Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Sayohat va turizm raqobatbardosh ustunlari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə49/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Sayohat va turizm raqobatbardosh ustunlari
Raqobatbardoshlik – ko’p o’lchovli solishtirma atamadir va uning ob’ektlarini tasniflash uchun raqobatbardoshlikni miqdoriy ifodalash kerak bo’ladi. Ushbu vazifani tizimlituzilmaviy usul vositasi orqali echish maqsadida raqobatbardoshlik tizim sifatida tasvirlanadi.
Turistik hudud raqobatbardoshligi - turistik hududlarning barcha bozorlarda o’z o’rnini saqlab qolish, vaqt oralig’ida sifat va ko’lamini muntazam oshirib borish qobiliyatidir. Bundan tashqari, raqobatbardoshlik - turistik hududlarning o’z raqobatchilariga nisbattan bozordagi salmoqni saqlab turib mavjud resurslardan oqilona foydalangan holda qo’shimcha qiymatga ega mahsulot (xizmat)larni yaratish va ularni integratsiyalash qobiliyati hamda tashrif buyuruvchilarning ehtiyojlari hudud etqazib berayotgan mahsulot va xizmatlar evaziga, boshqa turistik hududlar bilan qiyoslaganda, to’laroq qondirilishidir
G.I.Crouch va J.Ritchie turistik hududlar raqobatbardoshligining 36 ta asosiy omillarini ajratib, quyidagi 10 tamoyil eng muhim degan xulosaga kelganlar: 117 1) geografiya va iqlim; 2) bozor aloqalari; 3) madaniyat va tarix; 4) turistik tuzilma; 5) xavfsizlik; 6) narx-navo; 7) soddalashtirilgankirish; 8) imij; 9) geografik joylashuv; 10) infratuzilma.
Jahon iqtisodiy forumi (World Economic Forum) doirasida har yili e’lon qilinadigan Sayohat va turizm raqobatbardoshligi hisobotida (Travel and Tourism Competitiveness Report) ma’lum davlatlarning turizm sohasi 129 o’sishiga va investitsion muhitning jozibadorligiga ta’sir etuvchi omillar “SaTuRa” Indeksi (Sayohat va turizm raqobatbardoshligi indeksi - Travel & Tourism Competitiveness Index — TTCI) asosida baholanadi. “SaTuRa” Indeksi Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish Tashkiloti (OECD – Organization of economic cooperation and development) tomonidan har yili e’lon qilinadi.
Turistik hudud (dectinatsiya) raqobatbardoshligi - geografik joylarning rezident va norezidentlar uchun jozibadorligini optimallashtira olish hamda turizm sohasida mavjud resurslardan samarali va barqaror shaklda foydalanishni ta’minlagan holda sifatli, innovativ va jozibali turizm xizmatlarini etkazish evaziga ichki va xalqaro bozorlarni egallash qobiliyatidir. 2007 yilda ilk marotaba joriy etilgan “SaTuRa” Indeksi, “davlatning iqtisodiy rivojlanishi va uning raqobatbardoshligiga ijobiy ta’sir etuvchi sayohat va turizm sohasi barqaror rivojlanishiga turtki bo’luvchi bir qator omil va iqtisodiy tendentsiyalar”ni hisobga olishni ko’zda tutadi. Mamlakatning sayohat va turizm sohasi raqobatbardoshligini aniqlash uchun 4 guruhga birlashtirilgan 14 ta subindekslar tanlangan
Birinchisi, “Rivojlanish uchun qulay sharoitning shakllantirilganligi” bo’lib, mamlakatda faoliyat olib borishning umumiy qoidalarini qamrab olgan. Ular quyidagilar: biznes muhit, xavfsizlik va tinchlik, sog’liqni saqlash va gigiena, inson resurslari va mehnat bozori hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining joriy qilinganligi.
Ikkinchisi, “Sayohat va turizm sohasiga oid siyosat va uning rivojlanishi uchun qulay sharoitning shakllantirilganligi” bo’lib, sayohat va turizm sohasiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etuvchi dastur va strategik rejalarni qamrab oladi. Ular quyidagilar: sayohat va turizmning strategik soha sifatida tan olinganligi, xalqaro ochiqlik, raqobatbardosh narxlar, barqaror ekologik vaziyat.
Uchinchisi, “Infratuzilma”bo’lib, turli sohalarda mavjud infratuzilmaning sifati va barchaga undan foydalanish huquqining berilganligini nazarda tutadi. Havo transporti infratuzilmasi, er va suv transporti infratuzilmasi, turizmda xizmat ko’rsatish infratuzilmasi kabilarni qamrab oladi.
Oxirgi, to’rtinchi subindekslar guruhi, “Tabiiy va madaniy resurslar”, ya’ni sayohat maqsadiga aylanishi mumkin bo’lgan barcha resurslarni, tabiiy resurslar, madaniy resurslar 131 va ishbilarmonlik turizmi kabilarni o’zida mujassamlashtirgan.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin