5.1. Mintaqaviy turizmning alohida ajralib turuvchi asosiy belgilar. Hozirgi vaqtda ko’pgina tarmoqlar kabi turizm industriyasi ham tez rivojlanib bormoqda. Turistik biznesni mavjud kapital, texnologiya, hamda malakali ishchi – xodimlar orqaligina shakllantirib bo’lmaydi. Buning uchun birinchi navbatda turistik resurslarga ega bo’lish lozim.
Turistik resurslarning asosini rekreasiya resurslari tashkil etadi. Rekreasiya resurslari bu - turli komponentlar birikmasidan iborat, insonning dam olishi va davolanishi ehtiyojlarini qondirishda xizmat qiladigan vositalardir.Kelib chiqishi va foydalanish xususiyatlariga ko’ra rekreasion resurslar ikki guruhga ajratiladi: tabiiy va antropogen rekreasion resurslar.
Tabiiy rekreasion resurslarga, hududiy tabiiy komponentlar birikmasidan iborat, go’zal tabiat go’sha(landshaft)lari kiradi. Ular daryo, ko’l, dengiz bo’ylari, tog’ etaklaridagi o’simlik dunyosi, xilma – xil manzarali joylar, mineral suvli shifobaxsh maskanlar bo’lishi mumkin. Undan tashqari aholining dam olishi, sport bilan shug’ullanishi, ov qilishi imkoniyatlari uchun keng hududlar, shahar atrofidagi yashil mintaqalar, park va bog’lar yoki qo’riqxona va milliy bog’lar ham tabiiy rekreasiya resurslaridir.
Turli davrlarda inson aql – zakovati bilan yaratilgan tarixiy, arxeologik va san’at obidalari, yodgorliklar, muzeylar hamda rekreasiya maqsadida foydalish mumkin bo’lgan ijtimoiy ob’ektlar, antropogen rekreasiya resurslariga kiradi. Undan tashqari, rekreasion resurslarni qo’yidagi asosiy belgilariga ko’ra ajratish mumkin:
5.2. Mintaqaviy turizmdan samarali foydalanishda, ularni baholashni ahamiyati. Turistik resurslar turli tabiiy, madaniy – tarixiy, hamda ijtimoiy – iqtisodiy ob’ektlar ko’rinishida bo’lib, turistik xizmatlar ko’rsatishga asos bo’la oladigan resurslarga aytiladi. Undan tashqari, turistik resurslar turistik mahsulotlar yaratishga asos bo’ladigan tabiiy hamda, insonlar tomonidan yaratilgan ob’ektlar majmuasidan iborat.
V.S.Bogolyubov va V.P.Orlovskayalar (Ekonomika turizma. M.2005,151b.) turistik resurslarda alohida ajralib turuvchi qo’yidagi asosiy belgilarni ajratishgan:
Qo’laylik (jozibadorlik);
Iqlimiy sharoit;
O’rganganlik darajasi;
Sayyohlik ahamiyati;
Manzara va ekologik xususiyatlari;
Ijtimoiy – demografik xususiyatlari;
Potensial zahirasi;
Foydalanish imkoniyati va boshqalar.
Turistik resurslardan sog’lomlashtirish, turistik, sport va tanishuv maqsadida foydalaniladi. Undan tashqari turistik resurslarni shartli ravishda ikki guruhga bo’lish mumkin: tabiiy va infrastrukturali. Turistik biznesni rivojlanishida yuqoridagi ikki guruhni ham ahamiyati yuqori. Har qanday yuqori turistik resurs potensialidan, kommunikasiya, aloqa vositalari, xizmat ko’rsatish sohalarisiz foydalanib bo’lmaydi.
Har bir hududda turizm shakllanar ekan, bu hududda turizm faoliyatida foydalanilayotgan turistik resurslar mavjud bo’ladi. Bu resurslarni turizmni tashkil etish asosi desak bo’ladi. Lekin, har bir hududning resurs salohiyati resurslarning miqdor va sifat jihatiga ko’ra farq qiladi. SHu sababli turistik resurslarni har jihatdan o’rganish, baholash, umuman olganda turizm faoliyatida foydalanish imkoniyatlarini, tahlil etish ma’lum mintaqada turizmni rivojlantirish istiqbolini belgilaydi. SHu sababdan mavjud turistik resurslardan turizm faoliyatida foydalanishda ularni har jihatdan baholash o’ta muhimdir. Turistik resurslarni baholash bo’yicha ham turli yondoshuvlar mavjud. Turistik resurslarning iqtisodiy bahosi bevosita resurs turiga, uning sifatiga, joylashuviga, foydalanish texnologiyasiga hamda atrof – muhit holatiga bog’liq. Hozirgi kunda turistik resurslardan to’laligicha foydalanish uchun turistik resurslarni atroflicha tahlil etish va baholash katta ahamiyatga ega. Bunda ularni baholash asosiy o’rinni egallaydi. Baholash orqaligina ulardan foydalanish, muhofaza qilish me’yorini o’rnatish mumkin.