Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Samarqand: Barcha shaharlar qirolichasi



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə65/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

1.Samarqand: Barcha shaharlar qirolichasi.
Samarqand turistik rayoni mamlakatimizning asosiy turizm markazidir. Turistik rayon ma’muriy jihatdan Samarqand viloyatidan iborat bo’lib, respublikamizda tabiiy va iqtisodiy geografik jihatdan qulay mintaqada joylashgan. Rayon tabiiy shart-sharoiti, yer usti tuzilishi geografik jihatdan chegaralanishi, ya’ni uning janub va shimol hamda shimoli-sharq tomonlari tog’ va tog’liklardan iboratligi ham turizm sohasida juda katta mazmun kasb etadi. Uning chegaralari shimolda Nurota tog’lari (Oqtov, Qora tog’, G’o’bdin tog’, Qo’ytosh tog’i), janubdan Zarafshon tog’ tizmalari (Chaqilqalon, Qoratepa, Ziyovuddin, Zirabuloq h.k.) bilan o’tadi.
Viloyatning asosiy yer usti tuzilishi o’ziga xos bo’lgan tabiiy va landshaft xususiyatlari rekreasiya resurslarining rivojlanishiga sabab bo’lgan. Uning tekislik qismida ya’ni Zarafshon daryosi sohillarida, Qarnabcho’l va Jom kabi cho’l hududlarida sayyohlikning kabi ekoturizm turlarini tashkil etish mumkin.
Viloyatning yer osti va yer usti gidrologik suv resurslari, tog’, tog’ oldi etaklari hamda tog’ oralig’i soylarida tabiiy ravishda hosil bo’lgan landshaftlar (tabiiy manzaralari), yam-yashil o’rmonzorlar (Omonqo’ton), tog’u-tosh jinslar shakllari (Qoratepa), tog’ daralari (chuqurliklari), g’orlar (Hazrati Dovud, Kelsi, Lev), noyob tabiat yodgorliklari (Kamongaron, G’us), shifobaxsh buloqlar, Yuqori chinor (Mingchinor), Qaynar buloq, Rohatbuloq, ajoyib ko’llar (Muz buloq, Alvasti ko’llari), go’zal shar-sharalar (G’ussoy, Kamangaron) va hakozolar mintaqamiz turizm imkoniyatlarini yanada oshiradi. Zarafshon daryosi qadimiy turistik obyektlarga boy yaxlit sayyohlik majmuasi (kompleksi) hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, viloyatning tog’, tog’ oldi hududlarida mavjud bo’lgan beqiyos shifobaxsh, tibbiyot va boshqa sohalarda keng ko’lamda foydalanadigan chashma va buloq suvlari o’zining ekologik jihatdan tozaligi, xilma-xil kimyoviy elemerntlarga boyligi bilan alohida ajralib turadi. Ular aholi sog’ligini tiklash, sog’lomlashtirish, dam olish uchun qo’lay imkoniyatlarni yaratadi va mintaqamizda rekreasiya (sog’lomlashtirish, hordiq chiqarish) turizmning ahamiyatini oshiradi. Bunday tabiiy maskanlar viloyatimizning Urgut, Samarqand, Nurobod, Qo’shrobod va boshqa tumanlari tog’, toqoldi hududlarida tarqalgan bo’lib, ulardan turizm maqsadida foydalanish muhim ahamiyatga ega bo’ladi.




        1. Yüklə 1,76 Mb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin