5.3. Turistik resurslarni miqdor va sifat jihatdan baholash
Turistik – rekreasiya resurslarini mutaxasislar asosan miqdor va sifat jihatdan baholashni taklif etishgan. Miqdor jihatdan baholashda turistik faoliyatda foydalanish mumkin bo’lgan turistik resurslar hisobi olinadi hamda baholashda qo’yidagi xislatlar hisobga olinadi:
Zahira ko’rsatgichi, ya’ni hududiy rekreasion tizimning qabul qilish potensiali;
Mavjud resurslarni maydon ko’rsatgichi, ulardan rekreasiya maqsadida foydalanish imkoniyati;
Rekreasiya resurslaridan mavsum sifatida foydalanishning davomiyligi.
Bu bahoni Samarqand viloyati misolida ko’radigan bo’lsak, birinchi navbatda viloyatning turistik ob’ektlarini o’rganishimiz lozim. Quyida viloyatning turistik ob’ektlari 4 - jadval asosida ko’rsatilgan.
jadval - 4
Samarqand viloyatining turistik ob’ektlari7
Tumanlar
|
Turistik ob’ektlar nomi
|
Samarqand shahri
|
Ulug’bek abservatoriyasi, Xo’ja Doniyor payg’ambar ziyoratgohi, Ishratxona, Qadimiy Siyob arig’i, Afrosiyob arxeologik muzeyi va xarobalari, Xazrati Xizir masjidi, SHohi – Zinda majmuasi, Bibixonim ansambli, Siyob bozori, Registon ansambli, Al-Motrudiy maqbarasi, Ruhobod maqbarasi, Amir Temur maqbarasi, shahar bosh jom’e masjidi, O’lkashunoslik muzeyi, Samarqand bosh tarixiy muzeyi,.
Universitet xiyobonidagi qadimiy chinorlar va boshqa daraxtlar, Alisher Navoiy muzeyi, SamDU arxeologik, zoologik muzeylari, shahar istirohat bog’lari, shifobaxsh chashma buloqlar, qadimiy mahallalar.
|
Samarqand tumani
|
Xo’ja Ahrori Vali Ziyoratgohi, Mironqul, Sazag’on, Ohalik Dam Olish Maskanlari, Ohalik tog’i soyliklaridagi xushmanzara dam olish maskanlari, milliy an’analar, yog’och o’ymakorligi, metallga ishlov berish, milliy urf odatlar.
|
Urgut tumani
|
CHor chinor, chinorlar va buloqlar, G’ovsul A’zam ziyoratgohi, Xo’jabtol ota, Miqqilloq tosh, Teshiktosh, Qaynar, SHirvog’ota ziyoratgoh va dam olish maskanlari, «Toshqo’y» tabiiy haykali, Bug’jamatosh, Toshkelinchak, Go’rimor tabiiy tosh shakllari, Lev, Qaynarbuloq, Rohatbuloq buloqlari, Omonqo’ton dam olish maskanlari, Eski davon yo’llari, taxti Qorachabegim saroyi xarobolari va b.
|
Bulung’ur tumani
|
Qadimiy Tuyatortar kanali, Fozil Yo’ldosh o’g’li uy muzeyi, xalq etnografik folklor ansambllari, mahalliy hunarmandchilik va b.
|
Jomboy tumani
|
Xolvoyi qishlog’idagi qadimiy chinorlar, Zarafshon daryosi va uning Oqdaryo va Qoradaryoga ajralishi, Zarafshon qo’riqxonasi, xalq milliy an’analari va urf-odatlari.
|
Ishtixon tumani
|
Qoradaryo sohillari, shayxlar qo’rg’oni xalq milliy san’ati, milliy an’analar, urf-odatlar va b.
|
Kattaqo’rg’on tumani
|
Kattaqo’rg’on suv ombori, Andoqiy ziyoratgohi va bulog’i, «cho’kkan tuya» shaklidagi tabiiy yodgorliklar va milliy an’analar.
|
Narpay tumani
|
Qo’chqorli ota ziyoratgohi, Qo’tirbuloq dam olish maskani, shifobaxsh bulog’i va avliyo baliqlari, Qo’shtepa ikkita tabiiy tosh tepalik va milliy an’analar.
|
Nurobod tumani
|
Xazrati Dovud ziyoratgohi va g’ori, Tim qishlog’idagi qadimiy archalar, Qarnobcho’l ekolandshaftlari, xalq hunarmandchiligi, jumladan jun yigirish, gilam to’qish, ko’pkari o’yinlari, milliy kurash, qadimiy sardobalar va b.
|
Oqdaryo tumani
|
Mahdumi A’zam Dahbediy ziyoratgohi, Oqdaryo daryosi sohillari dam olish maskanlari, Miyonqol oroli ekolandshafti, xalq milliy an’analari.
|
Payariq tumani
|
Imom Buxoriy masjid majmuasi va ziyoratgohi, Navro’ztepa, G’ilmonsoytepa, Oqtepa tabiiy tepaliklari, xalq milliy an’analari va b.
|
Pastdarg’om tumani
|
Qadimiy Darg’om kanali dam olish maskanlari, milliy an’analar, milliy kurash, ko’pkari o’yinlari va b.
|
Paxtachi tumani
|
Dobussiya qal’a xarobalari, Zarafshon daryosi sohillari dam olish maskanlari, qadimiy sardobalar.
|
Tayloq tumani
|
Tayloq ota qo’rg’oni ziyoratgohi, jom’e masjidi, istirohat bog’i, Bandikushon ziyoratgohi va b.
|
Qo’shrabod tumani
|
Tog’ oldi dam olish maskanlari, Qaynar avliyo bulog’i, milliy an’analar, urf-odatlari, mlliy dostonchilik, baxshichilik, Ergash Jumanbulbul o’g’li dostonchilik maktabi va b.
|
Jadvaldan ko’rish mumkinki, qanchalik hudud turistik ob’ektlarga boy hisoblansa, turistik mahsulotlar turini ko’paytirish imkoniyati yaraladi. Har bir hudud ma’lum tur turistik resurslarga ega bo’ladi. Qaysidir hudud tarixiy obidalarga boy hisoblansa, ayrimlari tabiiy turistik ob’ektlarga boy hisoblanadi. Turistik faoliyatda barcha turistik resurslardan bir zaylda foydalanib bo’lmaydi, chunki ob’ektlarning joylashishidagi qo’layligi, jozibadorligi turlicha. SHuning uchun turistik resurslarni sifat jihatdan baholash muhim sanaladi. Sifat jihatdan baholashda qo’yidagi belgilar e’tiborga olinadi: ta’sirchanligi, ulug’vorligi, joylashuvidagi qulaylik, atrof-muhit holati, tabiiy rekreasiya resurslarining o’ziga jalb qilish qobiliyati va boshqalar.
Turistik – rekreasiya resurslarini mamlakat milliy boyligi sifatida baholash lozim. YUqoridagi jadvaldan foydalanib, Samarqand viloyati tumanlarini turistik resurslarini sifat jihatdan baholash mumkin. Agarda shartli ravishda besh balli tizimda baholasak, tabiiy turistik resurslari imkoniyati bo’yicha Samarqand shahri, Samarqand tumani, Urgut tumani - 5 ballga, Nurobod va Qo’shrabod tumani - 4 ballga, Pastdarg’om, Paxtachi va Tayloq tumanlari – 2 ballga teng. Tarixiy obidalar va diniy qadamjoli ob’ektlarga ega hududlar imkoniyati bo’yicha, Samarqand shahri va tumani – 5 ballga, Payariq va Urgut tumani – 4 ballga, Bulung’ur va Qo’shrabod tumanlari – 1 ballga baholash mumkin. Milliy etnografik va madaniy obidalar resurslari bo’yicha Samarqand shahri va Kattaqo’rg’on tumanlari – 5 ballga, Nurobod, Oqdaryo va Urgut tumanlari – 4 ballga, qolgan tumanlarni - 3 ballga baholash mumkin.
YUqoridagi ma’lumotlar asosida aytish mumkinki, Samarqand shahri va tumani, Urgut va Payariq tumanlari turistik resurslarga boy hisoblansa, ayrim tumanlarning turistik resurs imkoniyati kam. SHu jihatdan tumanlarning turistik resurslari potensialini uch kategoriya (yuqori, o’rtacha, past) asosida baholash ham mumkin. Bu yerda, Samarqand shahri va tumani, Urgut va Payariq tumanlari yuqori kategoriyaga, Nurobod, Kattaqo’rg’on, Narpay va Oqdaryo tumanlari o’rtacha kategoriyaga, qolgan tumanlarni past kategoriyaga kiritish mumkin.
Tabiiy resurslarni baholashni bir qancha turlari mavjud. Bular: texnologik – rekreasiya faoliyatining u yoki bu turiga resurslarning funksional yaroqliligi, fiziologik – shinam, qo’laylik darajasiga ko’ra, psixologik – estetik xususiyatiga ko’ra baholanadi. Bu baholashga misol tariqasida qo’yidagi 2 – jadvalni ko’rsatish mumkin.
jadval - 5
Dostları ilə paylaş: |