Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Mintaqaviy turizm fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə5/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Mintaqaviy turizm fanining maqsadi va vazifalari
Hozirgi davrda iqtisodiyotimizni rivojlantirish, aholini ijtimoiy – iqtisodiy ahvolini yaxshilashda yangi ish o’rinlarini ochish katta ahamiyatga ega. SHuning uchun qaysi tarmoqlarda yangi ish o’rinlari ochish imkoniyati bo’lsa, undan samarali foydalanish lozim. Bugungi kunda turizm jahondagi eng ko’p foyda keltiruvchi biznes ko’rinishlaridan biriga aylangan. U bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi bo’lib, dunyoning ko’pgina mamlakatlarida tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan tarmoqqa aylandi. Turizm sohasi jahon xo’jaligining transport, aloqa, savdo-sotiq, qurilish industriyasi, qishloq xo’jaligi, iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari bilan chambarchas holda rivojlanib, jahon iqtisodiyotida o’z o’rniga ega bo’lmoqda. Iqtisodiyotimizda turistik resurslardan samarali foydalanishda sohada yangi ish o’rinlari ochish katta ahamiyatga ega.
Har bir hududda turizm shakllanar ekan, bu hududda turizm faoliyatida foydalanilayotgan turistik resurslar mavjud bo’ladi. Bu resurslarni turizmni tashkil etish asosi desak bo’ladi. Lekin, har bir hududning resurs salohiyati resurslarning miqdor va sifat jihatiga ko’ra farq qiladi. SHu sababli turistik resurslarni har jihatdan o’rganish, baholash, umuman olganda turizm faoliyatida foydalanish imkoniyatlarini, tahlil etish ma’lum mintaqada turizmni rivojlantirish istiqbolini belgilaydi. YUqoridagi mulohazalardan kelib chiqib bu fanning maqsadi mamlkatimizning turizm salohiyatini belgilash nuqtai nazaridan turistik resurslarimizni har taraflama o’rganib chiqishdir. SHu jihatdan kelib chiqib turizm faoliyatida turistik resurslardan samarali foydalanish, uni iqtisodiy asoslarini yaratish bu fanning asosiy vazifasidir. Undan tashqari, Vatanimizning kelajagi hisoblangan yoshlar ongida Milliy merosimizga, jumladan, madaniy-tariziy, tabiiy yodgorliklar va milliy an’analarimizga bo’lgan munosabatni shakllantirish fanning asosiy maqsadidir. Xalqimiz milliy boyligimiz hisoblangan turistik ob’ektlarimizni, tabiatimizni qanchalik asrab-avaylasa, shunchalik mamlakatimizda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari oshib boradi. Fanning vazifasi - turistik resurslar haqida tushuncha berish, turistik resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini o’rganish, O’zbekistonning turistik resurslarini mintaqalar bo’yicha joylanishi, turistik rayonlashtirish hamda, mamlakatimiz turistik resurslarini muhofaza qilish tadbirlari to’g’risida talabalarda tasavvur hosil qilishdir.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin