Turizm industriyasi
Tashqi omillar
|
|
Ichki soha omillari
|
|
|
|
|
Siyosat va huquq
|
|
Turistik mahsulotlarning mukammalligi
|
|
|
|
Sayyohat xavfsizligi
|
|
Turoperatorlik mahsulotlari va xizmatlarining rivojlanganligi
|
|
|
|
Iqtisodiyot va moliyalashtirish
|
|
Turagentlik tarmoqlarining holati
|
|
|
|
Madaniyat
|
|
Informasion texnologiyalarning rivojlanganligi
|
|
|
|
Ijtimoiy-demografik o’zgarish
|
|
Mehnat resurslaridan foydalanish
|
|
|
|
Transport va infratuzilmaning holati
|
|
Marketing
|
|
|
|
Savdoni rivojlanishi
|
|
|
|
|
|
YAngi texnologiyalar
|
|
|
YUqorida qayd qilingan barcha omillar turizmni shakllanishi va rivojlanishiga o’z ta’siriga ega. SHuning uchun bu omillarni tahlil qilish, ularning qaysi birlari asosiy ahamiyatga ega ekanligini aniqlab ish yuritish, o’z navbatida turistik resurslardan samarali foydalanishimizga olib keladi.
Tashqi va ichki omillar. Mintaqaviy turizmni rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
Jahon bo’yicha xalqaro turizmni rivojlanishi mintaqalar bo’yicha bir xil taqsimlanmagan. Albatta, bu o’sha mintaqaning turistik-rekreasion resurslarga qanchalik ega ekanligiga, undan tashqari turizm infratuzilmasi va industriyasi shakllanishi uchun shart- sharoitning qanchalik qulayligiga ham bog’liqdir.
jadval - 3
O’zbekistonda turistik resurslarga bo’lgan talab va undanfoydalanish.
Resurslar
|
Mahalliy sayohatchilar talabi
|
Xorijiy sayohatchilarning talabi
|
Resurs salohiyati
|
Foydalanish darajasi
|
Rekreasiya va ekologik turizm resurslari
|
past
|
Yuqori
|
o’rta
|
past
|
Madaniy va etnografik turizm resurslari
|
o’rta
|
Yuqori
|
yuqori
|
past
|
Tarixiy, me’moriy va arxeologik tanishuv resurslari
|
o’rta
|
Yuqori
|
yuqori
|
o’rta
|
Diniy turizm resurslari
|
yuqori
|
o’rta
|
yuqori
|
o’rta
|
Ekzotik muhit va har xil sarguzasht resurslari
|
past
|
o’rta
|
o’rta
|
past
|
Servis sifati
|
past
|
Yuqori
|
past
|
past
|
Turistik resurslar asosiy tuzilishiga ko’ra qo’yidagicha tavsiflanadi:
jozibadorligi, ko’rkamligi;
iqlimiy sharoiti;
borish mumkinligi;
ekskursion ahamiyati;
manzarali tuzilishi;
ijtimoiy – demografik tarkibi;
qayta ishlab chiqarish darajasi;
foydalanishga qodirligi;
noyobligi va boshqalar.
YUqori jadvaldan ko’rish mumkinki, mamlakatimiz turistik resurslariga bo’lgan talab yuqoridir. SHu sababdan kelib chiqib, turistik resurslardan foydalanishga ta’sir etuvchi omillarni har jihatdan tahlil etish o’ta muhimdir. Turizmni rivojlanishiga turli omillar ta’sir ko’rsatadi. Asosiy omillarni ikki guruhga bo’lish mumkin. Bular, barqaror va o’zgaruvchan omillar.
4.4.Turizm infrastrukturasi
Turizmning hozirgi holatini baholar ekanmiz, shuni qayd etish muhimki, O’zbekistonda infratuzilmaning rivojlanish darajasi chet ellik turistlarning ehtiyojlarini to’liq qondira olmayapti. Infratuzilma yetarlicha rivojlanmagan taqdirda turistlar oqimini ko’paytirish va shunga mos ravishda valyuta tushumini ko’paytirish mumkin emas. Bundan kelib chiqqan holda infratuzilmaning ahvoli turizmning rivojlanishi va mamlakat imidjini shakllantirishga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Avvalo, shuni alohida qayd etish lozimki, O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishmaguncha turizmga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Respublikaning turistik salohiyati to’g’risda ob’ektiv ma’lumotlar va reklama umuman bo’lmagan. Turistik imkoniyatlar sobiq strukturalarning tor manfaatlari orqali bir tomonlama yoritilgan. Natijada turizm, xizmat ko’rsatish va ko’ngilocharlik infratuzilmasi rivojlanmagan, turistlarga xizmat ko’rsatish darajasi past bo’lib, jaxonning yetakchi turistik korxonalari bilan aloqalar ko’ngildagidek emas. O’zbekiston hududida turizm infratuzilmasi bir tekisda taqsimlanmagan. Toshkent shahri va viloyatida respublika turizm salohiyatining 36 % qismi jamlangan. Yirik infratuzilma salohiyatiga to’rt viloyat (Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm) va Toshkent shahri ega, Farg’ona vodiysi 19 % turizm infratuzilmasiga ega.
Mintaqada turizmni rivojlantirish uchun mavjud turistik resurslardan samarali foydalanishni ta’minlashga erishishimiz kerak. Bunda mintaqaning turizm infratuzilmasini talab darajasida rivojlantirish asosiy o’rinni egallaydi.
Turizm infratuzilmasi deganda – turistlarning turistik resurslaridan foydalanishni ta’minlovchi binolar tizimi, muhandislik va kommunikasiya tarmoqlari, shu jumladan, yo’llar, turizmning xilma-xil korxonalari hamda turizm korxonalarining ishlatilishini ta’minlashga imkon yaratilishi tushuniladi. Bu avtomobil va temir yo’llar, yo’l harakatini, havo yo’llarini, dengiz va daryo yo’llari harakatini tartibga soluvchi tizimlar, issiqlik, elektr va telefon aloqalari bilan ta’minlash va boshqalardir.
chizma - 3
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida “Turizm to’g’risida”gi qonun, hamda 2006-2010 yilgacha O’zbekistonda turizmni rivojlantirish bo’yicha davlat dasturi to’g’risida qator me’yoriy hujjatlar turistik infratuzilmalarni rivojlanitirish uchun kuchli turtki bo’ldi. Respublikamizda 20 dan ziyod turistik yo’nalishlar chet ellik turistlarni o’ziga jalb etib kelmoqda. Bu yo’nalishlar asosan YUNYeSKO tomonidan ishlab chiqilgan madaniy tanishuvlar dasturi asosida tayyorlangan bo’lib, O’zbekiston Markaziy Osiyodagi muvofiqlashtiruvchi markazlardan biri sifatida ko’rsatilgan.
O’zbekistonda turizm infratuzilmasining rivojlantirishda barcha infrastruktura ob’ektlarini jahon andozalariga yetkazib, turistlar talabini qondirish kerak. Buning uchun turizm infrastrukturasining tarkibiy qismlari mehmonxona, transport, oziq-ovqat, dam olish, davolash va boshqa ko’ngil ochar xizmatlarni yuqori darajada ko’tarishimiz lozim.
Turistik resurslardan samarali foydalanishda transport tuzilmasining hissasi katta. O’zbekistonda turizmning rivojlanishiga «O’zbekiston Havo Yo’llari» milliy aviakompaniyasining ham hissasi qo’shilmoqda. Hozirga kunda milliy aviakompaniyamiz tasarrufida 12 ta aeroport mavjud bo’lib, ulardan beshtasi — Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch va Termiz aeroportlari xalqaro maqomga ega.
Toshkent aeroporti 2001 yilda qayta ta’mirdan chiqarilgan bo’lib, unda soatiga 1000 yulovchiga xizmat ko’rsatish imkoniyati paydo bo’ldi. Har yili Toshkent aeroporti xizmatlaridan 2 million kishi foydalanadi. Toshkent aeroportida yulovchilar qulayligi uchun keng va qulay mebellar bilan jixozlangan kutish maydonlari, kuni bo’yi ishlovchi pasport, bojxona, chegara nazorati xizmatlari, ma’lumotxona, yuklarni konveyerda tashish xizmatlari, xalqaro telefon, chiptalarni sotib olish va bandlash kassalari, Duty—free do’konlari, restoranlar, barlar, tamaddixonalar, valyuta ayirboshlash punktlari, o’ta nufuzli mehmonlarga xizmat kursatish VIP maydoni, qulayligi oshirilgan SIR maydoni kabilar tashkil etilgan. Toshkent aeroportida dunyoda ishlab chiqarilayotgan barcha samolyot turlarini qabul qilish mumkin.
Samarqand aeroporti soatiga 400 yulovchiga xizmat ko’rsata oladi. Samarqanddan Toshkent, Moskva, Sankt-Peterburg, Simferopol, Qozon shaharlariga, shuningdek, YAponiya va Yevropa mamlakatlariga yetib borish mumkin. Aeroportda VIP — va CIP — maydonlari, kutish maydonlari, ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, aviakassalar, pochta xizmati xonasi, xalqaro va shaharlaro telefon xizmati, barlar, restoran, valyuta ayirboshlash shohobchasi bor, yangi «Duty—free» do’koni ochilishi ustida ish olib borilmoqda.
YAngi Buxoro aeroporti 1997 yilda ishga tushirilib, xalqaro maqomga 1999 yilda erishgan, soatiga 150 yo’lovchiga xizmat ko’rsatadi. Unda keng kutish maydoni, bufetlar, dukonlar, tibbiyot punkti, yuklarni saqlash xonasi, milliy an’analarda bezatilgan VIP— va CIP— maydonlari mavjud. Buxoro aeroportidan Toshkent, Moskva, Sankt-Peterburg shaharlariga, shuningdek MDH mamlakatlari va boshqa davlatlarga uchish mumkin.
YAngi Urganch aeroporti soatiga 300 yulovchiga xizmat ko’rsatadi. Unda kutish maydoni, tibbiyot punkti, barlar, kafe, valyuta ayirboshlash shohobchasi, suvenirlar do’koni mavjud, aeroportdan Toshkent, Moskva shaharlariga va dunyoning boshqa mamlakatlariga uchib borish mumkin.
O’zbekiston turizmining rivojlanishiga «O’zbekiston temir yo’llari» davlat hissadorlik temiryul kompaniyasi ham o’zining hissasini qo’shmoqda. Bu tashkilot 1994 yilning 7 noyabrida tashkil etilgan bo’lib, O’zbekiston hududi bo’ylab 4000 kilometrga yaqin uzunlikdagi temir yullarga ega. Tashkilot tomonidan Toshkent-Samarqand orasida shinam tezyurar poezd qatnashining tashkil etilishi turistlar uchun katta qulayliklar yaratib berdi. Tashkilot tomonidan Samarqanddan Surxondaryo viloyatiga o’tuvchi temir yul tizimi takomillashtirilmoqda, bu ham turistlarni harakatlanishini yengillashtiradi. SHuningdek, mustaqil O’zbekiston asosiy tarmog’i bo’lib hisoblangan xalqaro Traseka loyihasi asosida Toshkentdan Farg’ona vodiysi orqali qo’shni mamlakatlarga chiqib ketuvchi temir yo’lning qurilishi ham O’zbekistonga keluvchi xalqaro turistik oqimini orttirishi mumkin. Keyingi yillarda barpo etilgan, umumiy uzunligi 633 kilometrni tashkil qiladigan Navoiy – Nukus, 233 kilometrlik Toshguzar – Boysun – Qumqo’rg’on temir yo’l magistrallari, Qamchiq dovoni orqali o’tadigan tezkor avtomobil yo’lining ham chekka hududlardagi turistik resurslardan foydalanishga imkon beradi.. Bu yo’llar mamlakatimizning barcha hududlarini yagona transport tarmog’iga ishonchli tarzda birlashtirib, turizm infrotuzilmasini rivojlantirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Turistik resurslardan samarali foydalanishni ta’minlashga mexmonxona xizmatlarini rivojlantirish asosiy o’rinni egallaydi. Mexmonxona xizmatlarining sifatini boshqarish masalalarini xal qilishda mexmonxona korxonalarini shinamlik darajasiga karab tasniflash katta rol uynaydi. Bundan tashqari, xodimlarga va ularning tayyorgarligi: ma’lumoti, malakasi, yoshi, sog’ligi, chet tillarni bilishi, tashqi ko’rinishiga ham bir qancha talablar qo’yiladi. Mamlakatimizda hozirgi kunda ko’plab mehmonxonalar qurilmoqda. Ayniqsa xususiy turistik mehmonxonalar soni oshib borayapti, jumladan Samarqand viloyatida hozirgi kunda 50 ta zamonaviy va milliy uslubda qurilgan mehmonxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. 2007 yil mobaynida zamonaviy va milliy uslubda qurilgan 10ta mehmonxona ishga tushirilib, mehmonxonalarni qabul qilish quvvati yana 320 o’ringa kupaydi. Bu yerda asosiy o’rinni sifatli xizmat ko’rsatishni ta’minlashdir.
Dostları ilə paylaş: |