Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə20/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

4.5 Turistik resurslar turlari

Turistik resurslarni foydalanish xususiyatiga ko’ra bevosita va bilvosita turlarga bo’linadi. Bevosita turdagi resurslarga turistlarni o’zlari to’g’ridan – to’g’ri foydalanidigan tabiiy va tarixiy – madaniy resurslar kiradi. Bilvosita turdagi resurslarga bevosita turistik resurslardan foydalanish asos bo’ladigan ijtimoiy – iqtisodiy resurslar – moddiy, moliyaviy, mehnat, axborot beruvchi resurslar kiradi.
V.S.Bogolyubov va V.P.Orlovskayalar (Ekonomika turizma. M.2005,151b.) turistik resurslarda alohida ajralib turuvchi qo’yidagi asosiy belgilarni ajratishgan:

  • Qulaylik (jozibadorlik);

  • Iqlimiy sharoit;

  • O’rganganlik darajasi;

  • Sayyohlik ahamiyati;

  • Manzara va ekologik xususiyatlari;

  • Ijtimoiy – demografik xususiyatlari;

  • Potensial zahirasi;

  • Foydalanish imkoniyati va boshqalar.

Turistik resurslardan sog’lomlashtirish, turistik, sport va tanishuv maqsadida foydalaniladi. Undan tashqari turistik resurslarni shartli ravishda ikki guruhga bo’lish mumkin: tabiiy va infrastrukturali. Turistik biznesni rivojlanishida yuqoridagi ikki guruhni ham ahamiyati yuqori. Har qanday yuqori turistik resurs potensialidan, kommunikasiya, aloqa vositalari, xizmat ko’rsatish sohalarisiz foydalanib bo’lmaydi.
Umuman olganda, butun turistik resurslar majmuasini tabiiy – iqlimiy, madaniy – tarixiy, ijtimoiy – iqtisodiy, axborot beruvchi resurslarga bo’lish mumkin.
Tabiiy turistik resurslar.Tabiiy turistik resurslarni asosiy ahamiyati shundan iboratki, insonlarning jismoniy va ruhiy qobiliyatlarini tiklashda foydalanish vositalari bo’lib xizmat qiladi. Turistlar asosiy ehtiyojlarini tabiatdan qondiradilar. Turistik faoliyatni tashkillashtirishda landshaftlar, iqlim, suv ob’ektlari, dengizlar, mineral suv va davolovchi botqoqlar asosiy resurs vazifasini bajaradi. Bu resurslar o’zi yoki inson tomonidan qayta tiklanishi mumkin. Bu resurslarni geografik, biologik, geologik va boshqa jihatlarga ko’ra baholash mumkin. Dam olishni tashkil etish uchun tabiiy turistik resurslarni tahlil etishni talab qiladi. Tabiiy resurslar sifatida alohida tabiat komponentlari yoki bir butun tabiat kompelkslarini olish mumkin. Barcha tabiiy resurslarni rekreasiya yoki turistik potensial nuqtai nazardan qarash lozim. Ammo tabiiy resurslardan foydalanish darajasi mintaqa ixtisoslashuvigv ko’ra har xil bo’lishi mumkin.
Tabiiy turistik resurslarning tasnifi mavjud bo’lib, u ikkiyoqlama xususiyatga ega, bir tomondan tabiiy kelib chiqishi bilan bog’liq, ikkinchi tomondan turizm uchun iqtisodiy ahamiyati tomonidan aks etishidir.
Tabiiy turistik resurslar orasida asosiy o’rinni rekreasiya resurslari egallaydi, ular mamlakat aholisini, hamda turistlarni dam olishi va davolanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bunda noyob tabiat yodgorliklari asosiy turistik ob’ektlar hisoblanadi. Noyob tabiat yodgorliklari, bu – muhofaza qilinadigan ob’ekt turlaridan hisoblanadi. Ayrim hollarda tabiiy ob’ektlarni muhofaza qilish uchun katta maydonlarni ishg’ol qilinadigan qo’riqxonalar tashkil qilish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Shuning uchun kichikroq maydonlardagi tabiiy ob’ektlar «tabiat yodgorliklari» deb qilinadi va muhofaza ostiga olinadi. «Tabiat yodgorliklari» terminini dastlab A.Gumbolt taklif qilgan. O’tgan asrimizning boshlaridayoq Yevropada tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish boshlangan edi.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin