Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə23/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Ijtimoiy – iqtisodiy resurslar. Turizm – ko’plab iqtisodiyot tarmoqlarini o’z ichiga olgan, qurilishdan boshlab, transport xizmatigacha bo’lgan faoliyatning ixtisoslashgan turi hisoblanadi. Shuning uchun turizm sohasidagi band ishchilar sonini baholashni qiyinlashtiradi. Undan tashqari turizm iqtisodiyotning ko’plab tarmoqlari, qishloq xo’jaligi korxonalari transport vositalari ishlab chiqaruvchi zavodlar, mebel ishlab chiqaruvchi korxona va boshqalar bilan o’zaro aloqada rivojlanadi.
Mehnat resurslari. Turistik mahsulot ishlab chiqarish jarayonida insonlarning jismoniy va aqliy mehnati ishlatiladi. Bunda insonlarni sog’ligi va jismoniy kuchi, ma’lumoti hamda malakasi darajasi asosiy o’rinni egallaydi. Mehnat resurslarining miqdori, malakasi iqtisodiy omil sifatida katta ahamiyatga ega.
Turizm jahon xo’jaligining mehnat resurslarining ko’p talab qiluvchi tarmoqlaridan hisoblanadi. Turizm sohasidagi band ishchi kuchining o’ziga xos xususiyati shundaki, 80% mehnat resurslari malakasiz hisoblanadi. Ularning yarmidan ortig’i ayollarni tashkil qiladi. Undan tashqari turizm industriyasida yoshlar va chet el ishchi kuchidan keng foydalaniladi. Misol uchun Yevropa ittifoqi mamlakatlarida har bir uchinchi 16 yoshdan 21 yoshgacha bo’lgan o’smir turizmning xizmat ko’rsatish sohasidagi ishlaydi.
Butunjahon mehnat tashkiloti turizmda bandlikni 3ta asosiy shakllarga bo’ladi:

  1. Mavsumiy ish, bunda asosan sayyohlik mavsumida turistlar soni bir necha barobarga oshib ketadi, shunda qo’shimcha ishchi kuchiga talab oshadi.

  2. To’liqsiz ish kuni, bu asosan rivojlangan mamlakatlarning mehmonxona va restoran xo’jaligidagi band ishchi kuchlari kiradi. Turli mamlakatlarda to`liqsiz ish kuni bilan ishlayotganlar butun mehmonxona biznesida band ishchi kuchlarining 12% dan 52% gacha tashkil etadi.

  3. Vaqtinchalik ish bilan bandlik (dam olish kunlari, ko’rgazmalar tashkil etish)

Sarmoya resurslari. Ishlab chiqarishning birinchi omillari yer va mehnat bo’lsa, ularni sarmoyalar asosida mehnat kuchi yordamida amlga oshiriladi.
Sarmoya elementlari tasnifi mutaxasislar tomonidan quyidagicha belgilangan:

  • asosiy binolar: otellar, bar, restoran, klub va b.

  • yordamchi binolar: garaj, isitish sistemasi va b.

  • inshoot va qurilmalar: yo’llar, turistik poezdlar, sport maydonlari va b.

  • o’tkazgich qurilmalari: elektroo’tkazgichlar, quvurlar va b.

  • mashina va jihozlar: transfarmator, kompyuter va b.

  • transport vositalari: yengil avtomobil, avtobus va b.

Turizm salmog’ining yuqoriligi iqtisodiy tomondan daromadining oshishiga, yangi ish o’rinlarini yaratilishiga hamda kichik biznesni rivojlanishiga turtki bo’ladi.
Turistik mamlakatlarda 50 foizdan ortiq mehnatga yaroqli aholi turizm sohasi bilan to’g’ridan – to’g’ri yoki bilvosita bog’langan. Agarda ularda turistlar kelishi qaysidir sababga ko’ra kamaysa, ishsizlar soni ortib boradi. Lekin yirik industrial mamlakatlarda turizm sohasida band aholi 5 foizdan ortmaydi, ammo turizmning dunyo bo’yicha rivojlanishi tufayli bu mamlakatlarda ham turizm sohasidagi band mehnat resurslarini salmog’i ortib boradi.
Turizm sohasida miqdor jihatdan tahlil qilishdan tashqari, bandlikning sifat jihatdan tahlili ham mavjud. Ma’lumki turizmda asosan past malakali ishchilar, ya’ni xizmatchilar, yuk tashuvchilar, ofisiantlar ishlashadi. Bular bilan yuqori malakali gid – tarjimon, bosh oshpaz, menejerlar ham ishlashadi. Albatta bu sohani ham yuqori malakali mutaxasislar bilan ta’minlash kata ahamiyatga ega. Turizmda band ishchilarning jinsiy tahlili ham ahamiyatga ega bo’lib, mehmonxona xo’jaldigida ayol ishchilarning ulushi 50 foizdan ortiq.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin