Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi
Qishloq turizmi tushunchasi. Qishloq joylarida turizmni rivojlantirish imkoniyatlari.
Hozirgi davrning muhim masalasi iqtisodiyotni rivojlantirish, aholini ijtimoiy – iqtisodiy ahvolini yaxshilashdir. Respublikamiz aholisining 60% dan ortiq qismi qishloq joylarida istiqomat qiladi. SHuning uchun mehnat resurslariga boy hisoblangan qishloq joylarida yangi ish o’rinlarini ochish, aholini faravon yashashida asosiy omil bo’lib hisoblnadi. Bu borada 2007 yil 12 fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yilda ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2007 yil iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustivor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisida respublikamiz prezdenti I.A. Karimovning «YAngilanish va barqaror taraqqiyot yo’lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish – asosiy vazifamizdir» deb nomlangan nutqida qishloq aholisini yashash tarzini yanada yaxshilash, buning uchun yangi ish o’rinlarini ochish muhimligini ta’kidladilar.
Bugungi kunda turizm jahondagi eng ko’p foyda keltiruvchi biznes ko’rinishlaridan biriga aylangan. U bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi bo’lib, danyoning ko’pgina mamlakatlarida tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan tarmoqqa aylandi. Turizm sohasi jahon xo’jaligining transport, aloqa, savdo-sotiq, qurilish industriyasi, qishloq xo’jaligi, iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari bilan chambarchas holda rivojlanib, jahon iqtisodiyotida o’z o’rniga ega bo’lmoqda.
Turizm ham respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi, sanoat, transport va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o’zining munosib o’rniga ega bo’lishi uchun yetarlicha resurslarga ega. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari ichida yetakchi hisoblanadi. Respublikamiz tarixiy, arxeologik, arxitektura, san’at va boshqa turistik resurslarga boy hisoblanadi. Bundan tashqari mamlakatimizning betakror tabiati, tog’ va tekisligi, daryolari, cho’l va vaholari, turli landshaft zonalari asosiy rekreasiya resurslaridir. Mamlakatimizda yosh tarmoq hisoblangan turizm, kundan kunga rivojlanmoqda. Bu esa, ko’pgina ish o’rinlari ochish imkoniyati mavjudligini bildiradi. Ayni kunlarda respublikamizda iqtisodiy faol aholining turizm sohasida bandlik ulushi juda ham oz. Bu borada qishloq aholisining ishtiroki umuman kam.