Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Tabiiy resurslarning guruhlanishi



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə21/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Tabiiy resurslarning guruhlanishi
jadval - 3

  1. Kelib chiqishiga ko’ra:




  • tabiiy - (geologik, iqlimiy, gidrologik, termal suvlar);

  • biologik – tirik tabiat (tuproq resurslari, flora, fauna);

  • axborot beruvchi - tabiatdan o’ziga xos maydon va landshaft sifatida foydalanish bo’lib, bu resurslar madaniy, ziyoratli kabi turizm turlarini rivojlantirishga asos bo’lib xizmat qiladi.


  1. Rekreasiya sifatida foydalanish turiga ko’ra:




  • mineral suvlar;

  • botqoqlar;

  • tuzlar;

  • o’rmonlar.

  1. Resurslarning tugashi darajasiga ko’ra:




  • tugaydigan tabiiy resurslar, ular o’z navbatida yangilanib turadigan (chuchuk suv, o’simlik va hayvonot dunyosi) va yangilanmaydigan (minerallar) turlarga bo’linadi.

  • tugamaydigan tabiiy resurslar, ularga quyosh energiyasi, shamol, dengiz to’lqinlari, suvlar kiradi.

  1. O’zi qayta tiklanishi va o’sishi imkoniyatiga ko’ra:




  • qayta tiklanadigan resurslar, bunga o’rmonlarni misol keltirish mumkin, o’rtacha 50 yilda qayta tiklanadi.

  • qayta tiklanmaydigan resurslar.




Tabiat yodgorliklari tabiatning o’zgarishi va unda sodir bo’layotgan jarayonlar haqida ma’lum darajada aniq guvohlik beradi. Tabiat yodgorliklari ilmiy – tarixiy va madaniy – estetik ahamiyatga ega.


Umumiy xarakteriga ko’ra, tabiat yodgorliklari geologik – geomorfologik, botanik, paleontologik, astronomik va landshaft yodgorliklariga bo’linadi.
Geologik – geomorfologik yodgorliklarga nodir geologik tog’ jinslari, karst voronkalari, relef shakllari, g’orlar, issiq suvli mineral buloqlar kiradi. Mamlakatimizdagi Kilsi (Qirqtog’da), Qorlug’ (Ko’hitang tog’ida), Hazratidovut (Zirabuloq tog’ida), Amir Temur g’orlari, Zarafshon tizmasidagi karstlarni misol keltirish mumkin.
Botanik yodgorliklarga yuz yillik daraxtlar, yo’qolib ketayotgan relikt o’simliklar kiradi. Bu yodgorliklarga Surxondaryo viloyatidagi, Urgut tumanidagi ming yillik chinorlarni kiritish mumkin.
Poleontologik yodgorliklarga toshga aylangan organizm va qirilib ketgan hayvonlarning izlar qolgan joylar kiradi.
Landshaft yodgorliklariga ajoyib qoyalar, sharsharalar, daralar, ajoyib buloqlar, xushmanzara joylar kiradi. Bunga Ilono’tdi (Temurlang) darasi, Ko’ksuv daryosidagi sharshara, Nurota va Urgutdagi buloqlar, Katta va Kichik Chimyon soyligi, Oqtosh soyligi va boshqalar kiradi.
Astronomik tabiat yodgrliklariga yirik meteoritlar tushib izi qolgan joylar kiradi.
Tabiiy turistik resurslar orasida asosiy o’rinni rekreasiya resurslari egallaydi, ular mamlakat aholisini, hamda turistlarni dam olishi va davolanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Undan tashqari tabiiy resurslardan to’g’ridan – to’g’ri foydalanish natijasida bir qancha muammolar ham kelib chiqmoqda. Bunda tabiatdan noto’g’ri foydlanish, ko’plab qurilishlarni amalga oshirish tufayli bo’lmoqda. Natijada ekosistemalar muvozanati buzilib, ekologik muammolarni kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin