Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


R aboti malik karvonsaroyi (XI asr)



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə74/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

R aboti malik karvonsaroyi (XI asr) Raboti Malik karvonsaroyi Karmana-Buxoro yo’li bo’yi oralig`ida, XI asrning 70 yillarida qoraxoniylardan biri Shamsulmulk Nasr ibn Ibrohim tomonidan qurilgan bo’lib, XII asrning birinchi choragida Arslonxon Muhammad ibn Sulaymon (1102-1130 y.) tomonidan qayta ta'mirlangan.
Raboti Malik 90x90 metr o’lchamdagi keng chorsi hovli, to’rtala tomoni pishiq g’ishtdan baland qilib qurilgan ikki qavatli mehmonxonalardan iborat bo’lgan. Kirish darvozasining ikkala tomonida xonalar mavjud bo’lib, bular karvonsaroy xo’jayini va qorovullariga tegishli bo’lgan. Karvonsaroy ichida maishiy sohalarga doir xizmatlar faoliyat ko`rsatgan. Jumladan, mehmonxona, oshxona, sartaroshxona, omborxona, masjid, tosh hammom va boshqalar. Karvonsaroyga suv Sardobadan sopol quvurlar orqali keltirilgan. Sardoba va Karvonsaroy orasi 50 metrni tashkil etadi.
1999-2000 yillarda karvonsaroyning poydevori konservatsiyalandi. Uning poydevori 1 metr balandlikda pishiq g’ishtdan qaytadan terildi, kirish darvozasi peshtoqlari va devorlari ta'mirlandi, old devorlarining asl holini ko’rsatish uchun 3,5 metr balandlikda qaytadan tiklandi.
R aboti malik sardobasi (xi asr) Raboti Malik karvonsaroyidan 120 metr oraliqda janubiy-g`arb tomonda ichimlik suv manbai bo`lgan sardoba joylashgan. Uning – diametri 13 metrli, gumbaz ostidagi karvonsaroyga zamondosh bo’lgan Sardoba qurilgan. Sardoba hovuzining aylana devori yerdan 12 metr chuqurlikka qadar pishiq g’ishtdan qurilgan bo’lib, unda muzday toza suv butun yoz bo’yi saqlangan. XVI asrdagi mualliflardan biri Raboti Malik sardobasining suvini Makkadagi laziz Zam-zam suviga qiyoslaydi. Sardoba karvonsaroy kabi yolg’iz yo’lovchilar uchun ham butun boshli karvonlar uchun ham qo’nalg’a hisoblangan. Karvonsaroy o’zining dastlabki vazifasi bilan XVIII asrgacha xizmat qilib kelgan.
Unda Amir Temur va uning avlodlari, Buxoroda hukmronlik qilgan sulolalarning xonlari, elchilar, savdo karvonlari va sayyohlar qo’nib o’tgan. Hofizi Abro’ning ma'lumotiga ko’ra, Ulug’bek 1420 yilda ushbu mintaqalarda to’xtab 40 kun ov qilgan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bu yerda Rabot nomi bilan ma'lum qishloq ham shakllangan. 2004 yilda Sardoba qayta ta'mirlanib, atrofi devor bilan o’raldi.
Turizm sohasida Raboti Malik karvonsaroyi va sardobasi dunyo sayyohlarining e`tiborini tortmoqda.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin