Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Ekoturizmni rivojlantirishda tabiati alohida muhofaza qilinadigan hududlarning o‘rni



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə30/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Ekoturizmni rivojlantirishda tabiati alohida muhofaza qilinadigan hududlarning o‘rni.

Alohida muhofaza etiladigan tabiat hududlarga sayohat (AMETHS) etish ekoturizmning asosiy turi hisoblanadi.
Ekoturizm funksiyalarining asosiy farqi va o’ziga xosligi.
Ekoturizm o’ziga xos xususiyatlarga ega:
- mahalliy aholining o’z hududlarining ijtimoiy - iqtisodiy
rivojida ishtirok etishi;
- turizm ob’ektlari ichida tabiiylikni ko’pligi;
- mutadil tabiatdan foydalanish
- energiyani kam iste’mol etishi;
- Turistlarni ekologiyadan bilimli bo’lishi
Alohida muhofaza qilinadigan hududlar statusi, funksiyasi, rejimi va boshqarishni tashkil etishdagi farqlari hisobga olinib, quyidagi kategoriyalarga bo’linadi (tasniflanadi):

  1. Davlat tabiat qo’riqxonalari, shu jumladan, biosfera qo’riqxonalari.

  2. Milliy parklar.

  3. Davlat milliy tabiat parklari (bog’lari).

  4. Davlat tabiat buyurtma qo’riqxonalari (zakazniklar).

  5. Davlat tabiat yodgorliklari.

  6. Alohida muhofaza qilinadigan boshqa tabiiy hududlar: suv muhofazasi mintaqalari, kurort-sog’lomlashtirish tabiiy hududlari, rekreasiya zonalari, botanika bog’lari, dendrologiya bog’lari, qo’riqlanma (oraliq) tegralari, o’rmonlarning taqiqlangan mintaqalari, hayvonot bog’lari, baliqchilik xo’jaligi tegralari.

Bundan tashqari alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning boshqa shakllari – yashil zonalar, shahar o’rmonlari, shahar parklari, bog’-park san’ati yodgorliklari, muhofaza qilinadigan qirg’oq liniyalari, muhofaza qilinadigan daryo tizimlari, muhofaza qilinadigan landshaftlar, biologik stansiyalar, mikroqo’riqxonalar va boshqalar ham tashkil etilishi mumkin.
Alohida muhofaza qilinadigan hududlar tizimining roli atrof-muhitning barqarorligini ta’minlash, jamiyatning ijtimoiy talablari va moddiy ehtiyojlarni ta’minlash bilan belgilanadi. SHunga muvofiq alohida muhofaza qilinadigan hududlar quyidagi iqtisodiy -ekologik funksiyalarni bajaradi:

  • genofondni saqlash;

  • fundamental ekologik jarayonlar va hayot ta’minoti tizimlarini qo’llab-quvvatlash;

  • ilmiy, bilish va tarbiyaviy maqsadlarda muhofaza qilinadigan tabiat komplekslari to’g’risidagi axborot ma’lumotlarini to’plash va ilmiy tadqiqotlarni o’tkazish imkoniyatlarini ta’minlash.

Hozirgi vaqtda O’zbekiston hududida – qo’riqxonalar, milliy bog’lar, tabiatning nodir yodgorliklari mavjud. Bu yerda qo’riqxona bilan milliy bog’ va tabiatning nodir yodgorliklari o’rtasida farq nima va ularda ekoturizmni qanday rivojlantirish mumkin degan savol tug’iladi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin