Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


O‘zbekiston turistik mintaqalarining ekoturistik salohiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə29/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

6.2. O‘zbekiston turistik mintaqalarining ekoturistik salohiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
O’zbekiston ekologik turizm va uning sarguzasht turlaridan rafting, trekking, miniladigan turizm (“door of road”), agroturizm, alpinizm va boshqa sport turlarini rivojlantirish uchun boy imkoniyatlarga va o’ziga xos xususiyatlariga ega. Ekoturistlar uchun qiziqarli bo’lgan ob’ektlar, ya’ni alohida muhofazaga olingan hududlar doirasidagi turli tabiiy va madaniy vujudga kelgan landshaftlar, o’simlik va hayvonot olami resurslari, kam uchraydigan va kamayib borayotgan organizmlar genofondi, ajoyib tabiiat komplekslari, tabiat yodgorliklari ekoturizmni rivojlantirishning muhim asosi hisoblanadi.
Ekologik turizm nuqtai-nazaridan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tayanch hududlar sifatida qaralmog’i lozim. G’arbiy Yevropa mamlakatlari o’zlarining tabiiy landshaftlaridan allaqachon mahrum bo’lganliklari sababli, yildan-yilga boshqa mamlakatalrning tabiatiga bo’lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda. SHuning uchun turistik resurslardan samarali foydalanishda tabiat muhofazasining o’rni katta.
Ekologik turizm hozirgi kunga kelib jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan turizm sohasiga aylandi. O’zbekistonda ekoturizm rivojlanishi tabiatni muhofaza qilish, ekoturistlarni vatanimizga jalb etish, noyob o’simliklar va hayvonot dunyosini saqlash, ko’paytirish muammolarini hal qilishga, balki mahalliy aholini ish bilan ta’minlab iqtisodiyotimizni rivojlantirishiga katta hissa qo’shadi. Ekoturizm faoliyatidan kelib chiqib alohida muhofaza etilayotgan tabiiy hududlarda amalga oshirish katta ahamiyatga ega. Mahalliy, aholini ehtiyojini qondirish ko’proq tabiatdan foydalanish turlariga borib taqaladi.
Tabiiy resurslardan ishlab chiqarishda tobora ko’proq foydalanish, jamiyatning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish, inson hayoti va faoliyatini ta’minlash uchun tabiiy muhitdan foydalanishning kuchayishi tabiatning ayrim hududlarini tabiiy holatda saqlash zaruratini keltirib chiqaradi. Bunday uchastkalar alohida muhofaza qilinadigan hududlar (akvatoriyalar) bo’lib, ular ekologik, genetik, asrash, muhofaza qilish, sanitariya-gigiena, sog’lomlashtirish, madaniy-maorifiy funksiyalarni bajaradi va ular faol xo’jalik o’zlashtirilishidan chiqariladi. Alohida muhofaza qilinadigan hududlar ekologik balansni qo’llab-quvvatlash, tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish, ekotizimlar va organizmlar genofondlari etalonlarini saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va saqlash, rekreasiya va tabiat muhofazasi ta’lim–tarbiyasi, shuningdek, ham tabiiy sharoitlarda, ham inson ta’sirida kechadigan mahalliy, mintaqaviy va global tabiiy jarayonlarni o’rganish maqsadlariga xizmat qiladi.
Ekologik turizmni tashkil etish va rivojlanishi uchun ob’ektlar bo’lib, quyidagilar xizmat qiladi:

  • milliy bog’lar, davlat buyurtmalari, tabiat yodgorliklari;

  • botanik bog’lar;

  • davolash-sog’lomlashtirish joylari va kurortlar;

  • qo’riqxonalar.





    1. Yüklə 1,76 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin