Nazorat savollari: 1. Turistik – rekreasiya resurslari va ularni belgilar nimalardan iborat.
2. Turistik resurslarni baholashni turizmdagi ahamiyati nimada.
3. Turistik resurslarni miqdor jihatdan baholashni tushuntiring.
4. Turistik resurslarni sifat jihatdan baholashni tushuntiring.
5. Tabiiy resurslarni baholashni turlarini tushuntirib bering.
6 - mavzu. Mintaqalarda ekologik turizmni rivojlantirish resurslari va ulardan foydalanish. Reja: Mintaqalarda ekoturizmning tutgan o‘rni va roli.
O‘zbekiston turistik mintaqalarining ekoturistik salohiyati va uning o‘ziga xos
xususiyatlari.
Ekoturizmni rivojlantirishda tabiati alohida muhofaza qilinadigan hududlarning o‘rni.
Mintaqalarda joylashgan qo‘riqxonalar va ulardan ekoturizmda foydalanish imkoniyatlari.
O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari.
6.1. Mintaqalarda ekoturizmning tutgan o‘rni va roli. Dunyo miqiyosida turizmning eng yangi yo’nalishlaridan biri ekologik turizm yoki ekoturizmdir. «Ekologik turizm» termini birinchi marotaba 1980 yil meksikalik iqtisodchi G.Seballos –Laskureyn taklif qilgan. Ekoturizmning asosiy maqsadi sayohat paytida yangi joylarni ko’rish, tabiat go’zalligidan, toza tog’ yoki o’rmon havosidan bahra olish, «yovvoyi» tabiat bag’rida dam olish, shuningdek, boshqa xalqlar urf-odati, madaniyati, san’ati, tarixiy obidalarini ko’rishdan iborat. Turizmning bu ko’rinishi Kanada, AQSH, G’arbiy Yevropa davlatlari, Markaziy va Janubiy Amerika, YAponiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda tez rivojlanmoqda. Ekologik turizm ayniqsa Avstraliyada yaxshi rivojlangan bo’lib, bu soha bo’yicha maxsus dasturlar yaratilgan.
Ekologik turizmni tashkil etish va rivojlanishi uchun ob’ektlar bo’lib, quyidagilar xizmat qiladi:
Ekoturizmning muhim ob’ekti bo’lib, ekologik toza hudud, ajoyib tabiat va boshqa rekreasiya resurslari hisoblanar ekan, mamlakatimiz bu resurs turlariga boy hisoblanadi. Respublakamizda tarixiy, arxeologik, arxitektura, san’at, musiqa va boshqa turistik resurslar mavjud. O’zbekistonning boshqa mamlakatlarda uchramaydigan ekzotik tabiati, xilma-xil landshaftlari, flora va faunasi butun turistik regionning jozibadorligini belgilovchi asosiy omillardir.
Hozirgi vaqtda to’rt xil ekoturizm turlari va ekoturlar mavjud.
1. Ilmiy turizm. Bunda turistlar dala sharoitida kuzatish ishlari olib boradilar, tabiatda izlanish ishlarida ishtirok etadilar. Masalan Lotin Amerikasi mamlakatlaridan biri Kolumbiyada, u yerdagi boy qo’shlar olamini o’rganish uchun «Kolumbiya qushlari» degan ekoturlar o’tkazilib, unda boshqa davlatlardan kelgan ornitologlar ham qatnashib ilmiy izlanishlar olib boradilar. Bunda turistlar aktiv harakat usullari qo’llab, tabiiy go’zallikdan bahra oladilar. Ilmiy tushumga chet elga bo’lgan ilmiy-tekshirish ekspedisiyalari va tabiiy fakultetlarda o’qiyotgan talabalarning dala praktikasi ham kiradi.
2.Tabiat tarixini o’rganish turlari. Bu atrof muhitni va mahalliy madaniyatni o’rganish uchun qilingan sayyohatdir. Ular ko’pincha qo’riqxonalar va milliy bog’larda takshil etilishi mumkin. Bu turlar tabiat fenamentlari bor joylarda ham tashkil qilinishi mumkin. Bunga maktab o’quvchilarining poxodlari ham kirib, unda o’qituvchi, o’quvchilarga o’tilgan joylarning tabiati tarixi to’g’risida hikoya qilib beradi.
Samarqand shahridan janubiy – g’arbda Nurobod tumanida qoratepa tog’ tizmasi joylashgan bo’lib, undagi cho’qqi ustida Xazrati Dovut g’ori joylashgan. Bu g’orga borish yo’li obodonlashtirilgan va unga hamma ham borishi mumkin. Lekin g’orga borgan vaqtda malakali ekskursovod rahbarlik qilib, u g’orni paydo bo’lish tarixi va sabablarini tushuntirib bersa, unda mistikaga yo’l qolmas va g’or to’g’risida afsonalarga izoh berilgan bo’lar edi. Bundan tashqari ekoturistlar olib borgan tozalash ishlarida g’or va tashqarisining ko’rinishi ancha manzarali bo’lishi mumkin.
3.Sarguzasht turizmi. Bu tur turizm barcha aktiv xarakatni turlarini o’zida jamlangan sayohatlarni o’z ichiga oladi hamda tabiatda dam olish turlari ham bunga kirib ulardan maqsad yangi xissiyotlarni sezish, taassurotlarni boshdan kechirish, turistlarni fizik formasini yaxshilash va yangi sport muvoffaqitlarga erishishidir. Bu tur turizmga alpinizm, qoyalarda yurish, tog’ va piyoda yurish turizmi, suv, chang’i va tog’-chang’i turizmi, otda yurish turizmi kiradi.