Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə61/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Zarafshon rayonida Za­rafshon daryolari qayirlarida joylashgan tuqay landshafti, undagi o’simlik va hayvonot dunyosini mu­hofaza qilish uchun tashkillashtrilgan "Zarafshon qo’rikxonasi" mavjud. Buxoro viloyatinint Shofrikon o’rmon xujaligi x,ududida joylashgan qum cho’l landshafti, u yerdagi o’simliklar va hayvonlar hamda ta­rixiy yodgorlik (Vardanza shaxar xarobalari) davlatning alohida etibori bilan qo’rikdanadi. "Var­danza qo’riqxonasi", "To’dakul flora va faunasini boyitish buyurtmaxonasi", Qoravulbozor xo’jaligida joylashgan "Jayron-ekomarkazi", suv va botqoqqa moslashgan qushlarni kupaytiruvchi "Dengizkul buyurtmaxonasi", Zarafshon tog’ tizimlaridagi Omonquton va Temurlang karst g’orlari kabilar. Zarafshon ekoturistik rayonda O’zbekistonning qadimgi shaharlari Samarqand va Buxoro joylashganligi tufayli ham ekoturlar yakuni tarixiy-diniy arxitektura yodgorliklariga qilinadigan safarlar bilan olib borilishi maqsadga muvofikdir.
Aydarko’l rayonidagi ko’llar tizimining paydo bo’lishi bevosita Mirzacho’lning o’zlashtirilishi bilan bog’likdir. Sizot suvlari hamda zovur-drenaj suvlarining Aydarko’l botig’i tomon harakatlanishi natijasida botikdagi Tuzkon ko’lining kengayishi Arnasoy hamda Aydarko’l ko’llarining paydo bo’lishiga olib keladi. Botiqdagi keyingi dinamik o’zgarishlar Chordara suv omboridagi (1969) ortikcha suvlarning tashlanishi bilan bog’liq. Bu suvlarning to’planishi natijasida Arnasoy ko’llari birlashib yagona Aydarko’llar tizimini va undagi faunani boyitib beruvchi "Arnasoy buyurtmaxonasi"ni tashkil etilishiga olib keldi.
Sirdaryo rayoni Sirdaryo o’zanidagi tuqayzorlari bilan ajralib turadi. Sirdaryoning ba’zi joylarida doimiy yoki mavsumiy orolchalar mavjud bo’lib, unda juda ko’p qushlar yig’iladi va manzarali ekoturistik obyekt bo’lib hisoblaniladi.
Chirchiq - Ohangaron tog’li ekoturistik rayonda xalqaro ekologik rezervat joylashgani uchun ham uning xuquqiy maqomi tabiatga ara-lashmaslik prinsipiga moslashgirilishi lozim. Undagi ekoturistik sayohatda vertolyot va samolyotlardan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Ekoturlar oldindan belgilab berilgan kichik yo’lakchalar orkali, kam sonli turistik guruhchalarga bo’lingan tarzda, yilning hayvonot olamini urchimaydigan va ko’paymaydigan davrlarida piyoda va otlarda aylanish maqsadga muvofikdir. Mazkur ekoturistik marshrutlarda mahalliy aholining xizmatidan atroflicha foydalanish ularni noekologik yo’naltirilgan turmush tarzini ijobiy tomonlarga o’zgartiradi.
Fargona rayoni ekoturizmni rivojlantirishda muhim ahamiyatga kasb etadi. Chunki undagi landshaftlarining turli-tumanligi markazdagi cho’llardan tortib, to maftunkor tog’ cho’qqilari barchani o’ziga jalb etadi. Tog’lardagi tez oqar va ba’zida kechuv qiyin bo’lgan daralarda raftlarda oqish (rafting), Janubiy Farg’onadagi balan­dligi 10 m keladigan, dam olayotgan tuyalarni eslatuvchi ekzotik re­lyef shakillariga hamda «Yozyovon davlat tabiat yodgorligi»dagi ajoy­ib tabiiy qum massivi (1994 yilda tashkil etilgan va maydoni 1,9 ming ga) piyoda turlar uyushtirish mumkin. Koksu vodiysida 120 yil avval vujudga kelgan, oq, kulrang qoyalar bilan uralgan toza, muzdek suvli ko’k va yashil ko’llar ham ekoturizm obyektidir.
Farg’ona vodiysida milliy hunarmandchilik juda ham rivojlanganligi tufayli uni ekoturizm bilan o’ygunlikda olib borish mum­kin. Rishtonda avloddan-avlodga o’tib keluvchi kulolchilik san’ati, Chustda do’ppiduzlik, pichoqchilik va temirchilik, Marg’ilonda atlas to’kish kabi milliy hunarmandchilik asrlar davomida taraqqiy etib kelmokda.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin