Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə71/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

4.Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari.


Butun dunyoda va Respublikamizda bo`lgani kabi Navoiy viloyatida ham turizmning hudud iqtisodiyotiga ta'siri oshib bormoqda. Bunda albatta turizm faoliyati bilan shug`ullanuvchi firmalar, tashkilotlar, sayyohlik agentlarining o`rni beqiyos. Turistik xizmatni taqdim etuvchi tashkilotlar soni yildan-yilga oshib bormoqda.
Mamlakatimizda hozirgi kunda ham asosiy turistik tashkilot bo'lib «Uzbekturizm» Milliy kompaniyasi faoliyat ko'rsatmoqda. Uning tashkiliy tuzilmasida 17 ta korxona va 3 sho'ba korxonalar mavjud. Navoiy viloyati ham mavjud korxona va shubalar doirasida ish ko’radi.
Turizmdan tushayotgan daromadlarning aksariyat qismi mamlakatimizdagi kirib kelayotgan xorijiy mehmonlar hisobiga to`g`ri keladi.
Demak, mamlakatimizdagi kabi viloyatimizda ham turizmdan olinayotgan daromadlarni oshirish uchun qabul qilish turizimga jo`natish turizmidan kura ko`proq e'tibor berish kerakki, bu tarmoqning rivojlantirilishiga sarflanadigan harajatlar tezroq muddatlarda o`zlarini qoplash imkonini beradi.
Shunga e'tibor berish lozimki, xorijiy turistlarning o`lkamizga sarflayotgan mablag`larining o`sishi yangi xizmat turlarining ko'rsatilish hisobiga yuz berayotgani yo`q. 1997 yilda narxlar arzonlashtirilishi viloyatimizga keluvchi mehmonlar sonining sezilarli darajada o'sishiga olib keldi.
Tarixiy yodgorliklarni asli holida qanday bo’lgan bo’lsa huddi shunday qilib, milliy va sharqona dizayn uslublaridan foydalanib ta'mirlash kerak. Chunki qadimiy obidalarga boruvchilarni aynan uning qurilish arxitekturasi, bezaklari, ganj va naqshlarning tuzilishi qiziqtirishi tabiiy hol. Shuningdek, arxeologiya topilmalari, tarixiy buyum va ashyolarni muzey eksponatlari qatoriga qo`yish, zarur hollarda har bir turistik rayonlarda o'sha yerda yashovchi xalqning urf-odatlari, udumlarini, xayot tarzini madaniyatini ifodalovchi maxsus ko`rgazma zallarini tashkil etish, turistlar xordiq chiqarishi uchun trenajyor zallari, suv havzalari va boshqa sport inshootlarini qurish, turli yangidan-yangi xiyobon, bog`lar tashkil etish masalalari turizm tarmog`i oldida turgan ustivor vazifalar qatoridan o`rin olmog`i lozim. Shular qatorida Respublika miqyosida turistlar oqimini muntazam urganib borish va kelajagi bor turistik hudud, obida va maskanlarni topish,yangi noan'anaviy ishlab chiqarish hamda ularning amaldagi tadbirini ta'minlash kabi masalalarni o'z ichiga oladigan; shuningdek dunyo miqyosidagi iqtisodiy globallashuv talablaridan kelib chiqadigan va uning tamoyillarini inobatga oladigan, turizmda marketing usullarini shakllantirishga ko`maklashadigan axborot-texnologiya va ularga mos kommunikatsiya tizimlarini o'zida mujassamlashtirgan turizmning global axborot tarmog`ini yaratish ham asosiy vazifalar qatoriga kiradi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin