Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Samarqand turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə66/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Samarqand turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni.

Samarqand turistik mintaqasi o’zining go’zal tabiati, o’simlik va hayvonat dunyosi bilan ham mamlakatimizning boshqa mintaqalaridan alohida ajralib turadi. Viloyatimizga tashrif buyuradigan sayyohlarni tarixiy arxitektura-qurilish inshoatlari, qadimiy obidalardan tashqari ming yillik tarixga ega bo’lgan chinorlar va boshqa yashil daraxtlar beqiyos ko’pdir. Viloyatning tog’, tog’oldi hududida joylashgan Omonqo’ton o’rmonzorlarida (maydoni 2188 gektar bo’lib, 1887 yilda dastlabki ko’chatlar ekilgan) o’ziga xos tabiiy landshaft shakllari vujudga kelgan. Omonqo’ton hududining iqlimi va o’simlik dunyosining o’ziga xosligi bu joyda ko’plab dam olish zonalari, oromgohlar qurish imkonini beradi. Ammo sayyohlarga Omonqo’ton havzasidagi o’rmonzorlarni ko’rsatish uchun qo’lay shart-sharoitlar yaratish, maxsus yo’lakchalar qurish lozim bo’ladi. Viloyatning yana bir qator tumanlarida va qishloqlarida ming yillik davrga teng qadimiy noyob daraxtlar (archalar, chinorlar) hanuzgacha saqlanib qolgan. Ular qatoriga Urgut shahridagi yuqori Chor Chinor (1020 yillik), Kattaqo’rg’on tumani Qoradaryo qishlog’idagi chinor (565 yillik), Nurobod tumani Tim qishlog’idagi archa 1000 yillik, Jomboy tumani Xolvoyi qishlog’idagi ming yillik archalarni misol keltirish mumkin. Ayniqsa, Jomboy tumanida joylashgan Zarafshon daryosi qayirida joylashgan Zarafshon qo’riqxonasi betakror o’simlik va hayvonat dunyosining xilma-xilligi bilan alohida ajralib turadi va mavsumiy hamda qisqa muddatli sayyohlikni tashkil qilish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.
Viloyatning chala cho’l va cho’l hududlari ham esa o’ziga xos hayvonat va o’simlik dunyosiga ega. Ularda sudralib yuruvchilar turkumidan turli xil zaharli ilonlar, cho’l toshbaqalari, qushlardan to’rg’ay, qarchig’oy, sut emizuvchilardan sariq sassiq ko’zan, kabilar uchraydi. Mazkur hududlar o’simlik va hayvonat dunyosiga qiziquvchi ekoturizm ishqivozlari uchun yangi turistik marshrutlarni tashkil etishni talab qiladi.
Shuni ta’kidlash joizki, bozorlar bilan sayyohlarning tanishishi juda katta iqtisodiy va ijtimoiy geografik mazmun kasb etadi. Chunki, bozorlar, ayniqsa sharq bozorlari mintaqa va hududning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini, uning boyligi, ixtisoslashuvi, aholining milliy tarkibi, urf-odatlari, milliy qadriyatlari va an’analarini o’zida mujassamlashtiradi. Shunday ekan, tarixiy yodgorliklar, qabristonlar kabi bozorlar ham sayyohlar uchun juda muhim turistik obyekt bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham bozorlarning sanitariya holatlarini yuqori darajaga ko’tarish va uni doimo nazorat qilish shu kunning eng muhim muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Hozirgi kunda viloyatimizda turizm sohasida o’z yechimini kutayotgan bir qator muammolar borki, ularni bosqichma-bosqich hal etish kelajakda ushbu sohani mintaqa iqtisodiyotining yetakchi tarmog’iga aylantirishga xizmat qiladi. Chunonchi, Samarqand turizmini yuksaltirishda sayyohlar ayirboshlashni, turizm bozorini yaxshi yo’lga qo’yish eng muhim muammolardan hisoblanadi.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin