Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Qosim shayx azizon honaqohi (xvi asr)



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə73/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Qosim shayx azizon honaqohi (xvi asr) XVI asrda Karmana bekligi ma'naviy hayotida o’chmas iz qoldirgan Qosim Shayx Azizonning hayoti va faoliyati ezgu va xayrli ishlarga qaratilgan edi. Buxoro hukmdori Abdullaxon II hazrat Qosim Shayxga bo’lgan ixlosi yuzasidan 1558 yilda Karmanada xonaqoh barpo ettirgan. Ushbu bunyodkorlik ishlarida Qosim Shayxning o`zlari ham qatnashgan va homiylik ko`rsatgan.
Xonaqoh taxminan o’n yil davomida qurilgan. Uning uch (shimol, janub va g’arb) tomoni kungurador qilib qurilgan va bezatilgan
Xonaqohning eni va bo’yi 25 metr o’lchamda bo’lib, ichida jami 6ta xona, o’rtada katta markaziy xona, qibla tarafda mehrob o’rnatilgan. Xonaqohning 4 burchagida taxminan 6x6 metr o’lchamdagi hujralar, sharq tomonida esa, 6x4 metr o’lchamdagi chillaxonaga qurilgan. Har bir xonaning tepa qismi gumbaz shaklida bo`lib, binoning ichi ganchkorlik asosida naqsh bilan bezatilgan, o’rtada yerdan balandligi 12 metr bo’lgan katta gumbaz va to’rt tomonida balandligi 8 metr bo’lgan gumbazlar mavjud. Xonaqoh devorining qalinligi 80 santimetr. Binoning tashqi ko’rinishidagi baland minora ustiga qurilgan gumbaz ajralib turadi. Minora bino tomidan taxminan 9 metr ko’tarilgan bo’lib, ichki va tashqi gumbazlar oralig`ida bo’shliq joy qoldirilgan. Bu bo`shliq havo yo’llari bo’lib, issiq va sovuq vaqtlarda bir xil mo`tadil haroratni saqlash uchun qiladi. Gumbaz tashqi tomonining tepa qismi moviy koshinlar bilan qoplangan. Undan pastda niliy rang bilan Kufiy usulida Qur'on oyatlaridan namunalar yozilgan. Xonaqohning sharqiy tomonida Qosim Shayx sag’anasi bor. Sag’ana marmar va Abdullaxon g’ishti bilan tiklangan, ayrim joylarda Qur'oni Karim oyatlari bitilgan. 1910-1911 yillarda Buxoro amiri Amir Abdulahadxonning vafotidan so`ng uning og`li Sayid Olimxon qabrini Qosim Shayx dahmasi yoniga unga monand qilib qurdirgan. Ikkinchi honaqoh Qosim Shayx honaqohidan 300 yil keyinroq qurilgan bo’lsada yaxlit bir-biriga monand ulkan bir yodgorlik majmuasi tashkil qilingan.
2001 yilda ushbu majmua to’la ta'mirlandi va bugungi kunda Navoiy viloyatidagi eng tarixiy va obod madaniy meros ob’ektlaridan biri sifatida qadrlanib, avaylab asralmoqda va foydalanilmoqda.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin