshishi; (ichkilik, fohishabozlik, bezorilik)

  • oila “eroziyasi” (oilaviy ajralishlar, yoshlarni hayotga yengil qarashi);

  • mahalliy aholi va turistlar o’rtasidagi kelshmovchiliklar va boshqalar.


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin