Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Islom dini ziyoratgoh va markazlari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə35/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

7.2. Islom dini ziyoratgoh va markazlari.
Darhaqiqat, O’zbekiston turistik resurslarning boyligi bilan ajralib turadi. O’zbekistonda diniy turizm, ya’ni aziz qadamjolarni ziyorat qilish maskanlariga juda boy hisoblanadi. Jumladan, Markaziy Osiyoda, qolaversa jonajon O’zbekistonimizda ham aziz avliyolar yashab, dafn etilgan qadamjolar, ziyorat maskanlari beqiyos ko’p. Ko’pgina avliyolarning dafn etilgan joylari va qabrlari qaytadan ta’mirlanib, asl holatiga keltirilmoqda. Ular qatoriga Bahoviddin Naqshbandiy, G’ijduvoniy, Imom al-Buxariy, Mahtumi A’zam, SHohizinda, Motrudiy, Hakim at-Termiziy, Zangiota kabi aziz avliyolar va imomlar maqbaralari musulmon ahlining beqiyos, go’zal ziyorat qiladigan va ma’naviy ruhlanadigan joylariga aylantirildi. Ayniqsa, Imom Al-Buxoriy majmuasini muhim ziyoratgohga aylantirish xalqaro ahamiyatga egadir. CHunki, bu ziyoratgoh musulmon olamida Makka va Madina shaharlaridan keyin eng muhim sajdagoh hisoblanadi. SHu sababli ziyorat qilish uchun qulay shart - sharoit yaratish, ya’ni infratuzilmani shakllantirish bugungi kunning muhim masalasi hisolanadi. Bu yerda asosiy vazifa xorij mamlakatlar fuqarolarining ortiqcha qiyinchiliklarsiz ziyorat qilib ketishlariga erishishimizdir. Buning uchun Samarqand shahri aeroportini jahon andozalariga yarasha bo’lishi, masalani asosiy yechimidir.
Mustaqallik yillarida diniy qadamjolarga davlat tomonidan katta e’tibor berilmoqda. Buyuk ajdodlarimiz qo’nim topgan maskanlarni qayta tiklash, obodonlashtirish, ta’mirlashga jiddiy e’tibor berganligi tufayli ziyoratgoh maskanlar 1.5 mlrd. Musulmon dunyosini o’ziga tortmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda diniy turizmni hududiy tashkil etish va rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Xususan, Janubi – SHarqiy Osiyo va G’arbiy Osiyo mamlakatlari ziyoratchilarni jalb etish maqsadida tadbirlar ishlab chiqish kerak. Buning uchun har bir viloyat, tuman va qishloqlardagi kishilar tomonidan muqaddas hisoblanib kelinayotgan ziyoratgohlarni aniqlash, umumlashtirish, respublika va viloyat diniy turistik kartalarini yaratish hamda ziyoratchilarga zarur sharoitlar yaratish, yo’l qurish, transport imkoniyatlarni o’rganish maqsadida muvofiq deb hisoblaymiz.
Diniy ziyoratgohlar kam mablag’ hisobiga katta daromad manbaiga aylanishi shubhasiz. Mamlakatimizning barcha viloyatlaridan o’nlab, yuzlab diniy qadamjolar mavjud. Ammo ularni ziyorat etish marshrutlari aniq tuzilmagan. Achinarli holati shundaki, islom dunyosida katta xizmat qilgan, avliyo darajasiga ko’tarilgan siymolarimiz abadiy qo’nim topgan maskanlarini faqatgina mahalliy darajada, ya’ni tuman yoki viloyat miqiyosidagi bilamiz, xolos. Binobarin, bunday muqaddas ziyoratgohlarni respublika va xalqaro darajadagi diniy ziyoratgoh ob’ektlariga aylantirish mumkin.
Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki, diniy turizm hamma vaqt sayohatning eng aktiv turi bo’lib kelgan. Insoniyat borki, u e’tiqod qiladi, sig’inadi, ruhan va ma’naviy jihatdan poklanishga harakat qiladi. SHuning uchun u diniy ziyoratni hoxlaydi. Buning uchun muqaddas ziyoratgoh bo’lishi shart. Vaholanki, mamlakatimiz diniy ziyoratgohlarga boy mintaqa hisoblanib, kelajakda diniy turizmni rivojlantirishga yanada e’tiborni yanada kuchaytirish ham moddiy, ham ma’naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin