Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə32/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Tabiat yodgorliklari. Noyob tabiat yodgorliklari, bu – muhofaza qilinadigan ob’ekt turlaridan hisoblanadi. Ayrim hollarda tabiiy ob’ektlarni muhofaza qilish uchun katta maydonlarni ishg’ol qilinadigan qo’riqxonalar tashkil qilish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. SHuning uchun kichikroq maydonlardagi tabiiy ob’ektlar «tabiat yodgorliklari» deb qilinadi va muhofaza ostiga olinadi. «Tabiat yodgorliklari» terminini dastlab A.Gumbolt taklif qilgan. O’tgan asrimizning boshlaridayoq Yevropada tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish boshlangan edi.
Tabiat yodgorliklari tabiatning o’zgarishi va unda sodir bo’layotgan jarayonlar haqida ma’lum darajada aniq guvohlik beradi. Tabiat yodgorliklari ilmiy – tarixiy va madaniy – estetik ahamiyatga ega.
Umumiy xarakteriga ko’ra, tabiat yodgorliklari geologik – geomorfologik, botanik, paleontologik, astronomik va landshaft yodgorliklariga bo’linadi.
O’zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlar tarkibida 2164 km2 maydonni tashkil etgan 9 ta davlat qo’riqxonasi, 6061 km 2 maydonni tashkil etgan 2 ta milliy bog’ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko’paytirish “Jayron ekomarkazi”, 12186 km2 maydonni tashkil etgan 9 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni umumiy maydoni 20520 km2, yoki O’zbekiston hududining 5,2 % ni tashkil etadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda yetarli darajada shart – sharoitlar, infratuzilma, hamda moddiy – texnik bazasining, servis xizmatlarini yaxshi yaratilmaganligi mamlakatimizda ekoturizmni rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda. SHu munosabat bilan, Prezidentimizning 2006 yil 17 – aprelda “O’zbekiston Respublikasi 2006 – 2010 yillarda xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi 325 sonli qarori chiqdi. Bu bo’yicha Respublikamizda ayrim ishlar boshlangan. Masalan, hozirgi kunda O’zbekistonda ekoturizm yo’nalishlari «Ekosan» xalqaro jamg’armasining ekoturizm bo’linmasi tomonidan ishlab chiqilmoqda.
Yo’nalishlar hozircha Zomin milliy bog’i va Nurota qo’riqxonalariga uyushtirilgan. Undan tashqari ekoturizmni rivojlantirish maqsadida Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi “O’zbekiston Respublikasida ekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiyasi va uning yaqin kelajakdagi istiqbollari”ni ishlab chiqdi. Albatta, bu mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz uchun bir qancha ishlarni amalga oshirishimiz lozim deb hisoblaymiz:

  • qo’riqxonalar va milliy bog’lar sonini oshirish;

  • mavjud qo’riqxonalar va milliy bog’larni turistik resurs sifatida ilmiy jihatdan o’rganib chiqish;

  • ekoturistik resurslarni baholash va ularni kadastrini olib borish;

  • mavjud qo’riqxonalar va milliy bog’lardan ekoturizm ob’ekti va rekreasion resurs sifatida foydalanish uchun kerakli infratuzalmani shakllantirish;

  • ekoturizm ob’ekti sifatida mavjud tabiat go’shalaridan tartibli foydalanish;

  • ekoturizm bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash;

  • ekologik turizm rivojlangan mamlakatlar malaka va tajribasini o’rganish;

  • tabiat muhofazasiga alohida e’tibor qaratish va boshqalar.

Milliy bog’lar va davlat qo’riqxonalari tabiatni muhofaza qilish muassasasi bo’lib, ularning hududlari ekologik, tarixiy va estetik qimmatga ega bo’lgan hamda tabiatni muhofaza qilish, rekreasiya, ma’rifiy, ilmiy va madaniy maqsadlarda foydalanishga mo’ljallangan tabiiy majmualarni o’z ichiga oladi. Bu hududlarda tabiat ne’matlaridan foydalanilgan holda tabiiy xizmat ko’rsatish sohasini (servis)ni yo’lga qo’yish, kompleks rivojlantirish va turli tematik marshrutlarni tashkillashtirish, ekoturizmni rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin