Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə63/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:



  1. Hududiy rekrayesiya tizimlari (HRT) va hududiy turistik majmualar (HTM) haqida tushuncha bering.

  2. Turistik – rekreasiya jihatdan rayonlashtirishning belgilari va xususiyatlari nimalardan iborat?

  3. O’zbekistonda turistik rayonlashtirishda qanday yondoshuvlar mavjud?

  4. O’zbekistonning turistik rayonlariga ta’rif bering.

  5. O’zbekistonda ekturistik rayonlariga ta’rif bering.



13 - mavzu. Toshkent turistik mintaqasi.
Reja:

  1. Toshkent turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni.

  2. Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari.

  3. Mintaqaning turistik resurslari salohiyati.

  4. Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari.



1. Toshkent turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan iborat mintaqa hisoblanadi. Toshkent shahri – Markaziy Osiyoning eng yirik shahri – O’zbekistonning Respublikasi poytaxtidir. Toshkent qadimiy shaharlardan hisoblanib, u haqidagi dastlabki ma’lumotlar eramizdan oldingi II asrdagi Xitoy solnomalarida uchraydi. Hozirgi kunda Toshkent yirik transport tuguni sifatida (havo, temir yo’l, avtomobil) o’zida mamlakatimizning tarixiy o’tmishini eslatib turuvchi taraqqiy topgan zamanoviy sanoat shahridir. Shuningdek, Toshkent turistik rayoni turistik resurslarga boy hisoblanib, mahalliy va halqaro ahamiyatdagi sayyohlikni rivojlantirish imkoniyatlariga ega. Mazkur rayonda madaniy – tarixiy, tabiiy rekreasiya resurslari mavjud. Bu yerda Oqtosh, Xumson, G’azalkent, Tovoqsoy, Boldirsoy, Chorbog’, Chimyon, Kumushkon, So’qoq, Ohangaron, Yangiobod, Ertosh, Ko’ksaroy, Qizilchi kabi dam olish va davolanish resurslariga ega. Rayonning turli tekislik va tog’li qismida ekskursiya obyektlari va shifobaxsh maskanlari ko’p. Bu rayonda Botanika, Turon, Chinobod, Toshkent mineral suvi, 8 mart, Qibray, Bo’ston, Zangchi ota kabi bir qancha sanatoriya va kurort zonalari joylashgan. Yuqoridagi tabiiy rekreasiya resurslaridan kelib chiqib ekologik turizmni tashkil etish imkoniyatlari bisyor. Ayni kunda Chotqol davlat qo’rio’xonasiga turli marshrutlarni yaratish katta samara beradi. O’z navbatida Toshkent turistik rayoni madaniy-tarixiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarga boy hisoblanadi. Toshkent shahrida ko’plab muzeylar mavjud. Masalan, Tasviriy san’at muzeyi haykallar, rasmlar va turli hunarmandchilik mahsilotlarining yirik to’plamiga ega. O’zbekiston Amaliy San’at muzeyi 30 mingdan ortiq hunarmandchilik mahsulotlari va qimmatbaho taqinchoqlariga ega. Undan tashqari XVI asrning ajoyib yodgorligi Baroqxon madrasasi, XIV asrga oid Ko’kaldosh madrasasi kabi qadimiy arxitektura yodgorliklari va zamonaviy Amir Temur xiyoboni, Mustaqillik maydoni kabi turli bog’ va maydonlar ham turistlarni jalb qiluvchi obyektlardir.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin