Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida mintaqaviy turizmning ahamiyati



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə11/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

3. O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida mintaqaviy turizmning ahamiyati
O’zbekistonning qulay iqlim sharoitlari va o’ziga xos landshaftini inobatga olganda sport va ekologik turizmning rivojlanishi uchun barcha asoslar mavjud. Farg’ona vodiysi va Toshkent viloyati ajoyib tog’ tizimlari, gullagan vodiylar va ajoyib tog’ daryolariga boy. Tog’ning toza havosi, yil davomida quyoshli kunlarning ko’pligi, ajoyib tog’ manzaralari nafaqat O’zbekiston fuqarolarining, balki Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston kabi qo’shni mamlakatlarning aholisi ham tashrif buyuruvchi turizm ob’ektlariga aylanishiga imkon beradi. O’zbekiston hududida mineral suvlarning turli xil turlari keng tarqalgan, mamlakatdagi 300 dan ortiq shifobaxsh yer osti mineral suv manbalariga ko’plab odam tashrif buyuradi. Hozirgi kunda bu manbalardan 121 tasi faoliyat yuritmoqda. CHimyon va To’rtko’l kabi tog’ - chang’i sportini rivojlantirish mumkin bo’lgan bir qancha tog’ maskanlari mavjud. Baland qorli tog’lar alpinizm, speleoturizm, daryo turizmi kabi turli tog’ turizmi turlarini amalga oshirish imkonini beradi. SHifobaxsh giyohlarning ko’pligi turli xil ekologik turlar, turli giyohlar va o’simliklar yig’ish uchun turlarni tashkil etishga ikmoniyat yaratadi. Bu esa ko’plab chet ellik turistlar orasida qiziqish uyg’otadi. Turizmning hozirgi holatini baholar ekanmiz, shuni qayd etish muhimki, O’zbekistonda infratuzilmaning rivojlanish darajasi chet ellik turistlarning ehtiyojlarini to’liq qondira olmayapti. Infratuzilmaning rivojlanmaganligiga raqobat va takomillashishni rag’batlantirish imkonini bermagan avvalgi ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sababchi hisoblanadi. Infratuzilma yetarlicha rivojlanmagan taqdirda turistlar oqimini ko’paytirish va shunga mos ravishda valyuta tushumini ko’paytirish mumkin emas. Bundan kelib chiqqan holda infratuzilmaning ahvoli turizmning rivojlanishi va mamlakat imidjini shakllantirishga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Avvalo, shuni alohida qayd etish lozimki, O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishmaguncha turizmga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Respublikaning turistik salohiyati to’g’risda ob’ektiv ma’lumotlar va reklama umuman bo’lmagan. Turistik imkoniyatlar sobiq strukturalarning tor manfaatlari orqali bir tomonlama yoritilgan. Natijada turizm, xizmat ko’rsatish va ko’ngilocharlik infratuzilmasi rivojlanmagan, turistlarga xizmat ko’rsatish darajasi past bo’lib, jaxonning yetakchi turistik korxonalari bilan aloqalar ko’ngildagidek emas. O’zbekiston hududida turizm infratuzilmasi bir tekisda taqsimlanmagan. Toshkent shahri va viloyatida respublika turizm salohiyatining 36 % qismi jamlangan. Yirik infratuzilma salohiyatiga to’rt viloyat (Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm) va Toshkent shahri ega, Farg’ona vodiysi 19 % turizm infratuzilmasiga ega.
Turizmga faqat bo’sh vaqtida dam olish, uni faol o’tkazish usuli sifatida qaralishi ham uning o’ziga xos xususiyatlaridandir. Ko’p hollarda boshqa hududlarga sayr qilish, tomosha, o’rganish kabi holatlar odamlarni xizmat safariga jo’natganda ham sodir bo’lishi mumkin. Lekin bu yerda maqsad ma’lum ishni bitirishga qaratilganligi tufayli uni turizmga kiritib bo’lmaydi. Bunda bu narsaga urg’u berish kerakki, turizm bilan bog’liq tadbirlar odamlarning bo’sh vaqtida sodir bo’lishi lozim ekan. Xulosa qilib aytganda, odamlarimizning bo’sh vaqtini boshqa joyda o’tkazishi (pul topish maqsadidagi harakat bunga kirmaydi) turizmga kirar ekan.


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin