Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi
3.Mintaqaning turistik resurslari salohiyati. Buxoro turistik rayoni resurslari salohiyati ham juda keng masalan: Ark, bolo – Hovuz majmuasi, Ismoil Somoniy maqbarasi, Chashmai – Ayub, Abdulloxon madrasasi, Modari – Xon madrsasi, Masjidi Baland, Gavkushon majmuasi, Zayniddin Hoji xonaqosi, Poyi – Kalon majmuasi, Labi – Hovuz majmuasi, Ko’kaldosh madrasasi, Nodir Devonbegi xonaqosi, Ulug’bek madrasasi, Abdulazizxon madrasasi, Bolohovuz masjidi, Sayfiddin Boharziy maqbarasi, Bayonqulixon maqbarasi, Fayzobod xonaqosi, Chorminor madrasasi, Buxoro amirining Sitorai Mohi – xosa yozgi saroyi, Chor – Bakr majmuasi.«Jayron» ekomarkazi bo’lib u, noyob olachipor jayronlarni maxsus o’rchitidigan ilmiy dargoh bo’lib hisoblanadi. Bu obyekt viloyat turizmida yangi marshrutlar ro’yxatini kiritish lozim bo’ladi.
Navoiy turistik mintaqasi o’zining ajoyib tabiat manzaralari, tarixiy arxitektura yodgorliklari bilan kishilarni maftun etadi. 1975 yilda tashkil etilgan va maydoni 17,8 ming ga bo’lgan Nurota tog’ yong’oqzor - meva qo’riqxonasi mavjud. Bu qo’riqxonaga "Ekosan" qoshidagi "Ekosantur" firmasi tomonidan ko’plab marshrutlar uyushtirilgan. Oqtog’ning janubiy yon bag’rida joylashgan shamol tasirida tebranib turuvchi bahaybat xarsang toshli «Samjigumon», «Koriz qoldiqlari» kabi tabiat yodgorligi ekoturizmning mo’him obyektlaridan bo’lib hisoblanadi.
Nurota tog’ oldida joylashgan "Chashma bo’log’i" ko’p asrlardan buyon Nurota shahri va uning atrofidagi qishloqlarni suv bilan taminlash bilan bir qatorda diniy ziyoratgohdir. Buloq yakinida "Chilistun" masjidi, Madrasa, Abul Xasan Nuriy maqbarasi va qalasi joylashgan Chashmadagi baliqlar ilohiy hisoblanadi. Baliqdan taralayotan nur inson nigohini lol qoldiradi.
Qoratog’ tizmasiniig janubiy yon bag’rida «Sarmish darasi»dagi qoyalarda avlodlarimizning hayoti va madaniyatini aks ettiruvchi lavhalar, rasmlar ishlangan.
Janubiy Nurota tizmasida uzunligi 110 m, absolyut balandligi 1060 m, maydoni 163 m2 keladigan "Maydon karst g’ori", Shimoliy Nurota tizmasidagi uzunligi 130 m, absolyut balandligi 1100 m. maydoni 70 m2 keladigan «Xonaixudo karst g’or»da speleoturizmni rivojlantirish mumnin. Bulardan tashkari, XI asrda bunyod etilgan va XVIII asr boshlarigacha turgan "Rabot Malik karvonsaroyi» sayyohlarning tuxtash joyi, shuningdek savdogarlarning savdo qilish joyi bo’lgan. Rabot Malik yonida ming yillik tarixga ega bo’lan madaniyat yodgorligi - sardoba uchraydi. Yer ichiga 12 m. botirilan sardobada butun yoz buyi muzdek va toza suv saqlangan.