Ovqatlantirish infrastukturasida yutuqlarimiz ko’proq, mehmonxonalar qoshidagi yoki yakka tarzda restoran, bar, kafelar, yaxshi ishlab nafaqat turistlarga, balki mahalliy aholiga xizmat ko’rsatmoqda. Ayrim oqvatlantirish ob’ektlarining ahvoli, xizmat ko’rsatish darajasi talabga javob bermaydi. Agar ovqatlantirish ob’ektlari sanitariya holati nazorat qilinib, ovqatlar va xizmat ko’rsatishning turli ish shakllari joriy etilsa, ijobiy yutuqlarga erishgan bo’lamiz.
Hozirgi paytda turizmni rivojlanishida bank va moliyaviy tashkilotlar xizmatlarining o’rni katta. Turistlar sayohatda va dam olishda xilma-xil xizmat turlaridan foydalanishni hohlaydilar. YA’ni, o’z hohishi bo’yicha biror narsa sotib olishni istashadi. Bunda ular ko’ngil ochish uchun har kuni ko’p mikdorda pul sarflashadi. SHu sababli bu xizmat turini takomillashtirish turistlarga qo’layliklarni keltirib chiqaradi.
Axborot xizmati ham turistik resurslardan unumli foydalanish uchun juda zarurdir. Turist sayohatga tayyorlanayotganda, hamda sayohat vaqtida o’zi boradigan joy haqida, o’sha mamlakat yoki boradigan hududning qonun-qoidalari, odatlari, mehmondo’stligi haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarga, shuningdek, o’sha joyning xaritasiga, transport magistrallari sxemasiga muxtoj bo’ladi. Sayohat va turistlarning sarguzashtlari haqidagi ma’lumotlar ommabop va maxsus adabiyotlar ko’rinishida chop etiladi va bu holat turistlarni sayohat qilishga chorlaydi. Turizmda bo’lajak turistlarga bepul tarqatiladigan axborotlarni rang-barang ko’rinishida chop etishga e’tibor qaratish lozim. Bunda turistlar va turizm xizmatlari uchun axborot CD ROM disklarini chop etish katta samara beradi.
Nazorat savollari:
1. Turistik resurslardan foydalanishga ta’sir etuvchi omillarni tahlil etishning ahamiyati nimada.
2.Barqaror omillarning xususiyatlarini ayting.
3. O’zgaruvchan omillar va ularni turlarini izohlang.
4. Turizm industriyasiga tushuncha bering.
5. Turizm infrastrukturasiga tushuncha bering.