Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


“O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi”ning tashkil etilishi



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə7/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

3. “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi”ning tashkil etilishi.
Turizm sohasini rivojlantirish bugungi kunda respublikamizdagi asosiy ustuvor yo`nalish bo`lib hisoblanadi. Ushbu ustuvor yo`nalishni amalga oshirish bo`yicha 2016 yil 2 dekabrda qabul qilingan PF-4861 sonli “O`zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi va bu farmonning bajarilishi yuzasidan shu kunda PQ-2666-sonli “O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi Qarori qabul qilindi.3
Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida qabul qilingan ushbu Prezident qarorida quyidagi chora-tadbirlar va vazifalarni izchil amalga oshirish belgilab berildi.
Xususan, ushbu qo`mita faoliyatining asosiy vazifalari va yo`nalishlari qilib, quyidagilar yo`nalishlar belgilandi:
- turizm salohiyatini tubdan oshirish, unga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish;
- sohani rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va amalga oshirishni ta’minlash;
- turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlarini olib borish;
- tarixiy-madaniy merosni keng targ`ib qilish, faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirish;
- ichki, tashqi va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va uning monitoringi;
- turizm infratuzilmasini rivojlantirishga xorijiy investisiyalar va boshqa mablag`larni jalb etish;
- soha faoliyati rivojlanishini muvofiqlashtirish, mintaqalarda yangi turizm yo`nalishlarining tashkil etilishini ta’minlash;
- pasportlashtirish va yagona milliy reestrlarni shakllantirish;
- turizm xizmatlari ko`rsatish sifati va xavfsizligi standartlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;
- ular bo`yicha inspeksiya nazoratini amalga oshirish, sohani tartibga solishni maqbullashtirish va raqobatni rivojlantirish;
- to`siqlarni bartaraf etish bo`yicha takliflarni ishlab chiqish, sohada tadbirkorlik faolligini oshirishga ko`maklashish;
- axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish, turizm faoliyatini BMT Butunjahon turizm tashkiloti va boshqa xalqaro, milliy tashkilotlar, kompaniyalar bilan hamkorligini kengaytirish;
- xalqaro standart va normalarni amaliyotga joriy etish;
- soha xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni yuqori darajada tashkil etish hamda tarmoq turizm fanlarini rivojlantirishga ko`maklashish.
Qo`mita barcha majburiyat va shartnomalar, shu jumladan, xalqaro majburiyatlar va shartnomalar bo`yicha oldingi “O`zbekturizm” MKning huquqiy vorisi bo`lishi keltirilgan. Biroq, mehnat shartnomalari bular qatoriga kirmaydi.
SHuningdek, qo`mita tuzilmasida quyidagi sub’ektlarning tashkil etilishi keltirib o`tilgan:4
- mustaqil bo`limlar sifatida tugatilgan “O`zbekturizm” MK huzuridagi “Buyuk ipak yo`li reklama agentligi” davlat unitar korxonasi negizida “Milliy turizm mahsulotlarini targ`ibot qilish markazi” davlat unitar korxonasi;
- “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” unitar korxonasi negizida “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” davlat unitar korxonasi;
- “Dispetcherlashtirish va sayyohlarga xizmat ko`rsatish markaziy boshqarmasi” negizida “Dispetcherlashtirish va sayyohlarga xizmat ko`rsatish markazi” davlat unitar korxonasi.
SHu bilan birga, qo`mitaning tashkiliy tuzilmasi, markaziy apparatining tuzilmasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Farg`ona viloyatlari hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi, qo`mita to`g`risidagi nizom kabilarning qarordagi ilovalarga muvofiq tasdiqlanishi bayon etilgan.
Hamda quyidagi ish va vazifalarni amalga oshirish ko`rsatib o`tilgan:
- qo`mita hududiy boshqarmalarining rahbarlari Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan qo`mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanishi;
- davlat budjeti va qo`mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi mablag`lari va boshqa manbalarning qo`mita faoliyatini moliyalashtirish manbalari bo`lishi;
- qo`mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qo`llab-quvvatlash jamg`armasining yangidan tashkil etilishi;
- qo`mita vakolatlariga muvofiq, da’vo va arizalar bo`yicha davlat boji to`lashdan ozod qilinishi, qo`mitaning joylashgan manzili;
- uni zarur aloqa vositalari bilan ta’minlashga Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligining ko`maklashishi;
- hamda qabul qilingan qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar to`g`risida takliflar kiritish.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasida turizmni 2005 yilgacha rivojlantirish dasturi to`g`risidagi” 1999 yil 15 aprelidagi, “Turizmni rivojlantiish uchun malakali xodimlarni tayyorlash haqidagi” farmonlariga binoan 2000 yil 14 iyunda “O`zbekturizm” MK qoshida Respublika ilmiy-o`quv konsalting markazi tashkil etildi. Markaz tashkilotchisi hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi hisoblanadi.
Markazning asosiy vazifasi turizm sohasi bo`yicha malakali xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakalarini oshirish, turizm sohasini rivojlantirish bo`yicha ilmiy ishlarni qo`llab-quvvatlashdan iborat.
2004 yil 28 aprelida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekturizm” MK tomonidan markazning asosiy maqsadlari belgilandi. Ular qatoriga quyidagi vazifalar kiritilgan:
- O`zbekiston Respublikasida turizm sanoati va turizm chora-tadbirlarini o`tkazishga va sohani rivojlantirishga ko`maklashish;
- turizm sohasi uchun malakali xodimlarni tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakalarini oshirish;
- yurtimizga tashrif buyurgan sayyohlarni respublikamizning tarixiy yodgorliklari, madaniyati, jamoatchilik va siyosiy hayoti to`g`risida ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash.
SHu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi respublika ilmiy-o`quv konsalting markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:5
- “O`zbekturizm” Milliy Kompaniyasining tuzilmaviy bo`linmalarida xizmat ko`rsatuvchi xodimlariga konsultasiya berish va ularni attestasiyadan o`tkazishni tashkil qilish;
- turizm sohasida xizmat ko`rsatuvchi xodimlar va gid-ekskursovodlar, turizm korxonalari rahbarlari uchun har yil seminar-treninglar o`tkazish;
- belgilangan tartibda o`z turistik firmalarini ochmoqchi bo`lgan korxonalarga sohaviy konsultasiya berish;
- turizm bo`yicha faoliyat ko`rsatayotgan tashkilotlarni zamonaviy o`quv uslublari va darsliklari bilan o`qitishni ta’minlovchi materiallarni ishlab chiqish;
- milliy an’analar va urf odatlar, yangi turistik ob’ektlar bo`yicha tavsiyanomalar va ishlanmalar tashkillashtirish;
- gid-ekskursovodlarning portfeli uchun broshyuralar, bukletlar, zaruriy metodik adabiyotlar va ekskursion matnlar ishlab chiqish;
- yirik turistik kompaniyalar, mehmonxonalar, restoranlar, xorijiy hamkorlar va investorlar bilan birga amaliy seminarlar tashkil qilish;
- respublika tarixiy-madaniy salohiyatidan maksimal foydalangan holda mashrutlar va ekskursiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
- respublika ekskursovodlari va gid-tarjimonlari bankini shakllantirish va uni muntazam yangilab turish;
- sayyohlarga xizmat ko`rsatish darajasini oshirish bo`yicha dasturlar va ishlanmalarni yaratish va amalga tadbiq etish;
- xalqaro turizm sohasida xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar bilan fikr almashish va ma’lumot olish;
- kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish.
Markaz quyidagi yo`nalishlar bo`yicha mutaxassislarni tayyorlaydi:
- gid (ekskursovod);
- turoperator;
- mehmonxona administratori.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash qo`yidagi toifalarda amalga oshirildi:
- “O`zbekturizm” MK tizimidagi barcha bo`linmalar rahbarlari;
- turizm sohasida, mehmonxona, restoranda faoliyat ko`rsatuvchi rahbarlar;
- gidlar (ekskursovlar);
- turizm sohasida faoliyat ko`rsatuvchi bosh hisobchilar, iqtisodchilar;
- avtotransport muassasalari rahbarlari va xodimlari;
- temir yo`l transporti bo`yicha faoliyat yurituvchi ishchi xodimlari.
SHularni hisobga olib, qo`mita soha xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni yuqori darajada tashkil etish hamda tarmoq turizm fanlarini rivojlantirishga ko`maklashish maqsadida ilgarigi ilmiy-o`quv konsalting markazi turizm sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziga aylantirildi.
CHunki, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning kasb bilimlari va ko`nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratilgan. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalaridagi o`qish natijalariga ko`ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikat topshiriladi.
Xususan, hozirgi kunga kelib, oldingi “O`zbekturizm” milliy kompaniyasining respublika ilmiy-o`quv konsalting markazida yetuk mutaxassislar tayyorlandi. CHunki, sayohat dasturining qiziqarli o`tishi, mehmonlarda mamlakat tarixi, ma’naviy-madaniy boyligi, betakror me’moriy obidalari, xalqining urf-odatlari va qadriyatlari haqida tasavvur shakllanishi ularning o`z kasbini nechog`li o`zlashtirgani bilan bevosita bog`liq.
Markaz tashabbusi bilan sayyohlik korxonalari rahbarlari va turizm sohasida faoliyat ko`rsatuvchi gidlar uchun treninglar o`tkazildi. O`z sayyohlik firmasini ochayotgan tadbirkorlarga maslahat xizmati ko`rsatiladi. Markaz tomonidan sayyohlik tashkilotlari xodimlarini turistik biznesni tashkil etish va boshqarishning zamonaviy shakl va uslublariga o`rgatish bo`yicha yangi uslubiy tavsiya va qo`llanmalar ishlab chiqilda.
Ayniqsa, gidlarning malakasini oshirish maqsadida yirik sayyohlik kompaniyalari, mehmonxonalar, restoranlar, xorijiy sheriklar va investorlar bilan hamkorlikda amaliy seminarlar tashkil etildi.
Darhaqiqat, xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni ilgarigi “O`zbekturizm” milliy kompaniyasiga qarashli respublika ilmiy-o`quv konsalting markazi amalga oshirdi. Jumladan, markaz tomonidan 2005 yilda 51 nafar gid, 201 nafar gid-tarjimon va 90 nafar turistik operator tayyorlandi. 140 nafar mutaxassisga malaka oshirish o`quv mashg`ulotlari va 190 nafar xodimga seminar-trening uyushtirildi. Bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlar va ishlarning barchasi O`zbekistonda turizmning keng avj olishi uchun yordam berdi.
SHular bilan bir qatorda, oldingi yillarda ushbu markazda “O`zbekturizm” MK tizimidagi turistik firmalar va mehmonxonalar uchun 400 ta seminar-treninglar o`tkazildi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi ichki turizmini tashkillashtirish bo`yicha 2 ta ilmiy-amaliy konferensiya o`tkazildi, turoperatorlik va mehmonxona faoliyati bo`yicha uslubiy qo`llanma ishlab chiqarildi. Buyuk Ipak yo`li shaharlarining qadimiy yodgorliklari bo`yicha uslubiy qo`llanmalar ishlab chiqildi.
Ayniqsa, gid-tarjimonlar va turoperatorlar kurslarida ta’lim olayotganlarni o`quv materiallari va elektron qo`llanmalar bilan ta’minlash eng ustuvor yo`nalish hisoblanadi.
Professional bilimlar, zamonaviy standartlari bilim va ko`nikmalariga ega bo`lgan mehnat bozori talablariga muvofiq keluvchi mutaxassislarni kompleks tayyorlashga qaratilgan o`quv rejalari va dasturlar ham ishlab chiqilgan.
Dasturlarda tinglovchilar uchun nazariy bilimlar bilan birga amaliy mashg`ulotlar ham olib boriladi. Markaz ta’limining yillik ko`lami 6 o`quv soatida 36 soatgacha olib boriladi. Ta’lim seminarlar, leksiyalar va treninglar ko`rinishida bo`ladi. Hamda interfaol uslublardan keng foydalanib, vaziyatni modellash, o`yinlari, muhokamalar uslubi targ`ib etiladi.
Markazda malakali o`qituvchilar faoliyat ko`rsatib, ularda ko`pchiligi O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining a’zolari bo`lib, ilmiy daraja va salohiyatga ega. Markazda ta’lim berish uchun boshqa vazirlik va idoralardan turizm sohasida yuksak tajribaga yega bo`lgan mutaxassis va xodimlar ham jalb qilinadi.
Markazning barcha o`quv auditoriyalari va xonalari, eshitish kabinetlari texnik asbob-uskunalar bilan ta’minlangan. Markaz yonida tashkil qilingan Axborot markazida turizm sohasiga oid adabiyotlar va o`quv qo`llanmalar mavjud.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin