Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


- mavzu. Buxoro-Navoiy turistik mintaqasi



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə68/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

15 - mavzu. Buxoro-Navoiy turistik mintaqasi
Reja:

        1. Buxoro: Shaharlar malikasi. Buxoro-Navoiy turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni.

        2. Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari.

        3. Mintaqaning turistik resurslari salohiyati.

        4. Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari.



1.Buxoro: Shaharlar malikasi. Buxoro-Navoiy turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni.


Buxoro turistik rayoni respublikamizning asosiy turizm markazlaridan hisoblanadi. Bu rayonga Buxoro va Navoiy viloyatlari kiradi. Turistik resurslarga eng boy shahar bu Buxoro shahridir. Shahar o’zining 170 tadan ortiq bebaho, takrorlanmas tarixiy arxitektura yodgorliklari bilan jahonga mashhur. Hozirgi kunda shaharning umumiy maydoni 710 gektardan ortiq bo’lib borgan sari go’zallashib bormoqda va sayyohlar oqimining ko’payishiga imkoniyat keng ochilmoqda.
Minorai Kalon Buxoro shahrining ko’rkidir. U Markaziy Osiyodagi mashhur arxitektura yodgorliklarining eng balandi (46.5 metr) salobatli va chiroyli minorasi bo’lib, hisoblanadi. Minorai Kalon yaqin atrofida Kalon masjidi va Mir Arab madrasasi kabi arxitektura yodgorlik ansambli (Poy Kalon) joylashgan. U XVI asrga kelib qaytadan ta’mirlandi. Masjid binosida 208 ta ustunlar bo’lib, umumiy maydoni bir gektardan ortadi. Bu masjid Markaziy Osiyodagi eng yirik inshoatlardan biri hisoblanib, Samarqanddagi Bibixonim masjididan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
Mir Arab madrasasi 1536 yilda qurilgan bo’lib, Kalon masjidi bilan birga tutashib ketgan. Madrasa markaziy qismida Ubaydullaxon qabri, uning bosh qismida esa Mir Arab qabri joylashgan. Hozirgi kunda Mir Arab madrasasi hududida Buxoro diniy bilim yurti faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Shaharda xorijiy sayyohlar diqqatga sazovar joylardan yana biri-bu Ulug’bek madrasasidir. U 1417 yilda qurilgan. Bu madrasa buyuk astronom olim Mirzo Ulug’bek nomi bilan chambarchas bog’liq. Shaharda musulmon olamidagi eng ajoyib tarixiy yodgorliklaridan biri Ismoil Samoniy maqbarasi bo’lib hisoblanadi. U shu kunga qadar juda yaxshi saqlanib, bizga yetib kelgan tarixiy obidalardan biridir. Bu bino o’rta asrning ilk davri me’morchiligining eng yaxshi yutuqlarini o’zida mujassamlashtirgan inshshotdir.
Shaharda yana bir qator turistik obyektlar borki, ular qatoriga Madorixon madrasasi (1566-1567 yillar), Abdullaxon madrasasi (1588-1590), Xo’ja Zayniddin xonaqasi (shayx Zayniddin qabri), Chashma Ayub mavzoleyi (1330-1385 yillar), Abdulazizxon madrasasi (1652 yil), Chor Minor madrasasi (1807 yil), Kulba Ko’kaldosh madrasasi (1568-1569 yillar), Nodir Devonbegi madrasasi (1622 yil), Sayfiddin Buxarzi mavzoleyi (XV-XVI asrlar), Buyon Kulixon mavzoleyi (1358 yil), Magohi Attoriy masjidi (XII asr), Toki Zargaron zargarlik bozori rastlari (XVI asr), Toki Telpak Furushon bosh kiyim (do’ppi) bozori (XVI asr), Toki Sarrafon mayda-chuydalar (attorlik) bozori (XVI asr), Magoki – Attaron masjidi (XII asr), Labi havuz ansambli (XVI-XVII asrlar), Ko’kaldosh madrassasi (1622 yil) ni kiritish mumkin.
Shu manzilgohlardan biri Buxoro xonining yozgi qarorgohi Sitorai Moxi-Xosadir. Bu qarorgoh Buxoro shahrining shimoliy-sharqiy qismida 4 km uzoqlikda joylashgan yozgi bog’ saroy XIX asr oxiri va XX asr boshlarida barpo etilgan. Moxi-Xosa saroyi Sharqona va Yevropa uslubida qurilgan inshoat bo’lib hisoblanadi. Ikkinchi muhim turistik obyekt-bu Bahovuddin Naqshbandiy majmuasi bo’lib, u shahardan chamasi 15 km uzoqlikda joylashgan. Bu majmua XVI asrda qurilgan. Shahar atrofidagi muhim tarixiy yodgorliklaridan Chor Bakr, Namozgoh masjidi, Varaxshon saroyi joylashgan.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin