Nazorat savollari:
1.Turistik resurslarning ijtimoiy mazmunini tushuntiring.
2. Turistik resurslarning jamiyatdagi o’rni nimada.
3. Turistik resurslarning iqtisodiy mazmuni tushuntiring.
4.Turistik resurslarning iqtisodiyotdagi ahamiyati.
5.O’zbekistonning ijtimoiy – iqtisodiy hayotida turistik
resurslarning ahamiyati nimada.
3 - mavzu. Mintaqaviy turizmdan foydalanishga ta’sir etuvchi
omillari.
Reja:
1. Barqaror va o‘zgaruvchi omillar.
2. Tabiiy iqlimiy, geografik, madaniy-tarixiy omillar. Siyosiy, ijtimoiy-deiografik, moliyaviy-iqtisodiy va texnikaviy omillar.
3. Tashqi va ichki omillar. Mintaqaviy turizmni rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
4. Turizm infrastrukturasi.
3.1. Barqaror va o‘zgaruvchi omillar
Barqaror (o’zgarmaydigan) omillar vaqt nuqtai nazardan kam o’zgarish xarakteriga ega. Bu omillarga tabiiy-iqlimiy, geografik, madaniy-tarixiy kabi omillar kiradi. SHular ichidan geografik omillarni tahlil etadigan bo’lsak, bu omillar sayyohlik marshrutlarini to’g’ri tanlash, trasportning qulayligi, rekreasiya resurslarining bahosi, turizmni mavsumga qarab rivojlantirish kabi jihatlarga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
O’z navbatida, geografik omillarni ikki guruhga bo’lish keng tus olgan. Bular:
tabiiy geografik omillar;
iqtisodiy geografik omillar.
Mintaqalarda xalqaro turizmni rivojlanishiga tabiiy sharoitning katta ta’siri bor. Hozirgi jamiyatimizning o’ta sanoatlashib borishi tufayli, insonlarning yovvoyi tabiatga bo’lgan qiziqishi ortib bormoqda. Tabiiy geografik omillar ko’pgina jihatlar bilan baholanadi. Quyida asosiylariga to’xtalib o’tamiz.
Iqlim, turizmni davriyligiga ta’sir ko’rsatib, ayrim sohil bo’yi dam olish joylari yil bo’yi issiq iqlimga ega ekanligi (misol tariqasida Mavrikiy orollarini ko’rsatish mumkin) tufayli, uzluksiz turistlar bilan gavjum bo’lishiga olib kelgan. Tabiiy iqlim sharoiti turizm harakatini mavsumiy xarakterga aylantiruvchi asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Tabiatda ob-havoning o’zgarishi, tabiiy ofatlarning tez-tez takrorlanish hodisalari, tabiat injiqliklari turistlar oqimining keskin kamayishiga sababchi bo’ladi. SHu sababli turizmning eng rivojlangan mintaqalari yer sharining mutadil iqlim zonalariga to’g’ri keladi. Jumladan, O’rtaer dengizi, Qora dengiz, Karib dengizi, Adriatika dengizi, Boltiq dengizi, YApon dengizi, Janubiy Xitoy dengizi qirg’oqlarida joylashgan mamlakatlarda turizm xalqaro ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |