Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi
Mintaqaviy turizm fanining predmeti va mazmuni. Ma’lumki, jahon turizmi bugungi kunda iqtisodiyot sohalari ichida daromad keltirishi bo’yicha eng yuqori o’rinlardan birini egallaydi, mehnatga layoqatli aholini ish bilan banlligini ta’minlab, ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarini yuqori bo’lishini taqazo etadi va shu jihatdan ham u har doim barqaror rivojlanishga moyil. SHuning uchun ham turizm sohasi jadal rivojlanayotgan mamlakatlar, birinchi navbatda, bu sohani harakatga keltiruvchi mavjud turistik resurslardan samarali foydalanish yo’llarini qidirmokda va uni barqaror rivojlanish jarayonlariga e’tiborini qaratishmokda. SHuning hisobiga u yoki bu mamlakatga turist sifatida tashrif buyuruvchilar soni yildan – yilga ko’payib bormoqda. Va bu jarayon har doim o’zining ob’ektiv va sub’ektiv rivojlanish qonuniyatiga ega bo’lib, undan maqsadli foydalanish lozim bo’ladi. Bunga amal qilgan ko’pgina mamlakatlarda turizmning rivojlanishi yuqori samara berib kelmokda.
Mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab, O’zbekistonda ham turizmni shakllantirish va qaror toptirishga katta ahamiyat berilib, bu jarayonda turistik resurslardan, ayniqsa mintaqa xududlarida mavjud bo’lgan salohiyatdan samarali foydalanish yo’l – yo’riqlari qidirilmoqda va uning imkoniyatlari o’rganilmokda.
Turizm ham respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi, sanoat, transport va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o’zining munosib o’rniga ega bo’lishi uchun yetarlicha resurslarga ega. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari ichida yetakchi hisoblanadi. Respublikamiz tarixiy, arxeologik, arxitektura, san’at, musiqa va boshqa turistik resurslarga boy hisoblanadi. Bundan tashqari mamlakatimizning betakror tabiati, tog’ va tekislik, daryolari, cho’l va vaholari, ko’p va turli landshaft zonalari asosiy rekreasiya resurslaridir. Mamlakatimizda yosh tarmoq hisoblangan turizm, kundan kunga rivojlanmoqda. Bu esa, ko’pgina ish o’rinlari ochish imkoniyati mavjudligini bildiradi.
O’zbekistonda tarixiy – madaniy, arxitektura, arxeologiya ahamiyatidagi 7 mingdan ortiq ob’ektlar mavjud. Ekspert B. To’raev fikricha ulardan 545 tasi – arxitektura, 578 tasi – tarixiy, 1457 tasi – san’at yodgorliklari va 5500 dan ortig’i arxeologik ahamiyatiga jalb etilgan. 200 dan ortiq ob’ektlar ta’mirlanmoqda, 500 tasi esa ta’mirlanishga muhtoj. Ko’p mamlakatlar tajribasiga ko’ra, ta’mirlanish jarayonini o’zi turistlar uchun qiziqarli hisoblanadi. Undan tashqari respublikamizda 300 dan ortiq mezeylar, 1200 ta xalq ijodiyoti tashkilotlari mavjud. Turistik ob’ektlari miqdori bo’yicha Toshkentda -144 ta, Samarqandda – 118 ta, Buxoroda -201 ta, Xiva -310 tani tashkil etadi. Ammo asosiy turistik resurslarimizdan turizm maqsadida foydalanish tashkil etilmagan. SHu sababdan milliy madaniy va tabiiy merosimizni turizm faoliyati maqsadida har jihatdan o’rganish va muhofaza etish o’ta muhimdir. YUNYeSKOning «Butunjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish» konvensiyasida har bir davlat o’z hududidagi madaniy va tabiiy merosini muhofaza etishi, uni targ’ibot etishi, bunda o’zining samarali siyosatini olib borishi lozimligi ta’kidlanadi.
O’zbekistonning turistik resurslar fanining ob’ekti sifatida mamlakatimizdagi barcha turizm faoliyatida foydalanish mumkin bo’lgan turizm ob’ektlari hisoblanadi.
Mamlakatimizning betakror tabiat go’shalari, ya’ni tog’ vodiylari, cho’lu-dashtlari, boy madaniy-tarixiy merosi, ajoyib tarixiy arxitektura yodgorliklari, urf-odatlari, milliy resurslarning bisyorligidan darak beradi.
Fanning ob’ektidan kelib chiqib, mazkur fanning predmeti kelib chiqadi. Bu fanning predmeti turistik resurslarni, turlari va mohiyatini, ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, hudud bo’yicha joylanish xususiyatlarini, milliy iqtisodiyotda samarali foydalanishni, ekologik-iqtisodiy xususiyatlarini, turizm faoliyatida foydalanish va muhofaza qilishni o’rganishdan kelib chiqadi.