Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə69/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

2.Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari.
Shuni ta’kidlash joizki, Buxoro Markaziy Osiyoning boshqa shaharlaridan farqli o’laroq u o’zida takrorlanmas qadimiy sharqona shahar tuzilishi qiyofasini hanuzgacha saqlab kelmoqda. U O’rta Osiyo me’morchiligining ming yillik tarixini o’zida aks ettirgan chinakam yilnomadir. Shahardagi har bir tarixiy yodgorlik va obidalar o’z sukunatida olis o’tmish sirlarini saqlab qolgan. Buxoro shahri haqiqatda “Muzey shahar” maqomiga ega bo’lib, u diqqatga sazovar tarixiy yodgorliklar va obidalarga juda boy hisoblanadi. Buxoroi sharifga tashrif buyuruvchi har bir xorijiy sayyoh o’zini sayyohatini birinchi bo’lib, shaharning eng muhim tarixiy yodgorliklaridan biri Ark-qa’lasidan boshlaydi.
Ark-qa’la 2000 yillik tarixga ega. U sayyohlar qadami o’zilmaydigan turistik obyekt bo’lib hisoblanadi. Hozirgi kunda mavjud bo’lgan qurilish obyektlari XVII asr oxiri va XX asr boshlarida qurilgan. Ark-qa’la shaharning g’arbiy qismida qad ko’targan. Uning umumiy maydoni 3,16 gektar bo’lib, devorlarning uzunligi 790 metrdan ortadi. Ark-qa’la hududida juda katta binolar majmuasi joylashgan bo’lib, ulardan biri Childuxtaron masjidi hanuzgacha saqlanib qolgan. Qa’lada sayyohlarning e’tiborini jalb qiladigan yana bir narsa-bu qadimgi zindondir. Hozirgi Ark-qa’la hududida Buxoro viloyati tarixiy o’lkashunoslik muzeyi joylashgan. Qa’laning sharqiy qismi esa arxeologik yodgorlik sifatida saqlanib kelinmoqda.
Turistik rayondagi muhim xorijiy turistik obyektlar qatoriga Qizilqum cho’lini kiritish mumkin.U eng katta hududni egallab, viloyat turistik yo’nalishidagi eng uzoq masofali (450 km) marshrut hisoblanadi. Bu marshrut Qizilqum cho’li va Amudaryo qirg’oqlari bo’ylab o’tadi. Uni avtomobil vositasida sayr qilib o’tish o’zgacha zavq beradi.
Qizilqumda o’simlik va hayvonat dunyosini asl holida saqlab qolish maqsadida Buxoro viloyati hududida Qizilqum davlat qo’riqxonasi (1971 yil) tashkil etilgan. Viloyat hududida noyob ekzotik, yovvoyi hayvonlarni ko’paytiradigan «Jayron» ekomarkazi Qorako’l. Qoraqir-maydoni 300 kv.km; Dengizko’l Vardanzi Davlat tabiat yodgorliklari kabi maskanlar ekoturizm yanada rivojlantirishga juda katta imkoniyatlar yaratadi. Mazkur sayyohlik obyektlaridan biri Kogon va Qoraulbozor tumanlari hududida joylashgan.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin