Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə64/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

2.Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari.

Mazkur turistik rayonda turizm infratuzilmasi boshqa rayonlarga nisbatan ancha rivojlangan. Xususan, Toshkent shahri va Toshkent viloyati tog’oldi mintaqalaridagi turistik obyektlarda mehmonxona va dam olish maskanlarida turistlarga xizmat ko’rsatish darajasi yildan – yilga yaxshilanmoqda. Bu albatta yuqori darajada urbanizasiyalashgan hudud uchun ayniqsa muhimdir.


Toshkent shahrini 2007 yil «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilinishi natijasida poytaxtimizning dovrug’i yanada oshdi vash u bilan birga hukumatimiz tashabbusi bilan ko’pgina qadimiy yodgorliklar qayta ta’mirlanib o’z jozibadorligini yanada oshirdi. Bu shundan dalolat beradiki, mazkur turistik rayonda turizmni rivojlanishi istiqbollari yana ham kengayib boradi.


3. Mintaqaning turistik resurslari salohiyati.

O’zbekiston turistik rayonlardagi turistik resurslar salohiyati keng imkoniyatlarga ega. Toshkent turistik rayonda xalqaro ekologik rezervat joylashgani uchun ham uning xuquqiy maqomi tabiatga ara-lashmaslik prinsipiga moslashgirilishi lozim. Undagi ekoturistik sayohatda vertolyot va samolyotlardan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Ekoturlar oldindan belgilab berilgan kichik yo’lakchalar orkali, kam sonli turistik guruhchalarga bo’lingan tarzda, yilning hayvonot olamini urchimaydigan va ko’paymaydigan davrlarida piyoda va otlarda aylanish maqsadga muvofikdir. Mazkur ekoturistik marshrutlarda mahalliy aholining xizmatidan atroflicha foydalanish ularni noekologik yo’naltirilgan turmush tarzini ijobiy tomonlarga o’zgartiradi.


Toshkent turistik rayonda Ko’kaldosh madrasasi, Kaffol Shoshiy maqbarasi, Hazrati Imom arxitektura majmuasi, Abulqosim madrasasi, Baroqxon madrasasi, Jome’ masjidi, Amir Temur muzeyi va xiyoboni, Mustaqillik maydoni, Xalqlar do’stligi maydoni, Jasorat monumenti, Xasti Imom maydoni, Tilla Shayx masjidi, Xadra maydoni, So’fi Ota maqbarasi mavjud.


14 - mavzu. Samarqand turistik mintaqasi.
Reja:
1. Samarqand: Barcha shaharlar qirolichasi.
2. Samarqand turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni.
3. Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari. Mintaqaning turistik resurslari salohiyati.
4. Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin