Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Deggaron me`moriy yodgorligi (xi asr)



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə75/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Deggaron me`moriy yodgorligi (xi asr) Karmana shahridan 30 km g’arbdagi Xazora qishlog’ida joylashgan yodgorlik Movarounnahrdagi eng qadimgi masjidlardan biridir.
Uning qurilish davri XI asr boshlariga tegishli bo`lib, murakkab va noyob loyiha asosida bunyod etilganligi bilan qimmatlidir.
Ushbu yodgorlikdan azaldan masjin sifatida foydalanib kelinmoqda. Masjidning va qishloqning nomi qadimda shu yerda yashagan aholining asosiy mashg`uloti o`tga chidamli qozon tayyorlashidan olingan.
Masjid kvadrat shaklda 17x17 metr o’lchamdagi binodan iborat bo’lib, pastdan balandgacha qalinligi 1 metr bo’lgan 15 paxsa urilib, har paxsaning orasiga bir qator pishiq g’isht terilgan.
Binoning ichki qismida kubsimon, o’rta qismida diametri 1,28 metr keladigan 4ta pishiq g’ishtin ustun bo’lib, ularning orasiga katta ravoqlar, tepasiga ikkitadan kichik ravoq joylashtirilgan.
G umbaz ushbu ustunlar ustidan chiqarilgan va 12 burchak bezak hosil qiladigan ravoqlar ustiga ko’tarilgan. Binoning shimoliy, janubiy va g’arbiy tomonlarida xushbichim g’ishtin sharafalar mavjud. Masjidning kunchiqar tomonidagi eni 3,14 metr, uzunligi 17 metr bo’lgan uch eshikli kirish qismi keyinchalik pishiq g’ishtdan qurilganligi ko’rinib turibdi. O`ng tomonidagi ikkita sharafa qolgan tomonlarga o`rnatilgan 6 ta sharafalardan farq qilib devor ustidan ko’tarilgan. 3 tomonidagi 6 ta sharafaning hech narsaga tegmay tepadan pastga osilib turishi holatida qurilganligi bir mo’jizaga o’xshaydi. Kirish qismining me'morchilik uslubi XIV asrga xos bo`lib, bu yerdagi g’ishtlar Raboti Malik va Sardoba XIV asrda qayta ta'mirlanganda ishlatilgan g’ishtlar bilan bir xildir ya`ni shu davrda Deggaron me`moray obidasida ham qurilish ta`mirlash bajarilganligidan darak beradi. Movarounnahrda yagona bo’lgan ushbu obida 2006 yilda qayta ta'mirlanib, hozirgi kunda bu yodgorlik majmuasi butun musulmon olamiga mashhur ziyoratgohga aylantirilgan. Shuningdek, majmua hududida keng ko`lamli obodonlashtirish ishlari bajarilib, Mavlono Orif Deggaroniy tarixiy muzeyi tashkil etildi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin