1-Mavzu. Mintaqaviy turizm fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Reja: “Mintaqaviy turizm” fanining maqsad va vazifalari. Fanning predmeti va mazmuni.
Mustaqillikka erishgandan keyingi O‘zbekiston hukumatining turizm sohasiga e’tibor qaratishi.
“O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi”ning tashkil etilishi.
O‘zbekiston milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda turizmning roli.
“Mintaqaviy turizm” fanining maqsad va vazifalari. Fanning predmeti va mazmuni.
Fanni maqsadi – talabalarning O‘zbekiston mintaqasida joylashgan turistik resurslar turlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish, hamda ulardan turizm maqsadida samarali foydalanish bo‘yicha bilimlar bilan ta’minlash.
Fanning asosiy vazifalari – mintaqaviy turizm haqida tushuncha berish. Ushbu turistik resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish, turistik resurslarni mintaqalar bo‘yicha joylanishi, turistik resurslarni guruhlarga bo‘lish haqida talabalarga tushuncha berishdir.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi.
milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda mintaqa turistik resurslaridan samarali foydalanishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
turistik mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholay olish;
O‘zbekistonning turistik resurslarini joylashgan mintaqasi doirasida ulardan foydalanish istiqbollarini baholay olish;
turistik resurslardan foydalanish infratuzilmalarini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularning ijrosini ta’minlay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
turizmni mintaqalar bo‘yicha rivojlantirishning dastlabki dasturini tayyorlay olish;
jahon va O‘zbekistonning turizm mintaqalaridagi turistik resurslari holatini baholay olish malakalariga ega bo‘lishi kerak.