Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə31/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Qo’riqxonalar xo’jalik faoliyati taqiqlangan tabiat komplekslari va ob’ektlari hisoblanadi va ular tabiatni muhofaza qilish, ilmiy, ekologik ahamiyatga ega bo’lgan joylar bo’lib, tabiatning doimiy yoki kamyob landshaftlar, o’simliklar va jonivorlar olamining genetik fondi saqalanadigan yerlar hisoblanadi. YOki boshqacha ta’riflaganda davlat qo’riqxonalari deb, tabiatni qo’riqlanishi shart bo’lgan ilmiy, ekologik – ma’naviy ahamiyatli, tabiiy muhit nishonalari tipik yoki nodir landshaftlar, o’simlik va jonivorlar genetik fondi saqlanadigan va xo’jalik foydalanishidan to’liq chiqarilgan tabiiy komplekslar va ob’ektlar tushuniladi.
Qo’riqxonada dam olish va turizm tabiatga zarar yetkazishi mumkin, lekin oldindan hisoblab chiqarilgan zarar yetkaza olmaydigan rekreasion bosimga rioya qilish, turizm orqali bo’ladigan salbiy o’zgarishlarni oldini olish mumkin.
Milliy bog’lar. «Milliy bog’» jumlasi 19 asrda AQSHda alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda paydo bo’ldi. Ularni tashkil etishning asosiy xususiyati nodir tabiiy ob’ektlarni odamlarni erkin kirishi va ayni vaqtda oddiy xo’jalik maqsadida foydalanishni taqiqlash yo’li bilan paydo bo’ldi. Milliy bog’ning qo’riqxonadan farqi shuki, unda insonning xo’jalik faoliyatidan faqat turizmga ruxsat beriladi, qolganlari taqiqlanadi.
SHu maqsadda milliy bog’larning faoliyatini har bir hudud uchun tipik go’zal landshaftlarni, shu yerdagi tarix, madaniyat, arxitektura yodgorliklari bilan saqlab qolish, hamda flora va faunaning genetik fondini ko’paytirish asosida olib borish muhimdir. Asosiysi turizmni rivojini tabiatga zarar yetkazmasdan olib borish asosida ishlab chiqish lozim. Milliy bog’larda ilmiy tekshirish, ma’rifiy ishlarni tashkil etish va ular tabiat muhofazasining nazariy va amaliy tomonlari masalalarini yechish, aholini turli yodgorliklar va e’tiborga molik joylari bilan tanishtirish ishlarini olib boriladi.
Zomin milliy bog’i, 10,5 ming gektar yerni egallaydi va zomin tog’ o’rmon qo’riqxonasi sifatida 1960 yil Turkiston tog’ sistemasining g’arbiy qismidagi tabiat komplekslarini muhofaza qilish uchun tashkil etildi. Keyinroq boy turistik resurslari e’tiborga olinib milliy bog’ga aylantirildi. Milliy bog’ga xarakterli o’simlik archa (zarafshon, turkiston yarim sharsimon turlari)hisoblanadi.
Milliy bog’da yayov yurish va tog’ turizmni rivojlantirish uchun imkoniyat katta. Bu joyning shifobaxshlik xususiyatidan foydalanib, davolash turizmini rivojlantirish mumkin. Lekin milliy bog’ Samarqand, Toshkent, Buxoro va boshqa Jizzax kabi shaharlardan bir muncha uzoq bo’lganligi va unga boradigan yo’llari yaxshi bo’lmagani uchun uning turistik imkoniyatidan to’liq foydalanila olinmayapti.
Zakazniklar maydonida tabiatning ob’ektlarining bir qisminigina xo’jalik tomonidan ishlatiladi va bu ishlatilishi, ma’lum muddatlarda, ma’lum mavsumlarda hamda tabaitga zarar yetkizmaydigan darajada amalga oshiriladi. Ovchilik buyurtmalardan tashqari oxirgi yillarda botanik- landshaft, gidrologik va boshqa maqsadli hamda kompleks tabiat zakazniklari (qo’riqlar) ajratila boshlandi.
Kompleks landshaft zakazniklari (qo’riqlar) deb muhofaza etiladigan tabiat maydonlarni qo’riqlovchi muhim tabiat hududlari tushunilib, unda h turli xil tabiat komplekslari muhofaza etiladi va ayni bir vaqtda unda xo’jalikning boshqa faoliyatlari to’xtatilmaydi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin