Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə24/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Turistik axborot resurslari. Sayohat vaqtida yoki unga tayyorgarlik ko’rishda turistlar ehtiyojidan kelib chiqib, ularga beriladigan ma’lum hudud, ob’ekt to’g’risidagi ma’lumotlar majmuasi turistik axborot resurslari hisoblanadi.
Mutaxasislar turistik axborot resurslariga turistik marshrutda joylashgan hamda tarixiy, ilmiy ahamiyatga ega ob’ektlar bo’yicha ma’lumotlarni kiritishadi. Undan tashqari turizm ahamiyatiga ega shaharlar, qishloqlar, tabiat manzaralari ularga bog’liq afsona va qissalar, har xil adabiyotlar, xaritalar, tasviriy albomlar, rasmlar, audio – video mahsulotlarni ham kiritishadi. Ko’pgina shaharlarda turistik axborot beruvchi markazlar ishlab turibdi, ular iste’molchilarga barcha ma’lumotlarni etkazib berishadi.
Umuman olganda hozirgi kunda turistlar uchun informasiya asosiy o’rinni egallaydi. Chunki turist borayotgan joyi haqida qancha ko’p bilsa, sayohatini samarali o’tkazadi. Albatta har qanday turist ma’lum vaqt oralig’ida iloji boricha ko’proq joylarga borishga harakat qiladi. Buning uchun u albatta ma’lumotlarga yetarli darajada ega bo’lishi kerak.
Axborot beruvchi resurslarga Internet tarmog’i, adabiy va tasviriy nashrlar hamda xalq etnoslari, afsonalari ham kiradi. Axborot tashuvchilar moddiy ob’ektlar – inson va ijodlari, nomoddiy ob’ektlar – turli axborot manbalari hisoblanadi. Diniy turizmda moddiy ob’ektlar bo’lib, monax va dindorlar, ekskursiya olib boruvchilar, hamda diniy markaz va shaharlarning fotosi, kartasi, sxemalari hisoblanadi.
Naorat savollari:
1.Turistik resurslarning mohiyati nimadan iborat.
2. Turistik resurslar tasnifiga qanday yondoshuvlar mavjud.
3. Turistik resurslarning qanday turlari mavjud.
4. Tabiiy turistik resurslarning xususiyatlarini ayting.
5.Ijtimoiy – madaniy turistik resurslarning xususiyatlarini ayting.


5 - mavzu. Mintaqalarning turistik resurslaridan foydalanish
imkoniyatlarini baholash
Reja:

  1. Mintaqaviy turizmning alohida ajralib turuvchi asosiy belgilar.

  2. Mintaqaviy turizmdan samarali foydalanishda, ularni baholashni ahamiyati.

  3. Turistik resurslarni miqdor va sifat jihatidan baholash.

  4. Mintaqaviy turizmni turizm maqsadida baholashni tashkil etish.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin